Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Ijtimoiy munosabatlar. Avvalgidek, Misr jamiyati uch 
qatlamga bo‘lingan edi: 
1. Hukmron tabaqa: quldorlar, ustaxona va uy egalari.
2. Mayda ishlab chiqaruvchilar: o‘z mehnati bilan kun kechi-
ruvchi hunarmand va jamoachi-dehqonlar.
3. O‘z mulkiga ega bo‘lmagan qaram odamlar va qullar. Yangi 
podsholik davrida ijtimoiy qatlamlar va ijtimoiy tizimda, ular ning 
ichida ko‘pgina o‘zgarishlar yuz bergan. Quldorlik munosabat-
lari mustahkamlangan. Yuz minglab asirlar qulga aylantirilgan. 
1-3 qulga ega bo‘lgan mayda quldorlar paydo bo‘lgan. Hukm-
ron tabaqa va uning tarkibida keskin o‘zgarishlar yuz bergan. 
Aslzoda bo‘lmagan, ma’muriyatda o‘rta va kichik lavozimlarni 
egallagan, fir’avnga qaram bo‘lgan kichik va o‘rta quldorlar pay-
do bo‘ldi. Ular fir’avn hokimiyatining asosiy tayanchi edilar.
Hukmron tabaqa ichida xizmatdagi zodagonlar, qo‘shinning 
qo‘mondon tarkibi, merosiy zodagonlar, xudo Amon ibodatx-
onasi boshchiligidagi oliy kohinlar alohida o‘rin egallaganlar. 
Nom zodagonlari va oliy kohinlar XVIII sulola davrida istilochilik 
urushlaridan ulkan boylik orttirdilar. Yillar davomida moddiy 
boyliklarni to‘plab olgan Fiva kohinlari davlat hokimiyatiga 
kuchli ta’sir o‘tkazib, fir’avnlarning siyosatiga faol aralashgan-
lar. Fiva kohinlari bilan nom zodagonlari va xizmatdagi zoda-
gonlar o‘rtasida kuchli qarama-qarshilik paydo bo‘lgan. Natija-
da bu kurash Exnatonning diniy islohotlari bilan tugagan. 
Misrdagi ijtimoiy vaziyat ziddiyatli edi. Istilochilik yurishlari 
natijasida mamlakatga moddiy boyliklar, urush o‘ljalari, ming-
lab qullar oqib kelgan. Harbiylar, zodagonlar, ibodatxonalar bu 
boyliklarning katta qismini o‘zlashtirganlar va yanada boyib 
ketganlar. Oddiy xalq esa kambag‘alligicha qolavergan.
4. Davlat boshqaruvi. Yangi podsholik davrida davlatni ido-
ra qi lishning murakkab apparati yuqori darajada mukammal 
shakllangan. O‘sha vaqtdan qolgan juda ko‘p hujjatlar marka-
ziy va mahalliy idora tizimi bilan tanishib chiqishimizga imkon 
beradi. Markazlashgan byurokratik idora tizimi borgan sari 
kuchayib boradi. Ota-bobosi fir’avn bo‘lgan Yaxmosning ittifoq-
chisi Al-Kaba nomarxlaridan tashqari, boshqa viloyatlarning 
ilgarigi mustaqil hokimlari o‘z mustaqilliklarini yo‘qotganlar 


49
va fir’avnga tamomila itoat qilishga maj bur qilinganlar. Mam-
lakat Shimoliy va Janubiy Misrni o‘z ichiga olgan ikkita kat-
ta ma’muriy okrugga bo‘lingan. Okrugga fir’avnning maxsus 
hokimi qo‘yilgan. Bu esa idora qilish ishini yanada ko‘proq 
markazlashtirishga imkon bergan. Nomlarni idora qilish pod-
sho amaldorlari qo‘liga topshirilgan. Har bir viloyatning boshi-
da maxsus amaldor turgan. Uning mirzasi va alohida devoni 
bo‘lgan. Shaharlarni fir’avn tayinlagan maxsus mansabdorlar 
boshqarganlar. 
Hujjatlarda sud ishining qanday tashkil qilinganligiga oid 
ba’zi bir ma’lumotlar saqlanib qolgan. O‘sha davrdayoq sud 
qonunlari to‘plami bo‘lgan. Shunday tasvirlar saqlanib qolgan-
ki, bu tasvirda biz sud mahkamasida bosh sudyaning o‘tirgani-
ni va uning oldida bir sandiq bo‘lib, uning ichida 40 ta qonun-
lar to‘plamining yozilgan matni borligini ko‘ramiz. Exnaton o‘zi-
ni «Qonun o‘rnatuvchi» deb atagan. U o‘z yozuvlarida qonunga 
doimo rioya qilinganligini bayon qiladi.
Bu davrda boshqaruv xodimlari soni o‘sib ketdi, boshqaruv 
bo‘g‘inlari ko‘paydi. Lavozimlar aniq darajalarga bo‘linadi. Tut-
mos III ning bosh vaziri Rexmirning yo‘riqnomasi davlat ap-
parati murakkab tuzilganini ko‘rsatadi. Bizgacha yetib kelgan 
ushbu hujjatga ko‘ra, XVIII sulola davrida davlat apparati bir 
necha bo‘g‘inlarga bo‘lingan. Bu yo‘riqnoma quyidagi so‘zlar-
dan boshlanadi: «Shahar boshlig‘i, janubiy shahar va qaror-
goh vaziri vazir devonida o‘sha to‘ra-vazir majlis qurganida, 
shu vazir devonida eshitib turgan chog‘ida qilishi lozim bo‘lgan 
hamma ishlar xususida farmoyish beradi va u vazir kursisi-
da o‘tiradi. Yerga bo‘yra solingan, tepasida taxtiravon, uning 
orqasida ham, oyoq ostida ham teri to‘shalgan, qo‘lida aso, 
oldida 40 kun uning kamida ikki tomonida janubning 10 ta 
kibori, ichki qasr boshlig‘i uning o‘ng tomonidan daromadlar 
boshlig‘i, chap tomonda vazirning mirzalari qo‘liga yaqin joyda 
turadigan…». Bu yo‘riqnomaga qaraganda, bu oliy mansabdagi 
amaldor butun mamlakatni idora qilish ishini o‘z qo‘liga olgan. 
Markaziy boshqaruv apparati bir necha bo‘g‘inlarga bo‘lingan. 
Xazina boshlig‘i, uy boshqaruvchisi (soliq yig‘uvchi, xiroj to‘lov-
chi), ekinlar mudiri, chorva boshlig‘i, qabulxona boshlig‘i, sud 
mudiri, harbiy palatalar boshlig‘i kabi vazifalariga ega bo‘lgan 
vazir qoshida 10 ta Yuqori Misr amaldorlari bo‘lgan. Keyingi 
bo‘g‘in hududiy-ma’muriy boshqaruv apparati bo‘lgan. Rexmir 
yo‘riqnomasiga ko‘ra, vazir to‘rtta ma’muriy hududlarni bosh-


50
qaradigan amaldorlarni tayinlagan. «U (vazir) Yuqori va Quyi 
Misr va Yuqori Misrning janubiy qismi (Fiva boshchiligidagi 
poytaxt okrugi). Nilning viloyati. Ular barcha yuz bergan vo-
qealar to‘grisida har to‘rt oyda hisobot berishlari kerak. Ular 
vazirlarga o‘zlarining boshqaruvlari yozuvlarini yetkazadilar» 
(O‘sha davrdagi hujjatdan parcha…).
Davlat xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan qo‘shinda yollanma 
askarlar soni ko‘paytirilgan. Shu maqsadda Liviya qabilalari-
dan ko‘plab askarlar olingan, qo‘mondonlik tarkibi va qo‘shin-
ning moddiy ta’minoti mustahkamlangan. Tashkiliy jihatdan 
qo‘shinlar shimoliy va janubiy qismlarga bo‘lingan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling