Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Misrshunoslik fanining rivojlanishi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Misrshunoslik fanining rivojlanishi. XIX asr boshigacha
qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan hech kim shug‘ullan- magan. Qadimgi Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr bosh- larida fransuz olimlari 1809–1828-yillarda 48 tomli «Misr tasvi- 21 ri» nomli kitobni nashr etdilar. Misr iyerogliflarini fransuz olimi Silvestr de Sasi va shved olimi Okerblad, ingliz olimi Tomas Yung o‘qishga harakat qildilar. Ammo qadimgi Misr yozuvi tizimini va iyerogliflarini o‘qish metodini misrshunoslik fanining asoschi- si fransuz olimi Jak Fransua Shampolyon (1790–1832-yillar) kashf etdi. J. Shampolyon Grenobl shahridagi litseyda ta’lim oldi. Parijda taniqli lingvist Silvestr de Sasi rahbarligida sharq tillarini o‘rgandi. Napoleon yurishlari vaqtida Misrda bo‘lgan mashhur fransuz fizigi va matematigi Fur’ening hikoyalari ta’si- ri ostida qadimgi Misr tiliga qiziqib qoldi. 1799-yilda fransuz askari Rashid (Rozett) nomli Misr qishlog‘ida qadimgi Misr va yunon yozuvida bitilgan matnli toshni topdi. Toshda Misrda hukmronlik qilgan Ptolemey V ning mil.avv. 196-yildagi farmo- ni bitilgan edi. Shampolyon qariyb yigirma yil davomida qad- imgi Misr yozuvini o‘rganib, Ptolemey V ning farmonini o‘qish- ning kalitini topdi. U 1822 -yil 27-sentabrda Fransiya akademi- yasida iyeroglif alfavitini ochganligi to‘g‘risida ilmiy xabar qildi. Shampolyonning Misr iyerogliflarini o‘qishi qadimgi Misr yozu- vini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Olim og‘ir ilmiy mehnat va moddiy nochorlik tufayli 1832-yil 42 yoshida vafot etdi. Shampolyondan keyin ham Misr yozuvini o‘zganish davom etdi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh «Misr xronologiyasi», «Misr fir’avnlari to‘g‘risida» nomli asarlarini yaratdilar. XIX asrning 80-yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi: 1. Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik qazilmalarni o‘tkazishning ilmiy asoslangan qat’iy metodikasi ishlab chiqildi. Arxeologik qazishmalar natijasida topilgan to- pilmalar tizimli o‘rganildi va doimiy saqlana boshlandi. 2. Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy tahrir bilan chop etila boshlandi. 3. Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari ishlanib, yirik asarlar to‘plami chop etila boshlandi. Misr to- pilmalari muzeyini tashkil qilgan va yirik arxeologik qazish- malar olib borgan olim O. Mariyettning misrshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmati katta bo‘ldi. Ingliz tarixchisi Flinders Pitri uning davomchisi bo‘ldi. U III tomli «Qadimgi davrda Misr tarixi», Brested II tomli «Misr tarixi», Maspero «Misr tarixi» va Ed. Meyer «Qadimshunoslik tarixi» asarlarini yaratdilar. XIX asrning o‘rtalarida fransuz olimi O. Mariyett qadimgi Memfis- dan muqaddas ho‘kizlar sag‘analarini topdi. G. Maspero XIX 22 asr oxirida Sakkaradagi piramidalarni tadqiq qilib, V–VI sulola piramidalarining xonalari ichki devoridagi matnlarni chop qil- di. Fiva shahrida u Yangi podsholik fir’avnlarining mo‘miyolari yashirilgan ulkan maxfiy joyni topdi. Misrshunoslikning yangi davri XX asrning 20-yillariga to‘g‘ri keladi. Angliyada «Kembrij qadimgi tarixi» seriyasi chop etilib (I–XI tomlari 1928–1938-yillarda chop etildi), nemis olimlari A. Erman va X. Tropye (1926–1931) V tomli Misr lug‘atini tuzdilar. A. Gardner III tomli «Vilbur papirusi», «Ramseslar davri ma’lu- moti hujjatlari» va «Misr onomastikasi» asarlarini chop qiladi. Misrda asosiy arxeologik qazishmalarni Yevropa va AQSH olim- lari olib bordilar. Faqat XX asrning 20-yillaridan boshlab o‘zi misrlik bo‘lgan olimlar arxeologik qazishmalarni boshladilar. XX asrning so‘nggi yillarida Kosmik arxeologiya Qadimgi Misrning hali o‘rganilmagan qum ostida qolib ketgan shahar yodgorliklari izlarini topdi. Qadimgi Misrning barcha shahar va qishloqlari Nil daryosi qirg‘og‘ida joylashgan. Rus olimlari V. Turayev, I. Nikolskiy, V. I. Avdiyev va boshqalar misrshunoslik fanini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling