Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. История Древнего Востока: учеб.пособие /А.А. Вигасин. 2-е 
изд. Испр. – М.: Дрофа. 2007.
2. Замаровский В. Их величества пирамиды. – M.: 1980.
3. Картелл Л. Во времени фараонов. – M.:1982. 
4. Берлов О. Д. Общественнее отношение а Египте эпохи 
Среднего царства. – M.: 1978. 
5. Савельева Т.Н. Аграрный строй Египте в период Древнего 
царства. – M.: 1962.
Asosiy sanalar
Mil.avv. XXVIII–XXIII asrlar Qadimgi podsholik (III-VI sulolalar) 
Mil.avv. XXVIII asr
III sulola.
Mil.avv. XXVII asr IV sulola. Eng katta Xufu va Xafra piramidala- 
rining qurilishi.
Mil.avv. XXIII–XXI asr
O‘tish davri. Davlatning alohida 
o‘rtalari
nomlarga parchalinib ketishi. Ger
akleopol va Fivaning kurashi.
Mil.avv. XXI–XVIII asrlar 
O‘rta podsholik (XI-XIII sulolalar).
o‘rtalari
Mil.avv. XVIII asr boshlari – Misrda ikkinchi o‘tish davri.
Mil.avv. XVI asr o‘rtalari-
gacha 


39
YANGI PODSHOLIK DAVRIDA BUYUK MISR DAVLATI
(MIL.AVV. XVI–XI ASRLAR)
1. XVIII-XIX sulolalar fir’avnlarining tashqi siyosati 
(mil.avv. XVI–XIII asrlar). 2. Iqtisodiyotning gullab-yash-
nashi. 3. Ijtimoiy munosabatlar. 4. Davlat boshqaruvi. 5. 
Exnaton (Amenemxet IV)ning diniy-siyosiy islohoti (mil.
avv. 1365–1348-yillar). 6. XX sulola hukmronligi (mil.avv. 
1200–1085-yillar). Yangi podsholikning so‘nggi davri.
1. XVIII–XIX sulolalar fir’avnlarining tashqi siyosati (mil.
avv. XVI–XIII asrlar). Yangi podsholik davrida Misr qo‘shinlari 
qayta tashkil qilindi. Giksoslar ta’siri ostida qo‘shin tarkibiga 
jang aravalari kiritildi. Misrda ot zavodlari tashkil qilinib, xo‘ja-
likning yangi sohasi – yilqichilik paydo bo‘ldi. Ot zavodlari dav-
lat hokimiyati tomonidan tashkil qilindi va ularni oliy mansab-
dor boshqargan. Piyodalar asosiy harbiy qo‘shinning asosiy qis-
mi bo‘lib qoldi. Ammo uning qurol turlari yangilandi. Qilichning 
2 turi: og‘ir, to‘gri va yengilroq o‘roqsimon qilichlar paydo bo‘ldi. 
Dushmanlardan yaxshiroq himoya lanish uchun askarlar plas-
tinkali sovut kiya boshladilar. Qo‘shin safini og‘ir qurollangan 
kamonchi va nayzachilar to‘ldira boshladi. Qo‘shinning yangi 
turi – harbiy dengiz floti paydo bo‘ldi. Mudofaa inshootlarini 
(fortifikatsiya) qurish san’ati takomillashdi. Misrliklar bosib 
olingan hududlarda kuchli mustahkamlangan qal’alarni qura 
boshladilar. Qo‘shinni to‘ldirish tartibi o‘zgardi. Askar olishning 
yangi qoidasiga ko‘ra, har 10 balog‘atga yetgan erkaklardan biri 
harbiy xizmatga chaqiriladigan bo‘ldi. Ammo bu tartib qo‘shin-
ni to‘liq to‘ldirish imkoniyatini bermadi. Shu sababli, XIX sulola 
davridan boshlab yollanma chet el askarlari qo‘shinning yarmi-
ni tashkil qila boshladi. 
XVIII sulola kuchli qo‘shinga tayanib, bosqinchilik siyosati-
ni olib bordi. Ayniqsa, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘iga nis-
batan istilochilik hujumlari kuchayib ketdi. Bu hududda mil.
avv. XV asrda Misrga qarshi faqat birgina Mitanni davlati jiddiy 
qarshilik ko‘rsata olar edi. Mitanni XVI asr oxiri – XV asrning 
birinchi yarmida qudratli davlatga aylangan edi. U Misrning 
Suriya va Falastinga ekspansiyasini to‘xtatish uchun Kadesh 
shahri boshchiligidagi Suriya va Falastinning kichik davlat-


40
chalari koalitsiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi. Nati-
jada bu ittifoq Misr ekspansiyasini vaq tinchalik to‘xtatdi. Misr 
janubda Nilning uchinchi ostonalaridagi hududlarni bosib oldi. 
Yaxmos I giksoslarni Osiyodan haydab chiqarib, Finikiyada 
Misr ning ta’sirini qayta tikladi. Uning o‘g‘li Amenxotep I Osiyo-
da hech qanday urush olib bormadi. Keyingi fir’avn Tutmos I 
(mil.avv. XVI asr oxiri) davrida Misr Yaqin Sharqning eng kat-
ta davlatlaridan biriga aylandi. Nubiya (Kush)da katta yutuq-
larga erishilib, Kamos Misrning hududini Nilning ikkinchi os-
tonasigacha, Amenxotep I yanada janubga tomon kengaytir-
di. Amenxotep I ga uning kuyovi harbiy boshliq Tutmos voris 
bo‘ldi. U mil.avv. XVI asr oxirida Yuqori Mesopotamiyadagi 
Mitanni davlatiga qarshi urush boshladi. Bu davlat Shimoliy 
Suriyani nazorat qilar edi. Misr Mitannidan Shimoliy Suriyani 
tortib olib, o‘z nazorati ostiga oldi. Nubiyada misrliklar Nilning 
uchinchi ostonasidagi ilgari mustaqil bo‘lgan Kush davlatining 
poytaxti Kermani egalladilar.
Tutmos I ning kichik xotinidan bo‘lgan o‘g‘li, vorisi Tutmos II
(mil.avv. 1503–1490-yillar atrofida) o‘zining o‘gay singlisi, Tut-
mos I ning qizi malika Xatshepsutga uylandi. Tutmos II vafot 
qilganda Xatshepsut o‘gay o‘g‘li Tutmos III balog‘at yoshiga 
yetguncha mamlakatni boshqarish vakolatini oldi. Hokimiyat-
ga o‘ch bo‘lgan malika Xatshepsut Tutmos III ni davlat ishlari-
dan chetlashtirishga harakat qildi. malika Xatshepsut (mil.avv. 
1498-yildan 1483-yilgacha boshqardi) o‘zini eri bilan birga hukm-
dor deb e’lon qiladi. U Amon ibodatxonasining oliy kohinlari va 
zodagonlarni mo‘l-ko‘l sovg‘alar bilan o‘z tomoniga og‘dirdi va 
ularga tayanib mamlakatni boshqardi. Malika yodgorliklarda 
o‘zini mustaqil fir’avn sifatida tasvirlay boshladi. Malika erkak 
fir’avn kabi o‘z hokimiyatining to‘laqonligini ta’kidlash uchun 
inshootlarda gavda tuzilishini erkaklarga o‘xsha 
tib, soqol 
qo‘yilgan holda tasvirladi. Malika Xatshepsut fir’avn-jang chi 
un voniga da’vo qila olmas edi. Shunga qaramasdan u Puntga 
(Eritreya) katta ekspeditsiya tashkil qildi. Malika davrida Kar-
nakda Xed-sed bayrami sharafiga katta ibodatxona va Dayr al 
Bahrda uning ibodatxonasi va otasi Tutmos I ibodatxonasi bar-
po qilindi. Bu inshootlarning yaqinida Xatshepsut davrida oliy 
kohin, me’mor Senemutning sag‘anasi qad ko‘tardi. Senemut 
Xatshepsut davrida uning eng yaqin kishisi sifatida davlatni 
boshqardi. Xatshepsut mil.avv. 1482-yilda vafot etgan.


41
Shundan so‘ng hokimiyat to‘la Tutmos III (mil.avv. 1490– 
1438-yillar) ning qo‘liga o‘tdi. Tutmos III Xatshepsut to‘g‘risida-
gi har qanday eslatishni yo‘q qilishga harakat qildi, malikaning 
devoriy relyef tasvirlari, haykallarini yo‘q qildi. Hatto Xatshep-
sut nomini ham barcha yozuvlardan o‘chirib tashladi. Xatshep-
sutning tarafdorlarini davlat lavozimlaridan chetlashtirdi, qol-
ganlar Tutmosga o‘z sodiqliklarini e’tirof etdilar. Tutmos oliy 
davlat lavozimlariga harbiylarni tayinladi, boshqaruvda qo‘shin 
va xizmatdagi yangi zodagonlarga tayandi. Misrning tashqi si-
yosatida faol istilochilik davri boshlandi. Misr Falastin va Fini-
kiyada o‘z ta’sirini qayta tiklashga bel bog‘ladi. Bu davrda xurrit 
xalqlari butun Falastinni egalladilar. Bu yerdagi shahar-dav-
latlar Misrning kuchayib borayotgan tazyiqiga qarshi birlasha 
boshladilar.
Falastin va Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i Misr iqtiso-
di uchun muhim strategik hududlar bo‘lgani sababli Tutmos 
III bu hududlarni bosib olish uchun uzoq harbiy tayyorgarlik 
ko‘rdi. Suriya va Falastin shahar-davlatlari Misrga qarshi har-
biy ittifoq tuzdilar. U mil.avv. 1482-yilda Falastinga ko‘p sonli 
qo‘shin tortdi. Megiddo shahri yonida Suriya va Falastinning 
shahar-davlatlarining Kadesh shahri boshchiligidagi birlash-
gan qo‘shinlari Tutmos III qo‘shinlari bilan uchrashdi. Qonli 
jang misrliklar g‘alabasi bilan tugadi. Natijada Misr Suriya va 
Falastinning katta qismini egallab oldi. Mitanni o‘z qo‘shinlarini 
Frot ortidan chaqirib oldi va Misrga Suriya, Finikiya va Falas-
tin hududlari yon berishga majbur bo‘ldi. Tutmos III o‘n besh 
marta harbiy yurish qilib, Frot daryosigacha bo‘lgan hududlar-
ni bosib oldi. Frot daryosi yelkasidagi Karxemish shahri Misr-
ning shimoliy chegarasi bo‘ldi. Janubda Misr Nilning to‘rtinchi 
ostona larigacha bo‘lgan yerlarni o‘z tasarrufiga oldi. Misrning 
shimolidan janubigacha chegarasi 3200 km ni tashkil qildi. 
Fir’avnlar kuchli iqtisodiyotga tayanib, tashqi siyosatda jid-
diy yutuqlarga erishdilar. Istilochilik urushlari natijasida Misr 
XV asrda Old Osiyodagi eng qudratli davlatga aylandi. Old 
Osiyoning Mitanni, Xett va Bobil kabi kuchli davlatlari Misr-
ning kuch-qudrati bilan hisoblashishga majbur bo‘ldilar. Ular 
Misr bilan do‘stona munosabat o‘rnatishga harakat qildilar. Bu 
to‘grisida o‘sha davrdagi ko‘pgina yozma manbalar ma’lumot 
beradi.
Mitanniga qarshi yurishlarni Tutmos III ning o‘g‘li Amen-
xotep II (mil.avv. 1438/1436–1412-yillar), Tutmos IV (mil.avv. 


42
1412–1402-yillar) davom ettirdilar. Tutmos III va Amenxotep 
II lar fir’avn-jangchilar edilar. Ular shaxsan jangda ishtirok et-
ganlar. Bu fir’avnlar bir harakat bilan og‘ir kamonni tarang tor-
ta oladigan kuchga ega bo‘lganlar. Ular o‘sha vaqtda Suriyada 
mavjud bo‘lgan yovvoyi fillarni ov qilganlar. 
Amenxotep II ancha uzoq hukmronlik qildi. Uning vorisi Tut-
mos IV Frot sohillarini ishg‘ol qilgan XVIII sulolaning so‘ng-
gi fir’avni edi. Tutmos IV davrida Mesopotamiyaga yurishlar 
qilinib, Efiopiyada Misrga qarshi qo‘zg‘olon bostirilgan. Mitan-
ni bilan do‘stlik aloqalari o‘rnatilib, uning podshosi fir’avnga 
o‘z qizini berdi. Tutmos IV uzoq hukmronlik qilmadi. U ozgi-
na inshootlarni bunyod qilishga ulgurdi. Qum bosib qolgan 
Sfinks qumdan tozalandi. Karnak ibodatxonasida Tutmos III ga 
bag‘ishlangan yodgorlik qurib, nihoyasiga yetkaziladi. Tutmos 
IV ning o‘g‘li Amenxotep III (mil.avv. 1402–1365-yillar) davrida 
Misr Sharqiy O‘rtayer dengizining katta hududini nazorat qil-
di. Uzoq Alasiya (Kipr oroli) ham Misrga bo‘ysundirildi. U yer-
dan mis olib kelingan. Kuchayib ketgan Misr Bobil podshosi 
Amenxotep II ning qizini qo‘lini so‘raganda, fiir’avn uni mensi-
may, rad javobini beradi. 
Misrning o‘sha vaqtdagi xalqaro munosabatlari XVIII sulola 
oxi ridagi Misr fir’avnlarining Tel-Amarnadan topilgan katta dav-
lat ar xividagi hujjatlardan bizga yaxshi ma’lumdir. Bu arxivda 
Bobil, Osu riya, Mitanni, Xett davlatlari va Kipr podsholarining, 
yana Suriya va Falastindagi ko‘p hokimlarning Misr fir’avniga 
yuborgan diplomatik xatlari saqlanib qolgan. Shu xatlarga qa-
raganda, Misr Old Osiyodagi bir qancha davlatlar bilan juda 
mustahkam savdo va diplomatik munosabatda bo‘lgan. Ayrim 
davlatlar o‘rtasida bo‘ladigan muzokaralar maxsus elchilar yor-
dami bilan olib borilgan.
Xettlar istilosi xavfi aniq bo‘lib qolgach, Mitanni va Misr 
podsho 
lari bosh ko‘tarib kelayotgan dushmanni birgalikda 
yengish maqsadida birlashganlar. Misr bilan Mitanni o‘rtasida 
ittifoq tuzishga imkoniyat tug‘ilgan. Bu ittifoq bir necha sulolaviy 
nikohlar bilan mustahkamlangan. Mitanni podshosi Tushrat-
tining Misr fir’avni Amenxotep III ga yozgan xatlarida Misr bilan 
Mitanni o‘rtasida o‘ta mustahkam munosabatlar o‘rnatilishi-
ga olib kelgan diplomatik muzokaralarning ayrim bosqichlari 
yorqin va jonli qilib tasvirlangan. Misr Amenxotep hukmronligi 
yillarida uzoq Suriyadagi o‘z yerlarini xettlardan himoya qilish 


43
uchun yetarli harbiy kuchga ega bo‘lmaganligidan Mitannining 
yordamiga tayanishga majbur bo‘lgan.
Amenxotep III (mil.avv. 1402–1365-yillar) zamonida ahvol 
yanada yomonlashgan. Bu vaqtda Misr Suriyadagi mulklarini 
himoya qilish uchun yetarli harbiy kuchga ega bo‘lmadi. Sur-
iya shaharlari zaifl ashib qolgan Misr zulmidan qutilish uchun 
ittifoq tuzdilar. Bu ittifoqni esa xettlar qisman qo‘llab-quvvat-
laganlar. Bu ittifoqning boshida turgan Suriya hokimi Aziru 
Suriyani Misr ta’sirining qolgan-qutganlaridan ham ozod qilish 
uchun qattiq kurash olib borgan. Suriya va Finikiyaning Misr-
ga sodiq bo‘lgan ko‘p shaharlari xettlar va Aziru qo‘shinlarining 
hujumlaridan o‘zlarini arang himoya qilib turganlar. Bu sha-
harlarning ba’zilari Misr fir’avnidan yordam so‘raganlar.
Mashhur Amenxotep IV Exnaton (mil.avv. 1365–1348-yillar) 
davrida Misrning tashqi siyosiy ahvoli yomonlashadi. Mitanni 
Janubiy Suriyaning katta qismini bosib oladi. Osiyoda yana bir 
raqib Xett davlati urushga tayyorlana boshladi. Exnatonning 
kuyovlari Semnexkar (mil.avv. 1348–1347-yillar), Tutanxamon 
(«otasining ti rik qiyofasi» mil.avv. 1347–1338-yillar)lar davri-
da ahvol o‘zgarmadi. Tutanxamon 10 yoshidan fir’avn taxtiga 
o‘tiradi. Uning vafotidan so‘ng, Mitannidan tashqari, yana bir 
raqib Xett davlati paydo bo‘ldi. 
Tutanxamon 20 yoshga yetmay, mil.avv. 1338-yilda vafot 
etdi. Uning bevasi Anxesenpaamon taxtni o‘z qo‘lida saqlab qo-
lish uchun Xett podshosi Suppilulium I ning o‘g‘illaridan biri 
Sannansaga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi. Xett shahzoda-
si Misrga keldi, lekin misrlik zodagonlar uni o‘ldirdilar. An-
xesenpaamon Atonning oliy kohini Eyega turmushga chiqishga 
majbur bo‘ldi. Eye (mil.avv. 1338–1334-yillar) XVIII sulolaning 
so‘nggi fir’avni bo‘ldi. Xett podshosi o‘g‘lining o‘limi uchun qa-
sos olish maqsadida Misrga qarshi yurish qilib, misrliklarni 
Osiyodan to‘la haydab chiqardi. Misr qo‘shinlarining qo‘mon-
doni Xoremxeb Eyeni taxtdan ag‘darib (mil.avv. 1334–1306-yil-
lar), keyingi fir’avn bo‘ldi. Uning vorisi, XIX sulolaning birin-
chi fir’avni, keksa oliy mansabdor Ramzes I nomi bilan (mil.
avv. 1306–1304-yillar) taxtga chiqdi. Ramzes I ning o‘g‘li Seti I 
(mil.avv. 1304–1290-yillar) Xett podshosi Muvatalli bilan urush 
olib borib, Falastin, Finikiya va Janubiy-markaziy Suriyani 
bosib oldi. U Oront daryosi vodiysidagi Kadesh yaqinida xett-
larni tor-mor qildi. Seti I Liviya va Nubiyada urush olib borib, 


44
o‘ta shafqatsizlik bilan harakat qildi: Karnak ibodatxonasida 
u asirlarni xudo Amonga bir necha marta qurbonlik kel’ti-
rayotgan holatda tasvirlangan. Seti I ning o‘g‘li Ramzes II (mil.
avv. 1290–1224-yillar) davrida Exnatondan Eyegacha bo‘lgan 
fir’avnlar fir’avnlarning sulolaviy ro‘yxatidan o‘chirib tashlandi. 
Ramzes II ibodatxonalar boyliklarini o‘z qo‘liga olib, xettlar bi-
lan uzoq davom etgan urush harakatlarini olib bordi. Kadesh 
yonidagi jangda (mil.avv. 1274-yil) xettlarga kuchli zarba berdi. 
Mil.avv. 1280 yoki 1270-yillar atrofida Xett podshosi Xattusili 
III tashabbusi bilan Misr va Xett podsholigi o‘rtasida tinchlik 
shartnomasi tuziladi. Misr qo‘l ostida Falastin, Finikiyaning 
katta qismi va Janubiy Suriyaning ozroq qismi qoldi. Bu mam-
lakatlarning shimolidagi barcha hududlar xettlarning mulki 
hisoblandi. Tinchlik shartnomasi bilan birga, o‘zaro yordam 
berish majburiyatiga asos langan ittifoq shartnomasi tuzildi. 
Ramzes II Xattusilining qizlaridan biriga uylandi. 
Ramzes II hukmronligi uzoq davom etgan, u 87 yoshida vafot 
etadi. Mashhur malika Nefertiti Ramzes II ning birinchi xotini 
edi. Abu Simbeldagi Ramzes II ning ibodatxonasidagi relyeflar-
da bu go‘zal malika tasviri mavjud. Bu davrda Misr davlati va 
madaniyati gullab-yashnagan. Nil daryosining sharqiy qismida 
Ramzes II yangi poytaxt Per-Ramzes shahrini qurgan. Uning 
merosxo‘rlari davrida ichki va tashqi siyosatda kuchli ziddiyat-
lar yuzaga kelgan. Uzoq vaqt uning katta o‘g‘illaridan biri Memfis 
xudosi Ptaxning bosh kohini Xaemuas voris bo‘ldi, lekin u otasi-
ning o‘limigacha yashamadi. Natijada Ramzes II ning o‘n uchin-
chi o‘g‘li Merneptax (mil.avv. 1224–1214-yillar) taxtga chiqdi. 
Bu fir’avnning vafotidan keyin Misr davlat hokimiyatining za if-
lashuv jarayoni boshlandi. Ramzes III (mil.avv. 1190–1159-yil-
lar) Yangi podsholik davrining so‘nggi taniqli hukmdori edi. XIX 
sulolaning oxirgi to‘rt vakili davrida markaziy hokimiyat ni-
hoyatda zaiflashgan. Mil.avv. XIII–XI asrlarda Misrda kambag‘al 
aholining noroziligi kuchayadi. «Dengiz xalqlari» sharqiy chega-
raga, liviyaliklar g‘arbiy chegaralarga bostirib kirganlar. Ibodat-
xonalar davlatdan mustaqil bo‘lib, o‘ta boyib ketdilar (uzunligi
40 m bo‘lgan «Xarris katta papirusi»dagi asosiy yozuvlarda 
fir’avnning ibodatxonalarga hadyalari sanab o‘tilgan). Ram-
zes II dan keyin Misrda yana 8 fir’avn hukmronlik qildi. Ular-
ning hukmronligi davrida Misrga liviyalik va osiyoliklarning 
yangi hujumlari kuchaydi. Fir’avn hokimiyati zaiflasha bordi. 
Nomlarning mustaqilligi kuchaydi.


45

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling