Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Iqtisodiyotning gullab-yashnashi. Yangi podsholik davri-
da qul mehnatidan foydalanish kuchayadi. Eng avvalo, podsho va ibodatxona xo‘jaliklarida, keyin esa xususiy xo‘jaliklarda qul mehnatidan keng foydalanila boshlangan. Ramzes II o‘zining 30 yillik hukmronlik davrida ibodatxonalarga Suriya va Falastin- dan 100 ming asirlarni, 1 mln sechat (50 ming ga) ekin yer- ni hadya qiladi. Lekin asosiy moddiy ne’mat yaratuvchisi turli soliq va majburiyatlar bilan chulg‘angan oddiy Misr jamoachi dehqonlari, hunarmandlari bo‘lib qolaverdi. Asirlardan tashqa- ri, Misrga juda katta moddiy boyliklar oqib kelgan. Misr bosib olingan hududlarda har yili belgilangan miqdorda xiroj to‘lovini joriy qilgan. Jumladan, Efiopiya oltin qumi, fil suyagi, Falastin va Suriya kumush, qo‘rg‘oshin, qalay, bo‘yoq, gazlama, lazurit, qimmatbaho toshlar, kemasozlik yog‘ochi, noyob kedr yog‘ochi- ni yetkazib berish majburiyatini olganlar. Misr ga qo‘shimcha ishchi kuchining kelishi (qullar), turli xil xomashyo larning mo‘l-ko‘lligi iqtisodiyotga ijobiy ta’sir qilgan. Mahsulot ishlab chiqarish va uning texnologiyasi takomil- lashgan. XIX sulola davridan boshlab jezdan foydalanish keng tarqalgan. Uning xomashyosi Suriyadan o‘zlashtirib olingan. Metall ishlab chiqarish texnologiyasi ham takomillashtirilgan. Misning juda qimmatligi sababli, tosh qurollardan foydalanish davom etdi. Bu davrdan ba’zi temir buyumlar saqlanib qolgan. Temir Misrda yanada ilgariroq ma’lum bo‘lgan. Lekin XVIII su- lola nihoyasida ham temir nodir metall hisoblangan. Faqat mil. avv. VII–VI asrlardan boshlab Misrda mehnat qurollari temir- dan yasala boshlandi. O‘rta podsholik davrida gorizontal ip yigiradigan to‘quv dastgohi mavjud edi. Yangi podsholik davri- da esa vertikal ip yigiradigan to‘quv dastgohi kashf qilingan. Bu vaqtda xira shisha tayyorlash alohida hunarmandchilik sohasiga aylanadi. Mo‘miyolash san’ati misli ko‘rilmagan da- rajaga yetdi. Bizgacha yuzlab mo‘miyolangan odam jasadlari, qushlar va boshqa jonivorlarning bir necha million mo‘miyolari yetib kelgan. Sug‘orma dehqonchilik rivojlanib, Omoch takomillashadi. Suvni yuqoriga chiqarib beradigan mexanizm «shoduf» ixtiro qilingan. Yangi o‘simliklar o‘zlashtirilgan (chechevitsa, smola daraxtlari). Chorvaning yangi turlari (xachir, tuya) paydo bo‘ldi. Yilqichilik mustaqil sohaga aylandi. Bog‘dorchilikda Osiyodan mevali daraxtlarning yangi navlari: zaytun, shaftoli, bodom, olma va qaroli daraxtlarini o‘zlashtirish boshlandi. 46 Sun’iy sug‘orish inshootlarini qurish, ta’mirlash va tartibga so lish, yangi yerlarga suv chiqarish fir’avnlarning asosiy e’ti- borida turgan. Fayum vohasida yangi yerlar ko‘plab ochilib, voha Misrning g‘alla omboriga aylangan. Eski kanal, to‘g‘on va ariq-anhorlar tozalangan. Nil daryosining toshib ketishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatilgan. Misrliklar asalarini mil.avv. II ming yillikdayoq bilar edi. Nil vodiysida uzumchilik, asalchilik va bog‘dorchilik gullab-yashnagan. Yangi podsholik davrida Misr iqtisodiyotida dehqonchilik va chorvachilik yetakchi soha sifatida mahsulotni ko‘plab yetkazib bergan. Qo‘ychilikda ko‘p jun beradigan, shoxlari qayrilgan qo‘chqor- lar, mayin junli qo‘ylar zoti paydo bo‘ldi. Cho‘chqa podalarining soni ko‘paydi. Yangi podsholik davrida tovuqlar paydo bo‘ldi. Suriya va Falastindan yirik qoramol, echki-qo‘ylar, Efiopiyadan ho‘kizlar olib kelingan. Bunday mo‘l-ko‘l chorvaning bo‘lishi Misrda cho‘l hayvonlarini qo‘lga o‘rgatishdek an’anani xo‘ja- likda yo‘q bo‘lishiga olib keldi. Shu vaqtdan boshlab antilopa, ohu, arxarlar poda hisobida tilga olinmaydi, tasvirlarda uchra- maydi. Ular faqat qurbonlik keltirilgan va it, mushuk, maymun kabi uy hayvoni sifatida saqlangan. G‘ildirakli aravalar tarqala boshladi. Ikki g‘ildirakli ot qo‘shil- gan arava harbiy maqsadlarda yoki zodagonlarning marosim- larda chi qishlarida foydalanilgan. Yuklar avvalgidek ho‘kiz qo‘shilgan chanalarda tashilgan. Tutmos III Finikiyada yasal- gan qayiqlarni Suriya va Frot orqali ho‘kiz qo‘shilgan g‘ildirakli aravalarda olib kelgan. Me’morchilik, qurilish sohasi yuqori darajada rivojlangan. Bir necha yangi shaharlar, jumladan, Per-Ramzes nomli yangi sha- har qurilgan. Bu shahar Mesopotamiyaga yurish uchun tayanch qal’a, harbiy lager vazifasini o‘tagan. Bu davrda noyob san’at namunalari hisoblangan me’morchilik inshootlari barpo qilin- di: Luksor va Fivada Amon ibodatxonalari, fir’avn sag‘ana-ibo- datxonasi bunyod qilingan. Fir’avn Ramzes Abidosda Osiris ibodatxonasini qurgan. Nubiyada qoyatoshda Abu-Simbel ibo- datxonasi (balandligi 33 m., kengligi 38 m., uzunligi 65 m.) bar- po qilinadi. Bundan tashqari, bu yerda Ram zes II ning balandli- gi 24 m bo‘lgan haykali va uning oyog‘i ostida bolalarining 200 haykallari barpo qilingan. Bu davrda Misr madaniyatining taraqqiyoti uchun qu- lay ichki va tashqi imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakat ishlab chiqaruv chi kuchlarining rivojlanishi ichki va tashqi savdo- 47 ning rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Yangi savdo aloqalari to- bora kengaygan. Suriyaning ayrim viloyatlari bilan Misrning savdo aloqalari mustahkamlangan. Misrliklar bu hududdan qishloq xo‘jalik mahsulotlari: don, sha rob, asal hamda chorva mollari olib kelganlar. Livandan binokorlik yog‘ochlari kelti- rilgan. Misrga Suriya orqali uzoq mamlakatlardan, Xett dav- latidan, Egey dengizlaridagi orollardan va Mesopotamiyadan juda ko‘plab mahsulot olib kelingan. Suriya bilan savdo-sotiq ishlari quruqlikdagi yo‘llar orqali ham olib borilgan. Bu davr- da misr liklarning dengiz floti bo‘lgan va shuning uchun ular mahsulotlarni Suriyadan yelkanli kemalarda olib kelganlar. Suriyadan keyin Misr savdosining eng muhim tayanch nuqta- laridan biri Bobil shahri bo‘lgan. Bu davrda misrliklar bir qator yangi mamlakatlarga: Kipr, Kichik Osiyo, Mesopatamiyaga savdo ekspeditsiyalari va isti- lochilik niyati da qo‘shin yuborganlar. Bu vaqtga kelib, Sinaydagi mis konlari xomashyosi tugay deb qolganligi sababli, misr liklar o‘zlariga zarur bo‘lgan misning yangi manbalarini qidirishga majbur bo‘lganlar. Yangi podsholik davrida misrliklar o‘zlari- ga zarur bo‘lgan misni Kipr orolidan olib kelganlar. Kipr oroli qa dim zamonlardan o‘zining juda katta mis konlari bilan ham nom chiqargan. O‘sha vaqtdan saqlanib qolgan ba’zi hujjatlarda, Kipr orolidan Misrga juda ko‘p mis yuborilgani haqida ma’lumot beriladi. Misol uchun, Kipr podshosi Misr fir’avniga bunday deb yozgan: «Men senga 500 talant (150000 kg) mis yubordim. Men buni birodarimga sovg‘a qilib yubordim. Birodar, misning kam- ligini ko‘nglingga olma. Mening mamlakatimda egam Nergal- ning qo‘li (vabo) mamlakatimdagi odamlarning hammasini qirib yubordi. Endi misni tayyorlaydigan hech kim yo‘q». Bu davrda Kichik Osiyodan, xususan, uning xettlar joylash- gan sharqiy viloyatlaridan Misrga temir keltirilgan. Temir o‘sha vaqtlarda Misrda noyob metall hisoblangan. Misr savdosi shimoli-sharqdagi Mesopotamiya viloyatlariga kirib borgan. Ikki daryo oralig‘ining shimoli-g‘arbida joylashgan Mitanni davlatidan jez, lojuvard, gazmol, kiyim-kechak, moy, jang aravalari, otlar va qullar olib kelingan. Misrliklar Bobildan ham xuddi shunday tovarlar, ya’ni kumush, yog‘ochdan tor- tib oltin va fil suyagi bilan bezatilgan qimmatbaho buyumlar keltirganlar. Misr bilan Osu riya o‘rtasida ham savdo aloqalari o‘rnatilgan. Yozma manbalardagi ma’lumotlarga qaraganda, misrliklar Osuriyadan jang aravalari, otlar va lojuvard keltir- 48 ganlar. Misrliklar Old Osiyodan olgan mahsulotlari evaziga bu mamlakatlarga quyma oltin yoki tilla buyumlar, fil suyagi yoki lojuvard bilan bezatilgan buyumlar, gazmol, kiyim-kechak, asosan, qimmatbaho metallar yuborganlar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling