Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Antik mualliflar asarlari. Antik mualliflar asarlaridan Gero-
dot tarixi (mil.avv. V asr), sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutub-
xona» asari, «Strabon geografiyasi» (mil.avv. II-I asr) Plutarxning 
«Osiris» va «Isida» traktati qadimgi Misrning ijtimoiy-siyosiy va 
madaniy hayoti to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar beradi. Rimlik 
tarixchi Tatsit (miloddan avvalgi I asr oxiri II asr boshlari), Misr 
fir’avni Tutmos III yurishlari, qadimgi Fiva xarobalari to‘g‘risida 
batafsil ma’lumotlar to‘playdi. Yana bir rimlik tarixchi Ammian 
Marsellin (IV asr) qadimiy Misr madaniyatini muhim o‘rnini 
ta’kidlaydi.
Etnografiya ma’lumotlari. Misrliklar boshqa ko‘pgina qa-
dimgi Sharq xalqlari singari bir qancha qabilalarning asta-sekin 
aralashib ketishi natijasida tashkil topgan. Qadimgi Misr xalqi-
ni tashkil qilgan bu qabilalar Shimoliy va Sharqiy Afrikaning 
mahalliy qabilalaridir. Misrdagi arxaik davrga mansub bo‘lgan 
kishilarning o‘ziga xos haykalchalari, Misr hududidagi arxaik 
qabrlardan topilgan bosh suyaklarini o‘lchab ko‘rish natijalari, 
shuningdek, qadimgi Misrliklarga somali va boshqa qabilalar-
ning tipiga bir muncha o‘xshab ketishi eng qadimgi misrliklar-
ning tropik Sharqiy Afrikadagi qabilalar bilan qarindoshligini 
ko‘rsatadi. Qadimgi Misr tasvirlariga ko‘ra, Sharqiy Afrikada 
(Punt mamlakatida) yashagan qadimgi qabilalar o‘zlarining 
tashqi qiyofalari bilan misrliklarga juda ham o‘xshab ketadilar.
Qadimgi Misrdagi samoviy sigir shoxli ayol qiyofasida tasvir-
langan hosildorlik ma’budasining tasviri hamda sersoqol, paka-
na xudo Bes tasviri Misrning Afrika xalqlarining diniy e’tiqodlari 
bilan yaqin bog‘langanidan dalolat beradi. Qadimgi podsholik 
davriga oid yozuvda Nubiyadan maxsus «xudo raqsi» ni bajaruv-
chi pakana odamning Misrga keltirilganligi to‘g‘risida ma’lumot 
beriladi. Bundan tashqari, qadimgi Misr Shimoliy Afri kaning 
liviya qabilalari bilan ham juda yaqin bo‘lgan. Qadimgi Misr 
tili o‘zining ba’zi xususiyatlari bilan Shimoliy Afrikadagi berber 
tillariga ham o‘xshab ketadi. Misrda va Nil vodiysini o‘rab ol-
gan baland tog‘liklarda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalarning 
ko‘rsatishicha, o‘ziga xos Misr madaniyatini vujudga keltirgan 
qabilalar qadimgi tosh davridan buyon shimoliy-sharqiy Afrika-
da yashaganlar.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling