Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Exnaton (Amenemxet IV)ning diniy-siyosiy islohoti
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
5. Exnaton (Amenemxet IV)ning diniy-siyosiy islohoti
(mil.avv. 1365–1348-yillar). Misr jamiyati mafkurasi, ta’lim sohasi kohinlar qo‘lida bo‘lgan. Kohinlar diniy marosim, diniy vazifalari bilan bir qatorda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madani- yat-san’at bilan shug‘ullanganlar. Ular savodli, oliy ma’lumotli bo‘lganlari uchun davlat hokimiyatida yuqori mamuriy-sudya- lik lavozimlarni egallaganlar. Kohinlar me’mor, haykaltarosh va rassom sifatida ulkan inshootlar qurilishida boshchilik qilgan- lar. Misr iqtisodiyotining asosi sug‘orma dehqonchilik ishlari kohinlarning yo‘l-yo‘riqlari asosida bajarilgan. Qaram yerlar va Misr aholisining talanishi natijasida hukmron tabaqa, ayniq- sa, ko‘p sonli yaxshi uyushgan kohinlar tabaqasi boyib ket- gan. Ibodatxonalar minglab gektar yerlar, chorva mollari, qul- lar va boshqa moddiy boyliklarga egalik qilganlar. XVIII sulola davrida fir’avnlarning homiysi Amon ibodatxonasi Misr bosh xudosi sifatida alohida ta’sirga ega bo‘lgan. Xudo Amon bay- rog‘i ostida Fiva hukmdorlari giksoslarni haydab chiqarganlar. Fivadagi Amon ibdoatxonasi nihoyatda katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan. Fir’avnlar tomonidan bu ibodatxonaga o‘n minglab qullar, yer, minglab bosh qoramol, oltin-kumushlar hadya qi- lingan. Karnak va Luksorda xudo Amon sharafiga hashamatli ibodatxonalar qad ko‘targan. Mamlakatda Amon ibodatxona- si kohinlarining mavqei kuchayib ketgan. Ular Misr iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsata boshlaganlar. Jumladan, Amon ibodatxonasining oliy kohinlari taxt vorisining nomzodini ko‘rsatishdek imtiyozli huquqni olganlar. Boy Amon ibodatxonasining oliy tabaqa kohinlarini kuchayib ketishi, dav- latning ichki va tashqi siyosatiga aralashuvi, ularning boyib ketishi, zodagonlarni chetga surib qo‘yish hukmron tabaqaning noroziligiga sabab bo‘lgan. Bu holat davlat hokimiyatida kat- 51 ta muammolarni tug‘dirgan. Natijada Amenxotep IV hukmron tabaqaga suyanib, Amon xudosi kohinlarining kuch-qudratini sindirishga jur’at qiladi. U diniy islohot o‘tkazadi. Amenxotep IV (mil.avv. 1365–1348) davrida Misr xudolaridan Aton – «Quyosh shu’lasi» xudosi birinchi o‘ringa qo‘yila boshlanadi. Fir’avn Amenxotep hukmronligining oltinchi yilida Aton Misrning yago- na va oliy xudosi deb e’lon qilinadi. U o‘zini Atonning yago- na o‘g‘li deb Amenxotep («Amon rozi») ismini Exnaton («Atonga yoqa digan») ismiga almashtiradi. Shu bilan birga, Exnaton Fiva kohinlari bilan uzil-kesil alo- qani uzib, Fivadan chiqib ketadi. O‘rta Misrda (hozirgi Tell Amarna) go‘zal saroy va ibodatxonalar bilan bezalgan yangi poytaxt Axetaton (Aton shahri)ga ko‘chib keladi. Uning barcha saroy amaldorlari va yangi Quyosh xudosining kohinlari bilan birga Axetaton shahriga joylashadilar. Aton butun dunyoni va Misrni yaratuvchisi hisoblanib, odat- dagidek, hayvon qiyofasida emas, balki Quyoshning yerga nur sochayotgan qo‘llari – shu’la sifatida ifodalangan. Aton Misr- ning hukm dori deb e’lon qilinadi, Aton o‘z o‘g‘li Exnaton bilan Misrni boshqaradi. Quyosh xudosini yagona va sevimli o‘g‘li sifatida faqat Exnaton Atonning bevosita o‘zidan vahiy olishi va fuqaro, kohinlarga amr-farmon qilishi mumkin edi. Yangi xudoga sig‘inishni istamagan zodagonlar qatl etilib, ularning jasadlari yoqiladi. Bu davr yozuvlarida mirzolar boshqa xudolarni eslash- dan qochdilar. Eskin yozuvlardan boshqa xudolarning nom- lari o‘chirib tashlandi. Yozuvlarda yerda va osmonda barcha xalqlar, mamlakatlar uchun bitta xudo, u suzadigan, uchadi- gan va o‘rmalaydigan har qanday mavjudotga hayot beradi. Bu xudoning yagona tanlagani fir’avn Exnaton deb uqtiriladi. Exnaton tomonidan o‘tkazilgan bu diniy islohot ko‘ngildagidek natija bermadi. Exnaton Fiva kohinlari va nomlaridagi quldor zodagonlarning qudratini vaqtincha zaiflashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Juda katta yer-suv, moddiy boylikka ega bo‘lgan ko- hinlar Exnatonning qat’iy chora–tadbirlariga qarshi chiqishga jur’at eta olmadilar va vaqtinchalik chekindilar. Ular payt poy- lab turadilar. Exnatondan keyin taxtga o‘tirgan fir’avnlar uning diniy siyosatini davom ettira olmaganlar. Islohotchi fir’avn va- fotidan so‘ng, eski e’tiqod kohinlari hujumga o‘tib, o‘z mavqela- rini tiklashga qat’iy kirishdilar. Fiva kohinlari Exnaton va u barpo qilgan shaharlarni la’natladilar. Shunday qilib, bu diniy 52 islohot qattiq qarshiliklarga uchragan. Exnatonning vafotidan keyin poytaxt Memfisga ko‘chirilgan. Exnatonning kuyovi fir’avn Tutanxaton (mil.avv. 1347–1338- yillar) Fiva kohinlariga yon berib, Amon e’tiqodini qaytadan tiklashga va hatto o‘z ismini ham shunga yarasha o‘zgartirib, Tutanxamon «Amonning tirik qiyofasi» deb atashga majbur bo‘lgan. Tutanxamon 9 yoshida taxtga o‘tiradi. Misrni amalda Atonning bosh kohini Eye va harbiy boshliq Xoremxeb boshqar- gan. Tutanxamon 20 yoshga yet may vafot qiladi (mil.avv. 1338- yil). Uning bevasi o‘z siyosiy mavqeini saqlab qolish uchun xett shahzodasiga turmushga chiqishga rozi bo‘ladi. Xett shahzoda- si Misrga keladi, lekin Misr zodagonlari uni o‘ldiradilar. Tutan- xamonning bevasi kohin Eye bilan nikoh qurishga majbur bo‘la- di. Eye XVIII sulolaning so‘nggi fir’avni edi (mil.avv. 1338–1334- yillar). Mil.avv. 1334-yil harbiy boshliq Xoremxeb Eyeni taxtdan tushirib, o‘zi taxtga o‘tiradi. Uning vorisi XIX sulolaning (mil. avv. 1305–1197-yillar) birinchi fir’avni Ramzes I taxtni egallab, faol tashqi siyosat yuritdi. Falastin, Finikiya, Janubiy-marka- ziy Suriyani xettlardan tortib oldi. Ramzes II davrida (mil.avv. 1290–1224-yillar) xett davlati bilan uzoq davom etgan raqobat tugadi. Misr-Xett tinchlik shartnomasi tuzilib (mil.avv. 1280-yil) Falastin, Finikiya va Buruja hududlarida har ikki tomonning ta’sir doiralari belgilandi. Ramzes II 87 yil yashadi va Misrni 66 yil boshqardi. Mil.avv. XIII asr ning II yarmida Bolqon yarim oroli va Egey havzasidagi xalqlarning migratsiyasi yoki dengiz xalqlari hujumi boshlandi. Liviyaliklar va boshqa xalqlarning Misrga hujumi boshlandi (mil.avv. 1219-yillar atrofida). Misr zaiflashib, chet elliklarning bosqiniga qarshi o‘zida zo‘rg‘a kuch topdi. Misrda qo‘zg‘olonlar, isyonlar natijasida XIX sulola qula- di (mil.avv. 1192-yil). Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling