Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Mamlakat va aholi. Qadimgi Misr deb Nil daryosining 
birinchi ostonasidan boshlab, keng Nil deltasini hosil qilgan 
tor Nil vodiysiga (kengligi 1 km dan 20 km gacha) aytiladi. Tor 
Nil vodiysi Yuqori Misr, deltaning quyi qismidagi viloyat Quyi 
Misr deb atalgan («Yegipet» nomi yunoncha, Misr poytaxti Mem-
fis misrcha «Xekau-Ptax» yoki «xikupta» – «xudo Ptaxning ruhi 
qal’asi» ma’nosini bildiradigan so‘zdan kelib chiqqan). Qadim-
da misrliklar o‘z mamlakatlarini Nil vodiysining haydalgan qora 
tuproqli yeriga qarab, Kemet – «qora yer» deb ataganlar.
 Misr 
Afrika qit’asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Su-
vaysh bo‘yni orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bi-
lan bog‘langan. Misr Nil daryosi orqali Tropik Afrika va O‘rtayer 
dengiziga tutashgan.
Gerodot «Misr – Nilning sovg‘asi» – deb ta’riflaydi. Chunki Nil 
daryosi hosildorlik manbai, aholining xo‘jalik faoliyatini asosi 
bo‘lib, Misr iqtisodiy hayotida yetakchi o‘rin tutgan. Nil daryo-
sida har yil 19-iyunda toshqin ko‘tarilgan. Bu toshqin sentabr 
o‘rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o‘z o‘zaniga tush-
gan. Ekilgan yer aprel-mayda hosil keltirgan. Nil daryosi Misr 
iqtisodiyotining asosi bo‘lgan dehqonchilikda muhim o‘rin tut-
gan. Mo‘l-ko‘l hosil sun’iy sug‘orish asosida olingan.


24
Misrliklar dehqonchilik ishlariga ko‘ra, yilni 3 mavsumga 
bo‘lganlar: 
1. «To‘la suv mavsumi» – Nil toshqini (iyul o‘rtalari).
2. «Ekin unish mavsumi» – ekishdan hosil yig‘ishgacha 
bo‘lgan qishloq xo‘jalik ishlarining to‘liq sikli (noyabr va may 
o‘rtalari).
3. «Quruq mavsum» – yerning dam olish vaqti va shafqatsiz 
jazirama (may o‘rtalaridan iyul o‘rtalarigacha) davri. Suv ombor-
lari qurilib, Nil vodiysi to‘g‘on, kanallar bilan to‘g‘ri burchakli 
havza (basseyn)larga bo‘lingan.
Ekinlar. Arpa, bug‘doy, kunjut, kanop, emmer (polba), xur-
mo, kokos palmalari, akatsiya (qurilish materiallari uchun), 
uzum va mevali daraxtlar o‘sgan. Asosiy ovqat hisoblangan 
baliq ko‘p bo‘lgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling