Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Qulchilik.
3. Qadimgi Sharqda yer egaligi. Qadimgi Sharqda davlat
hokimiyati shakllanishi jarayonida jamoa yer egaligidan tash- qari, davlat yerlari, ibodatxonalarga qarashli yerlar va xususiy yerlar mavjud bo‘lgan. O‘z yeriga ega bo‘lgan oddiy jamoachi davlatga soliqlarni to‘lashi va ko‘p sonli majburiyatlarni o‘tashi lozim edi. Sug‘orma dehqonchilik juda katta kuch, mehnat ta- lab qilar edi. Oddiy jamoachi yilning ma’lum kunlarida, ma’lum muddat sug‘orish tarmoqlarining ta’miri va yangi kanallar qu- rilishida mehnat qilishi majburiy edi. Yaylov, o‘tloq, daryo va o‘rmonlar jamoa mulki hisoblangan. Ko‘p hollarda bunday 12 yerlar davlat hokimiyati tomonidan tasarruf qilingan. Davlat hokimiyati tomonidan bu yerlar jamoa yoki xususiy kishilarga foydalanishga berilgan. Shu bilan birga, bir qism yer podsho va kohinlar ixtiyorida bo‘lgan. Bu yerlarda podsho va ibodatxona xo‘jaliklari tashkil qilinib, qullar va qaram kishilar ishlaganlar. Davlat va ibodatxona yerlari ijaraga berilgan. Qadimgi Sharq hukmdori mamlakatda ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari hamda soliq yig‘imlariga ega bo‘lgan, shu tariqa davlat hokimiyati katta moddiy boyliklarni o‘z qo‘lida to‘plagan. Amalda esa yerlarning katta qismi ko‘p sonli qishloq jamoa- larining merosiy yeri edi. Bir qism yer saroy a’yonlari, zodagon- lar, amaldor va harbiylarga berilgan edi. Yerdan foydalanadigan barcha toifalar davlatga yer solig‘i to‘lab, turli majburiyatlarni o‘taganlar. Barcha to‘lov-majburiyatlar o‘talgandan so‘ng, yer egalari yerni to‘la tasarruf qilishlari va sotish huquqiga ega bo‘lganlar. 4. Qulchilik. Sharqda qulchilik munosabatlari Yevropadagi- ga qaraganda oldinroq vujudga kelgani sababli, qadimgi Sharq- da qulchilik o‘ziga xos patriarxal xonaki shakl kasb etgan. Qa- dimgi dunyoda qulchilik doimo turli manbalardan to‘ldirib bo- rilgan. Qullar qatlami urushlarda asir tushganlar, qarzi yoki jinoyati uchun qul qilinganlar, ajnabiy qul, sotib olingan qullar, oilaning kichik a’zosidan qul qilinganlardan tashkil topgan. Xufiya (yashirincha) qullikning eng qadimgi shakli patriarxal oila bo‘lgan. Patriarxal oilada ota yer-mulkning egasi hisob- langan va oilaning barcha a’zolari oila boshlig‘iga itoat qilish- ga maj bur bo‘lganlar. Ota oilaning barcha a’zolariga nisbatan tug‘ma quldor huquqiga ega bo‘lgan. Ota o‘z farzandini 3 marta qullikka berish huquqiga ega bo‘lgan (Bobil). Qadimgi Sharq quldorlik munosabatlari qadimgi Yunon va Rim klassik qulchiligi darajasiga chiqa olmadi. Qullar soni- ning kamligi, ularning ishlab chiqarish jarayonida zaif ishtiro- ki, mehnat unumdorligining past darajasi Qadimgi Sharq qulchiligining asosiy xususiyati edi. Qullar sharq jamiyatla- rining xo‘jalik hayotida sezilarli o‘ringa ega bo‘lmaganlar, yor- damchi ishlarda band bo‘lganlar (uy qorovuli, cho‘pon, otboqar, cho‘ri va h.k). Ko‘p hollarda qullar oilaning a’zosi hisoblangan- lar. Lekin ayrim jamiyatlarda mil.avv. I ming yillikda ularning soni jamiyat taraqqiyotining yuksak rivojlanishi bilan birga o‘sib borgan (Yangi Bobil). Qullar qarzi uchun qul qilinganlar, 13 jinoyatchilarning qulga aylantirilishi, sotib olingan qullar, ta- biiy ko‘payish hamda urushda asir olinganlar hisobiga ko‘payib borgan. Ayrim hollarda ba’zi mamlakatlarda (Misr, Bobil, Osu- riya) qullar podsho, ibodatxonalar yerlarida, zodagonlar xo‘jalik yerlarida ham mehnat qilganlar. Qulning huquq va majburiyat- lari qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan (Bobil, Osuriya). Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling