Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Ilk Misr jamiyati va davlati.
Chorva mollari. Qo‘y, echki, sigir, eshak, cho‘chqa boqilgan.
Qazilma boyliklar. Granit, bazalt, diorit, alebastr, shifer, ohak. Memfis yonida yirik tosh konlari, O‘rta Misrdagi Fiva yaqinida alebastr konlari va Sinay yarimorolida boy mis konlari bo‘lgan. Misr ning o‘zida metall bo‘lmagan. Ular qo‘shni davlat- lardan olib kelingan. Kumush va temir asosan Kichik Osiyodan, oltin Shimoliy Nubiya va Arabiston yarimorolidan olib kelingan. Aholi. Nil vodiysida qadimgi aholi Saxara, Liviya sahrosi va Efiopiyadan mil. avv.VI ming yillik oxirida kelib joylashgan. Bu etnik guruhlarning qo‘shilishidan qadimgi Misr xalqi kelib chiqqan. Qa dimgi misrliklar o‘rta bo‘yli, to‘ladan kelgan, soqo- li qirilgan, sochlari qisqa qirqilgan. Kiyimlar qisqa, old yubka, lungidan iborat bo‘lgan. Bolalar 11 yoshgacha qip-yalang‘och yurganlar. Ovqat. Arpa noni, emmer bo‘tqasi, quruq baliq, piyoz, sa- rimsoq va bodring. Qadimda misrliklar dunyo tarixida birinchi bo‘lib pivo ni kashf qilganlar va arpadan tayyorlangan pivo aso- siy ichimlik bo‘lgan. Go‘sht kam iste’mol qilingan. 5. Ilk Misr jamiyati va davlati. Ilk podsholik davri (mil.avv. XXXI–XXIX asrlar). Ilk dehqon jamoalari mil.avv. VI–V ming yil- likda Quyi Misrdagi Fayum vodiysida mavjud bo‘lgan. Fayum manzilgohida g‘alla ekinlari ekilgan, yirik va mayda qoramol boqilgan va baliq tutilgan. Bu madaniyatga mansub bo‘lgan manzilgohdan suyak-garpun, toshdan yasalgan o‘roqlar va loy idishlar topilgan. Bu davrda Yuqori Misrda chorvador deh- qonlar yodgorligi topilgan joyiga qarab, Tasiy madaniyati deb ataladi. Bu yerdan ko‘plab qabrlar topilgan. Bug‘doy ekilgan, 25 mayda chorva mollari boqilgan. Sirti qora va kulrang loy idish- lar yasalgan. Tasiylar urug‘-jamoa bo‘lib yashaganlar. Ulardan ko‘ra yuqori rivojlangan Badari madaniyati (mil.avv. IV ming yillik)ga tegishli aholi urug‘-jamoa bo‘lib yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Yerga motiga bilan ishlov berilib, kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham mavjud bo‘lgan. Badariylar kulolchilikni takomillashtirgan- lar. Mil.avv. IV ming yillik ning I yarmida Amrat manzilgohlari yanada yuqoriroq rivojlangan. Bu davrda ilk mustahkamlan- gan qo‘rg‘onlar paydo bo‘lgan. Aholi soni o‘sgan. Mis buyumlari ko‘paygan. Garpun-qarmoqlar yasalgan, ilk tilla bezaklar pay- do bo‘lgan. Kulollar naqshli idishlar tayyorlay boshlaganlar (ilk sulolagacha bo‘lgan davr). Mil.avv. IV ming yillikning II yarmida Gerzey davri (hozirgi Gerzi qishlog‘i nomidan) sulolaviy davrgacha bo‘lgan 2-bosqich- da sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikdan hunarmand- chilik ajralib chiqqan. Ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz beradi. Qa- zib ochilgan qabrlardan ko‘plab buyumlar topilgan. Bu vaqtda ilk ibtidoiy qulchilik paydo bo‘lgan. Qullar «tirik murdalar» deb atalgan. Misrning ilk davlatlari xo‘jalik faoliyatini birgalikda olib borishga intilgan dehqon jamoalarining birlashmalaridan paydo bo‘ldi. Sug‘orish inshootlarini rivojlantirish va yiriklashtirishga bo‘lgan ehtiyoj davlat hokimiyatini shakllanishini rag‘barlantir- di. Davlat hokimiyati sug‘orish tizimini yaratish va ta’mirlashda yetakchilik qila boshladi. Misrning ilk davlatlari hududi uncha katta bo‘lmagan. Keyin- chalik Yuqori Misr 22 ta, Quyi Misr 20 ta katta bo‘lmagan sepat (viloyat) – nomlar (Misr viloyatlarini antik yozuvchilar «nom» deb, ularni hokimlarini «nomarx» deb ataganlar)ga bo‘lingan. Nomlarda iqtisodiy ehtiyojlardan kelib chiqib, birlashuv jara- yoni kuchli bo‘lgan. Nomlar o‘rtasidagi uzoq urushlar natijasida mil.avv. IV ming yillik oxirida Yuqori va Quyi Misrda ikkita yirik davlat vujudga keladi. Yuqori Misr hukmdori oq rangli toj, Quyi Misr hukmdori qizil rangli toj kiygan. Birinchisining poytaxti Exnab (Nexen), ikkinchisining poytaxti Buto shahri bo‘lgan. Misrning ilk podsholaridan biri sanalgan Narmer yodgorlikla- rida yuqori Misr podsholarining g‘alabalari, ularning ishtiroki bilan o‘tgan muhim marosimlar abadiylashtirilgan. Yodgor- liklarda harbiy tasvirlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Podsholar- ning hokimiyati mil.avv. IV asr o‘rtalaridan boshlab merosiy tus ola boshlaydi. Chunki Nil vodiysining uncha katta bo‘lmagan 26 nomlari o‘rtasidagi muntazam olib borilayotgan urushlarda harbiy yo‘lboshchi nomarxlarning mavqei kuchayib boradi. Mil. avv. IV ming yillikning oxiriga kelib, podsholarni hokimiyatiga ilohiy tus berilib, ular xudo Xor (bu xudo lochin ko‘rinishida tasvirlangan) bilan qiyoslangan. Har ikki podsholik o‘rtasida Misrni birlashtirish uchun uzoq kurash boshlanadi. Quyi Misrda podsho Narmer va undan ol- din o‘tgan o‘tmishdoshlari g‘olibona urushlar olib borganlar. Mil.avv. XXXI asrning taxminan II yarmida mamlakatni haqiqiy birlashtiruvchisi va I umummisr sulolasi asoschisi deb misr- liklar Narmerning o‘g‘li Mina (yunoncha Menes)ni hisoblaydilar. Mamlakatni birlashtirish uchun Narmer va undan oldin o‘tgan podsholar Quyi Misrda uzoq urush olib boradilar. Birlashuv qa- chon yuz berganining aniq sanasi mavjud emas. Lekin taxmi- nan mil.avv. 3000 yilliklar atrofida Nil vodiysida yagona davlat mavjud edi. Misrni amalda to‘la birlashtirgan va I umummisr sulolasiga asos solgan podsho Narmerning o‘g‘li Mina (mil. avv. XXXI asrning II yarmi atrofida) bo‘ldi. Abidos yaqinidagi Tin no- midan chiqqan podsho Mina birlashtirish siyosatini olib bor- di. U Yuqori va Quyi Misr tutashgan strategik muhim nuqta- da yangi poytaxt, mustahkamlangan shahar Memfis (Minnefer misrcha)ni qurdi. U Memfisni suv toshqinidan himoya qiladi- gan to‘g‘on qurdi. Bu shahardan turib mamlakat janubi va shi- molini boshqarish qulay edi. Misrning Tinis viloyatidan kelib chiqqan I–II sulolalar davri Ilk podsholik davri hisoblanadi. Ilk podsholik davrida yagona dav- lat va ko‘p sonli davlat apparati hamda bu apparatni boqadigan davlat yer egaligi shakllanadi. Davlat yerlarida tashkil etilgan yirik xo‘jaliklarda davlatga qaram bo‘lgan ishchilar mehnat qi- lar edilar. Davlatga turli soliq va majburiyatlar o‘tashga majbur bo‘lgan qishloq jamoasi ham mavjud edi. Sug‘orish inshootlari va ishlari butun mamlakat miqyosida olib boriladi. Mis qurol- lari yaxshi ma’lum bo‘lsa-da, toshdan qilingan mehnat qurol- lari keng tarqalgan edi. I–II sulola podsholari butun mamlakatni har ikki yilda bir marta aylanib chiqishlari an’anaga aylangan. Mafkurada Misr- ning birligi his qilina boshlanadi. Endilikda podsho unvoniga mamlakatning janubi va shimolida e’tiqod qilinadigan ma’bud- lar Nexbet va Uajit – «Ikkala hukmron» – «Yuqori va Quyi Misr podshosi» so‘zlari qo‘shiladi. Butun mamlakat miqyosida Yuqori Misrning bosh xudosi Xorga e’tiqod qilish keng tarqaladi. 27 Misrliklar I sulola davrida qo‘shni hududlarga xo‘jalik uchun zarur bo‘lgan xomashyo uchun harbiy yurishlar qila boshladi- lar. Ular janubda Nubiyaga, g‘arbda Liviya, sharqda Sinay yarim oroliga bosqinchilik yurishlari qildilar. Misrning tosh ko‘zalari bu vaqtda Sharqiy O‘rtayer dengizining barcha hududlaridan topilgan. Finikiya va Suriyadan yog‘och (mashhur Livan kedri), Sinay yarim orolidan mis, malaxit va feruza toshlari olib ke- linadi. Liviya va Arabiston sahrolari yo‘llari o‘zlashtiriladi. Menes davridan Shimoliy Nubiya ustidan yo‘lga qo‘yilgan Misr- ning nazorati saqlanib qoladi. Mil.avv. XXIX asr o‘rtalarida Misrda siyosiy halokat yuz ber- di. Podsho Sexemib xudo Xorga sig‘inishni bekor qilib, uning afsonaviy dushmani xudo Seton bilan o‘zini qiyoslaydi. U poy- taxtni Memfisdan Abidosga ko‘chirdi. Quyi Misr ajralib chiqdi. Misrning birligini II sulolaning so‘nggi vakili Xasexemum qayta tikladi. U Quyi Misrni tor-mor qildi (uning haykalidagi yozuv 47209 kishi o‘ldirilgani yoki haydab ketilgani haqida ma’lumot beradi). Misr xo‘jaligining asosi sug‘orma dehqonchilik edi. Podsho hokimiyatining eng muhim vazifalaridan biri Nil vodiysida sug‘orish tizimini tashkil qilish va uni ta’mirlab, ish qobiliya- tini saqlab turish edi. Misrning diniy markazi Gerakleopoldagi ibodatxonada ilk podsholikning fir’avnlarini biri sovg‘a qilgan hukmronlik ramzi – asoda tarmoqlangan suv havzasi, uning tepasida yer chopish marosimini bajarayotgan fir’avn qo‘lida motiga, uning oldida qo‘llarida boshoqlar bilan savat ko‘targan erkaklar, undan pastda – suvda mehnat qilayotgan boshqa er- kaklar, ularga tomon motiga bilan kelayotgan erkak tasvirlan- gan. Ilk podsholik davridayoq Misr qishloq xo‘jaligi yuqori dara- jada mahsuldor bo‘lgan. Quyi Misrdan topilgan ko‘p sonli vino xumlari uzumchilikning yaxshi rivojlanganidan dalolat bera- di. Nil vodiysida chorva uchun suvli o‘tloqlar ko‘p bo‘lib, chor- vachilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilikning o‘ziga xos xu- susiyati – podada xonaki hayvonlar bilan birga, to‘la yoki yarim qo‘lga o‘rgatilgan cho‘l jonivorlari – antilopalar, shoxli yovvoyi echkilar, ohular mavjudligi edi. Bu hayvonlarning tasvirlari mil.avv. II ming yillikgacha devoriy tasvirlarda ko‘p uchraydi. To‘qimachilik tez rivojlandi. Shu davrdan boshlab, papirusdan yozuv uchun foydalanila boshlandi. Keyinchalik papirusdan yunon-rim madaniyati rivojida ham unumli foydalandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling