Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Diniy yozuvlar. O‘rta podsholik davrida zodagonlarning 
yog‘och sag‘analarida bitilgan «Sog‘ona matnlari», qadimgi Misr 
bosh diniy kitobi hisoblangan «O‘liklar kitobi», Memfis ilohiyot-
shunoslik matnlaridan iborat. 
Tibbiyot, matematika papiruslari. Ebers katta papirusi va 
Edvin Smit papiruslari qadimgi Misrda ilmiy bilimlar rivojlan-
gani to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ebers papirusida davolashning 
sehrgarlik yo‘llari va amaliy davolash bo‘yicha tavsiyalar 20 metr 
uzunlikdagi papirus o‘ramiga batafsil yozilgan. XVIII sulola davri-
ga oid jarohatlarni, jumladan, suyaklarning jarohatlanishi, bosh 


17
suyakni, burunni ichki bo‘shliq qismlarini davolashga bag‘ishlan-
gan E.Smit papirusi bizgacha yetib kelgan. 
Arxeologik yodgorliklar. Bular: me’moriy ansambllar, pi-
ramida, mastaba (hokim, zodagonlarning sag‘analari), shahar 
va ibodatxona, qal’a, dengiz porti va maqbaralardan iborat. 
Ayniqsa, Qadimgi podsholikning III-IV sulolalari davrida quril-
gan piramidalar noyob tarixiy-madaniy yodgorlik hisoblanadi. 
Eng qadimgi qabr – sarkofaglar qatoriga Yuqori Misr podshosining 
Enxab (Nexen) shahridagi qabr –sarkofagini kiritish mumkin.
Arxeologik qazishmalar. Mil.avv. IV ming yillik boshlariga oid 
Yuqori Misrning poytaxti deb taxmin qilingan Enxab shahri dunyo 
tarixida barpo etilgan eng qadimgi shahar hisoblanadi. Misrda qa-
dimgi Fayum vodiysidagi Illaxun shahri qoldig‘i, El-Amarnadagi 
Axe taton shahri, Tanais kabi shaharlar qoldig‘i arxeolog-tarixchi 
olimlar tomonidan qazib ochilib, tadqiq etilgan.
Piramidalardan misdan yasalgan pichoqlar, arra, bolta, ke-
skich, bigiz kabi mehnat qurollari topilgan. Misrda mavjud 
bo‘lgan, biz 
gacha saqlanib kelgan piramidalar, mastaba va 
boshqa sag‘analar qadimgi davrdayoq o‘g‘ri-qaroqchilar to-
monidan talangan. Faqatgina bitta piramida bizgacha talan-
may yetib kelgan. Ingliz arxeologi Karter 1922-yilda topgan va 
tekshirgan fir’avn Tutanxamon piramidasidan topilgan buyum-
lar oltin va qimmatbaho toshlar, temir meta li hamda 19 yoshda 
vafot etgan Tutanxamonning mo‘miyolangan jasadi ilmiy-tari-
xiy nuqtayi nazardan o‘ta qimmatli hisoblanadi. 
Fransuz olimi L.Amelino 1896-yil O‘rta Misrdagi qadim-
gi Abidos shahri yaqinidan ilk sulolaning ikki podshosi 
sag‘anasini, keyin roq J. De Morgan Abidosdan janubda katta 
sag‘anani topdi. Ingliz arxeologi V.Flinders Pitri ham Abidos-
dan podsho sag‘analarini ochdi. XIX asrning oxirida topilgan 
toshdagi yozuvlar I-V sulolalar hukmdorlari va shu davrdagi 
muhim voqealar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu tosh Paler-
mo shahri muzeyida saqlanayotgani uchun shunday ataladi. 
Olimlar bu yodgorlikda podsholar ro‘yxati hamda muhim vo-
qealar bayon qilingani uchun uni haqiqiy yilnoma deb e’tirof 
etadilar. Yangi podsholik fir’avnlarining mo‘miyolari «ombo-
ri» hisoblangan Dayr-al-Bahrdagi umumiy qabrdan topil-
gan ko‘pgina buyum-ashyolar diqqatga sazovordir. Bu dali-
liy ashyolar qadimgi Misr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to‘g‘risida 
qimmatli ma’lumotlar beradi. 


18
Nemis olimi R. Lepsius (1810–1884-yillar) Misr tarixini sin-
chiklab o‘rgandi. U misr qadimiyatlarini qat’iy ilmiy uslublar-
ga asoslanib o‘rgandi. Memfis yaqinida olim yarim yil davo-
mida Qadimgi podsholikning 67 piramidasi, 130 ga yaqin zo-
dagonlarning sag‘analarini tadqiq qildi. Lepsius birinchi bo‘lib, 
Misr tarixi xronologiyasi va davrlashtirishni ilmiy asoslarini 
yo‘lga qo‘ydi. Misr tarixini uch davr – qadimgi, o‘rta va yangi 
podsholiklarga bo‘ldi. Xronologik tartibda podsholar, malikalar 
va podsho bolalarining mingga yaqin ismlari, unvonlari ro‘yxa-
tini tuzdi. Lepsius to‘plagan kolleksiya u direktor bo‘lgan Berlin 
muzeyida joylashtirildi. 
Fransuz arxeologi Mariett (1821–1881-yillar) qadimgi Misr 
tarixini o‘rganishda alohida iz qoldirdi. Mariett mustaqil bilim 
olgan arxeolog, tashabbuskor va g‘ayratli olim edi. Luvr muzeyi 
uni qo‘lyozmalar olish uchun Misrga jo‘natdi. Lekin Misr oso-
ri-atiqalaridan lol qolgan Mariett bu yerda arxeologik qazish-
ma ishlarini boshladi. U birinchi yildayoq (1851-yil) muqaddas 
ho‘kizlar – apis dafn qilingan joy – Serapeyni ochdi, ziyorat-
gohga olib boradigan sfinkslar xiyobonida muqaddas ho‘kiz-
lar – apislarni 64 sag‘anasini, qadimda xudojo‘ylar qilgan ko‘p 
xayr-ehson buyumlarni topdi. 
U G‘azoda Lepsius boshlagan katta sfinksni qazishni tu-
gatdi, uning oyog‘i ostida silliqlangan qizil granit va shaf-
fof alebastrdan bunyod qilingan ibodatxonani ochdi. Mariett 
ibodatxonada Xeopsning o‘g‘li Xefrenning 7 haykalini qazib 
ochdi. G‘azodagi Nekropolda Ma riett Qadimgi podsholikning 
zodagon a’yonlarining 300 sag‘anasini, juda ko‘p buyum va 
yozuvlar bilan kashf qildi. Osirisga e’tiqod qilish markazi Abi-
dosda olim 15 mingga yaqin yozuvni topdi. Mariett o‘zining 30 
yillik mahsuldor faoliyati davomida 37 joyda qazishma ishla-
rini olib bordi. U boshda papiruslarga e’tibor bermagani uchun 
ularning ko‘pchiligi fan uchun abadiy yo‘qotildi. Mariett misr 
osori-atiqalarini saqlab qolish uchun juda katta ishni amalga
oshirdi. Mariettgacha qadimiy tosh inshootlar qurilishga 
olib ketilar, marmar haykallar ohak uchun kuydirilar edi, 
saqlanib qolgani Yevropaga tashilar edi. Nafaqat haykallar 
va sag‘analar, butun bir yaxlit obelisklar (minorasimon yod-
gorlik) Yevropaga tashib ketilar edi. Mariett bu o‘g‘riliklarga 
chek qo‘ydi. U 1859-yil Qohira osori-atiqalar muzeyini tash-
kil qildi. Shu vaqtdan barcha topilmalar muzeyga topshirila 
boshlandi. Mariett har qanday topilma qaysi mamlakatda to-


19
pilgan bo‘lsa, shu mamlakatda qolishi kerak deb hisobladi. 
U Misrdan biror-bir tarixiy madaniy yodgorlikni chiqarma-
di. Bir kun Napoleon III ning rafiqasi Yevgeniya Misr xadi-
viga Qohira muzeyidan bir necha eksponatni Luvr muzeyi-
ga berishni so‘radi. Xadiv u iltimosni rad qilishga botinmay, 
muzeyda hokimiyat unga emas, Mariettga tegishli ekaniga 
ishora qildi. Malika o‘z g‘ururini bir chetga qo‘yib, Mariettga 
murojaat qildi, lekin Mariett rad javobini berdi.
Mariettning tadqiqotlarini uning shogirdi Gaston Maspe-
ro (1846–1916-yillar) davom ettirdi. Maspero XVIII va XIX 
sulola fir’avnlarini mo‘miyolarini topdi. Dayr al Baxr g‘orida-
gi chuqur quduqda 30 fir’avnning mo‘miyolangan jasadlari va 
dafn buyumlari qo‘yilgan edi. O‘z vaqtida Misr kohinlari mo‘mi-
yolarni o‘g‘rilardan saqlab qolish uchun bu yerga tashib ke-
lib yashirganlar. Bu joydan eng mashhur fir’avnlar: Tutmos II, 
Tutmos III, Setu, Ramzes II va Ramzes III larning mo‘miyolari 
topildi. Maspero qazishmalarni yuqori ilmiy darajada tizimli 
olib bordi. Uning tashabbusi bilan Qohira muzeyining yangi 
binosi va boshqa mahalliy muzeylar qurildi. Olim Misr tarixi 
va madaniyatining turli masalalari bo‘yicha ko‘p ilmiy asarlar 
chop etdi. Ularning ichida eng asosiysi «Klassik sharq xalqla-
rining qadimgi tarixi» asari. 
Misr falloxlari (dehqonlari) 1887-yilda Tel el Amarna qish-
log‘ida mixxat yozuvlar saqlangan yog‘och qutilarni topdilar. Tel 
el Amarna o‘rnida mil.avv. XIV asrda islohotchi fir’avn Exnaton 
(Amenxotep IV) ning poytaxti Axetaton bo‘lgan. Topilgan mix-
xat yozuvlar fir’avn Exnatonning davlat arxivining bir qismi edi. 
Ko‘pgina hujjatlar Misr nomlari noiblari va qo‘shni mamlakatlar 
hokimlarining Misr fir’avniga yozgan xat-xabarlari edi. Xatlarning 
mazmunini fir’avndan yolvorib yordam so‘rash, viloyat zodagonla-
rining chaqimchilik xatlari, ayblashlar tashkil etadi. 
Maspero bilan bir vaqtda ingliz olimi Flinders Pitri (1853– 
1942-yillar) Misrda arxeologik qazishmalarni amalga oshirdi. 
U ishni XIX asrning 80-yillarida Nil ostonasida yunon koloni-
yasi Navkratisni, yunon ibodatxonalarini, turli buyumlar bi-
lan topdi. Misrning poytaxti Tanis va bu yerda Bekiexu nomli 
huquqshunosning uyini ko‘pgina papiruslar bilan topdi. Keyin 
Fiva, Krokodilopol va Fayum vohasida arxeologik qazishmalar 
olib bordi. Olim Meridov ko‘li yonida «piramidalar shahari» Ka-
xunni ochdi. Kaxun piramidalar quruvchi- ishchilarining katta 
shaharchasi bo‘lgan. 


20

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling