Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etnografiya ma’lumotlari.
Antik mualliflar asarlari. Antik mualliflar asarlaridan Gero-
dot tarixi (mil.avv. V asr), sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutub- xona» asari, «Strabon geografiyasi» (mil.avv. II-I asr) Plutarxning «Osiris» va «Isida» traktati qadimgi Misrning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar beradi. Rimlik tarixchi Tatsit (miloddan avvalgi I asr oxiri II asr boshlari), Misr fir’avni Tutmos III yurishlari, qadimgi Fiva xarobalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar to‘playdi. Yana bir rimlik tarixchi Ammian Marsellin (IV asr) qadimiy Misr madaniyatini muhim o‘rnini ta’kidlaydi. Etnografiya ma’lumotlari. Misrliklar boshqa ko‘pgina qa- dimgi Sharq xalqlari singari bir qancha qabilalarning asta-sekin aralashib ketishi natijasida tashkil topgan. Qadimgi Misr xalqi- ni tashkil qilgan bu qabilalar Shimoliy va Sharqiy Afrikaning mahalliy qabilalaridir. Misrdagi arxaik davrga mansub bo‘lgan kishilarning o‘ziga xos haykalchalari, Misr hududidagi arxaik qabrlardan topilgan bosh suyaklarini o‘lchab ko‘rish natijalari, shuningdek, qadimgi Misrliklarga somali va boshqa qabilalar- ning tipiga bir muncha o‘xshab ketishi eng qadimgi misrliklar- ning tropik Sharqiy Afrikadagi qabilalar bilan qarindoshligini ko‘rsatadi. Qadimgi Misr tasvirlariga ko‘ra, Sharqiy Afrikada (Punt mamlakatida) yashagan qadimgi qabilalar o‘zlarining tashqi qiyofalari bilan misrliklarga juda ham o‘xshab ketadilar. Qadimgi Misrdagi samoviy sigir shoxli ayol qiyofasida tasvir- langan hosildorlik ma’budasining tasviri hamda sersoqol, paka- na xudo Bes tasviri Misrning Afrika xalqlarining diniy e’tiqodlari bilan yaqin bog‘langanidan dalolat beradi. Qadimgi podsholik davriga oid yozuvda Nubiyadan maxsus «xudo raqsi» ni bajaruv- chi pakana odamning Misrga keltirilganligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari, qadimgi Misr Shimoliy Afri kaning liviya qabilalari bilan ham juda yaqin bo‘lgan. Qadimgi Misr tili o‘zining ba’zi xususiyatlari bilan Shimoliy Afrikadagi berber tillariga ham o‘xshab ketadi. Misrda va Nil vodiysini o‘rab ol- gan baland tog‘liklarda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalarning ko‘rsatishicha, o‘ziga xos Misr madaniyatini vujudga keltirgan qabilalar qadimgi tosh davridan buyon shimoliy-sharqiy Afrika- da yashaganlar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling