Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat. O‘rta podsholik 
davrida ko‘p sonli byurokratik boshqaruv apparati qayta tiklan-
di. Uning boshida «xudo Radan kelib chiqqan», uning yerdagi 
soyasi fir’avn turar edi. U mamlakatda tanho hokim edi. Ammo 
o‘rta podsholik fir’avnlari nom (yunoncha – viloyat) boshqaruvi-
ni, mahalliy nomarxlarni (nom hokimi) markaziy hokimiyatning 
to‘la nazoratiga ololmadilar. Fir’avn Senusert (1887–1850-yil-
lar), uning o‘g‘li Amenemxet III (1850–1806-yillar) bir qancha 
merosiy nomarxlarni o‘z kishilari bilan almashtirishga urinib 
ko‘rdilar. Ammo bu harakat nomarxlarning jiddiy qarshilikla-
riga uchradi. Amenemxet I ning aslzodalarning o‘zboshimcha-
liklariga qarshi qat’iy kurashi uni o‘z yotoqxonasida suiqasd 
qilinishiga sabab bo‘ldi. Ko‘rinishidan Amenemxet II (mil.avv. 
1911–1879-yillar) fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan. Fir’avnlar-
ning sag‘analari endi ko‘rimsiz loydan barpo qilinib, kamtarona 
tusda bo‘ldi. Nomarxlarning qoyalarga o‘yilgan sag‘analari pay-
do bo‘ldi. Fir’avnlar eski aslzodalarning mavqeini pasaytirish-
ga urinib, davlat mansablariga o‘rta qatlam vakillarini tayinlay 
boshladilar. Xizmatdagi zodagonlar moddiy jihatdan podshoga 
to‘la qaram edilar. Amenemxet III davrida amaldorlardan biri 
bolalariga nasihatnomasida podshoni ko‘klarga ko‘taradi va 
o‘g‘illarini unga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi. Chun-
ki «podsho – bu yemish» deb uqtiradi u. XII sulola fir’avnlari 
hokimiyatning merosiyligini kafolatlash maqsadida o‘z o‘g‘il-
lari bilan birgalikda hukmronlik qilish an’anasini kiritadilar. 
Fir’avn hokimiyati faqat Amenemxet III (mil.avv. 1860–1806-yil-
lar) davridagina to‘la mustahkamlanadi. 
Mil.avv. 2000–1775-yillarda XII sulola fir’avnlari mamlakat-
ni barqaror holatga keltirdilar. Ular faol ichki va tashqi siyosat 
yuritib, Misrni kuchli davlatga aylantirdilar. Fayum vohasini 
o‘zlashtirish davom etdi. Nubiyadagi boy oltin konlari ishlati-


37
la boshlandi. Nubiyada yangi yo‘llar, qal’alar qurilib, bu yerga 
Misrdan aholi ko‘chirilib keltirildi. Nilning har ikki qirg‘og‘ida, 
ikkinchi ostona hududida Semna va Kumna nomli mustahkam 
qal’alar qurildi. Nubiya amalda Misrning provinsiyasi bo‘lib 
qoldi. Sharqiy O‘rtayer dengizi hududlaridan kumush, quri lish 
yog‘ochi (asosan kedr yog‘ochi) olib kelindi. Finikiyaning bir 
necha shaharlari Misrga qaram bo‘ldi. 
Ammo mil.avv. XVIII asr o‘rtalarida O‘rta podsholikning 
zaiflashuv alomatlari ko‘rina boshladi. Mamlakatda mil.avv. 
1750-yillar atrofida kuchli g‘alayonlar boshlandi. Bu haq-
da «Ipuser so‘zlari», «Neferti so‘zlari» kabi yozma manbalar 
aniq ma’lumot beradi. Mamlakatda XIII sulola vakillari bilan bir
vaqt da mustaqil hukmronlik qiladigan bir necha markazlar vu-
judga keldi. Misrning yagona davlat sifatida yemirilishining bi-
rinchi belgisi – deltaning g‘arbiy qismida, markazi Ksois shahri 
bo‘lgan XIII sulola bilan bir vaqtda hukmronlik qilgan va unga 
bo‘ysunmagan XIV sulolaning paydo bo‘lishi edi. Bu voqea mil.
avv. 1700-yillar atrofida yuz berib, bu O‘rta podsholik davri-
ning tugashini bildiradi. Bu voqeadan yangi II O‘tish davri (mil.
avv. XVI asr boshlari) boshlanadi. Bu vaqtda Misr chegaralari-
da ko‘chmanchi qabilalar mamlakat xavfsizligiga tahdid sola 
boshladilar. Ayniqsa, janubiy Falastin va Sinay yarimorolida 
tashkil topgan ko‘chmanchi giksos qabilalari ittifoqining del-
tani sharqiy qismiga bostirib kirishi halokatli bo‘ldi. Mil.avv. 
III asrda yashagan kohin Manefon o‘zi ning «Misr tarixi» asari-
da giksoslarni «cho‘ponlar-podshosi» deb tilga oladi. Misrliklar 
ularni «shasu» («ko‘chmanchilar», keyinchalik arab mualliflari 
asarlarida amalikitlar) deb ataganlar. 
Giksoslar Misrni bosib olib, Shimoliy Misrda deltaning shar-
qiy qismiga Avaris (Xat-Uart-misrcha) shahrini poytaxt qildilar. 
Ular o‘zlari bilan Misrga otlarni va jang aravalarni olib keldilar. 
Giksoslar Misr xudolaridan chet el mamlakatlari homiysi hi-
soblangan Setiga alohida e’tiqod qildilar. Bosqinchilar uyush-
magan edilar. Shu sababli, yagona davlat barpo qila olmadilar. 
Giksoslarga bo‘ysunmagan Fiva hokimlari nisbatan mustaqil 
bo‘lib qoldilar va chet elliklarni haydab yuborish uchun kuch 
to‘play boshladilar. Misr tarixida giksoslar shartli XV–XVI su-
lolalar (1710–1580-yillar) sifatida belgilanadi. Ular mamlakatni 
qariyb 150 yil boshqardilar.
Fiva hokimlari giksoslarni mamlakatdan haydab chiqarishga 
boshchilik qildilar. Mil.avv. XVI asr o‘rtalarida podsho Yaxmos 


38
I giksoslarni tor-mor qildi. Avaris shahri, janubiy Falastindagi 
giksoslar tayanchi Sharuxen qal’asi ishg‘ol qilindi. Giksoslarn-
ing haydalishi bilan Misr tarixida Yangi podsholik (mil.avv. 
1584–1075-yillar) davri boshlandi. Yaxmos yangidan Misrni 
birlashtirgan XVIII sulola asoschisi bo‘ldi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling