Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
MISR CHET ELLIKLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA. SO‘NGGI
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Misrda ajnabiy liviyaliklar hukmronligi.
MISR CHET ELLIKLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA. SO‘NGGI
PODSHOLIK DAVRIDA MISR 1. Misrda ajnabiy liviyaliklar hukmronligi. Misrliklar Efio piya va Osuriya tazyiqi ostida. 2. Sais sulolasi. Misr davlatining so‘nggi yuksalishi. 3.Sais davri madaniyati. 4. Iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar. 1. Misrda ajnabiy liviyaliklar hukmronligi. Yangi podsho- lik davri yagona davlatning yemirilishi bilan Misr 3-o‘tish davri (mil.avv. 1075–656-yillar)ga kirdi. Bu davrda Misr rasman yagona podsho hokimiyati bo‘lsa-da, siyosiy tarqoqlik o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Nomlar o‘rtasida kuchli ziddiyatlar mavjud edi. Bu davrda Misrda chet ellik: Liviya, Efiopiya va osur sulolalari hukmronlik qildilar. Davrning boshlarida Quyi va O‘rta Misrda markazi Tanis shahri bo‘lgan (mil.avv. 1075–945-yillar) XXI sulola hukmronlik qildi. Janubiy Misr Xerixorning vorislari Amon-Ra ibodatxonasi- ning oliy kohinlari boshqaruvi ostida edi. Bu vaqtda alohida nomlar kuchayib ketdi. XXI sulola va Amon-Ra ibodatxonasi oliy kohinlari nomlar ning merosiy nomarxlari separatizmiga qarshi tura olmadilar. Ichki kurashlar sababli parokandalikka yuz tut- gan mamlakat tez orada chet elliklarga qaram bo‘la boshladi. Misrda bu davrda liviyaliklarning ta’siri kuchayib ketdi. Liviyaliklar deltaning g‘arbida va Nil daryosining shimoliga tutashgan joylarda hamda g‘arbiy vohalarda qadimdan yashab kelganlar. Ular «mashasha» yoki «ma» deb atalganlar. Bu qa- bilalar mustaqil, lekin madaniy jihatdan Misrga qaraganda ancha orqada edilar. Yangi podsholik fir’avnlari davrida Misr gullab-yashnaydi va misrliklar ning liviyaliklar bilan aloqa- lari yanada kuchaydi. Shu davrdan boshlab liviyaliklar Misr madaniyati bilan tanishib, Misrga ko‘plab kelib o‘rnashganlar. Fir’avnlar liviyaliklarni yollanma askar sifatida xizmatga qabul qilib, ularga asosan deltadan chek yerlarni ajratib ber- ganlar. XX-XXI sulola vakillari davrida liviyaliklarning ko‘chib kelishi yanada jadallashgan. Liviya zodagonlaridan ba’zi bir- lari asta-sekinlik bilan oliy kohinlik lavozimlarini egallaydilar. Liviyalik yollanma askarlar boshliqlari ayrim hududlarni bosib olganlar. 55 Harbiy qo‘mondon va Gerakleopoldagi Xerilfe xudosining ibodat xonasi bosh kohini bo‘lgan bir liviyalik odam o‘zining yozma ma’lumotida ta’kidlashicha, bu odamning o‘zidan avval o‘tgan ota-bobolaridan 15 tasi shu yerda umr kechirib o‘tgan- ligi aytiladi. Bu yozuvga qaraganda, uning ajdodi liviyalik Byu- vava XXI sulola davrida Gerakleopolga ko‘chib kelgan. Uning avlod-ajdodlari liviyalik qo‘shinlar ning «ulug‘ boshliqlari» va Gerakliopol ibodatxonasining kohinlari lavozimini egallagan. Bu liviyalik aslzodalar urug‘idan biri podsho oilasi bilan qarin- dosh ham bo‘lib olgan. Ana shu liviyalikning avlodi bo‘lgan Bubastis nomining nomarxi Sheshonk podsholik taxtini egallab, XXII sulolaga asos solgan. Ko‘rini shidan u Fiva kohinlari bilan til topishgan va ularni qo‘llab-quvvatlashiga tayangan. Kelib chiqishi liviya- lik bo‘lgan yangi hukmdorlar davlat boshqaruvida Fiva kohin- lari bilan maslahatlashib ish ko‘rganlar. Yangi sulola podsho- lari eski podsho xonadoni bilan qarindosh bo‘lib, o‘z bolalarini Fivadagi ibodatxonaga bosh kohin qilib tayinladilar. Liviya sulolasiga asos solgan Sheshonk I (mil.avv. 945–924-yillar) serg‘ayrat hukmdor bo‘lgan. Liviyaliklarning harbiy kuchlariga va Fiva kohinlariga tayanib turib, Sheshonk I o‘zini XVIII-XIX sulola zamonidagi buyuk istilochi, fir’avnlar- ning ishini davom ettiruvchi sifatida ko‘rsatadi. U Karnakdagi ibodatxona yonida «Bubastislar hovlisi» (saroyi)ni bunyod qilib, katta minora ham quradi. Sheshonk I nomarxlar separatizmi- ni bir qadar to‘xtatishga erishib, mamlakatda vaziyatni biroz barqaror qiladi. U mil.avv. 930-yili Falastin ustiga yurish qilib, katta o‘ljalar bilan Misrga qaytgan. Misrning bu hududdagi av- valgi mavqei vaqtincha bo‘lsa-da qayta tiklangan. «Bubastislar hovlisi»dagi o‘ymakor tasvirlarda va zafarnomalarda Falastinda erishilgan g‘alaba tasvirlangan. Bu yerdagi osiyolik asirlardan 156 tasini arqonga bog‘lab borayotgan xudo Amonning katta- kon tasviri, ayniqsa, diqqatga sazovordir. 1938–1939-yillarda Tanisda o‘tkazilgan qazish vaqtida She- shonkning hali qo‘l tekkizilmagan maqbarasi topildi. Bu maq- baradan fir’avnning oltin, kumushdan qo‘shib ishlangan sar- kofagi (tobuti) va unda mo‘miyolangan fir’avnning yaxshi saqlangan jasadi topilgan edi. Sheshonk I dan keyingi hukmdorlar uning davlat ishla rini munosib tarzda davom ettira olmaganlar va bunga qulay im- koniyat ham bo‘lmagan. Buning sababi, bu davrda xalqaro 56 vaziyat o‘zgarib, Old Osiyoda Osuriya davlati kuchayib ketdi. XXII sulola fir’avnlari Nil va delta vodiysidan chetga chiqmay, shu yerning o‘zi bilan cheklanishga majbur bo‘lganlar. Sharqda kuchayib ketgan Osuriya Misr ta’siri ostida bo‘lgan hududlarni istilo qila boshladi. Falastin, Finikiya va Suriya osu- riyaliklar ta’siri ostiga tushib qolishi yaqqol ko‘rindi. Suriya, Fini- kiya va Falastin shahar-davlatlari podsholari birlashib, Osu- riya podshosi Salamansarga qarshi bosh ko‘tardilar. Qarqara yonida (Suriyadagi Oront daryosi bo‘yida) mil.avv. 853-yilda birlashgan ittifoqchilar va Osuriya qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan. Fir’avn Osorkon II ittifoqchilarga yordamga ozgina qo‘shin yubordi xolos. Afsuski, jangda ittifoqchilar yengiladi. Bu urushdan keyin tabiiyki Misrning obro‘si tushib ketdi. Mam- lakatda ichki kelishmovchiliklarning keskinlashuvi mamlakat- ni bir necha kichik davlatlarga ajralib ketishiga olib kelgan. XXII sulola bilan birga, XXIII sulola vakillari ham mamlakat- ni boshqara boshladilar. XXIII sulola vakillari rasman o‘zlarini butun Misr fir’avni deb e’lon qilganlar. Misr bir-biriga dushman bo‘lgan, lekin kuchsiz nomlarga bo‘lindi. Misrning bunday zaif holga tushishi va mayda nomlarga bo‘linib ketishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘sha zamondagi esda- lik – «Podsho Petubastis siklidagi qissalar» yozma manbasida saqlanib qolgan. Yunon tarixchilari bu davrni «Dodekarxiya», ya’ni 12 podsholik hukm surgan davr deb atadilar. Liviyaliklar sulolasidan bo‘lgan podsho larga butun mamlakat hududi bo‘ysunmaganligini sulola podsholari ham o‘zlarining rasmiy yozuvlarida yozib o‘tishga majbur bo‘lganlar. Liviya sulolasi fir’avnlari Yuqori va Quyi Misrdagi liviyalik boshliqlar va oliy kohinlarni birlashtirishni o‘zlarining doimiy siyosiy vazifalari deb bilganlar. Biroq ular bu muddaolariga to‘liq erisha olma- ganlar. Bir vaqtning o‘zida ikki sulola vakillari mamlakatni boshqargan. XXIV sulola vakillari va Petubastis davrida ham Misr o‘z qaddini rostlay olmadi. Misrning ichki tushkunliklar tufayli xo‘jalik hayoti izdan chiqib, savdo, iqtisodiy va siyosiy vaziyat yomonlashadi. Mil.avv. VIII asrda hukmronlik qilgan XXIV sulola vakillari, xusu san, Bokxoris davrida (721–715-yillar) davlatni inqirozdan qutqa rish uchun ayrim ijtimoiy islohotlar amalga oshirilgan. Bokxoris qarzdorlarni qulga aylantirishga qarshi farmon chiqar- gan. Lekin bu islohotlar mamlakatni inqirozdan chiqara olma- 57 gan. Misrning zaifl ashuvi chet ellik bosqinchilarning hujumini yanada tezlashtirgan. Nil daryosining birinchi ostonasidan janub tomondagi o‘lka- larda azaldan nubiyaliklar yashab kelganlar. Misr fir’avnlari Qadimgi podsholik davridan Nubiyada o‘lja, qullarni bosib olish va uning yerlarini egallash uchun muntazam bosqinchilik yurishlari olib borganlar. Misr fir’avnlari Nubiyaga muntazam hujumlar qilib, bu mamlakatni xarob qilib kelar edilar. XVIII sulola vakillari zamonida Misr askarlari Nubiyaning to‘rtinchi ostonasigacha bo‘lgan hududlarni istilo qilib, u yerda mustah- kam o‘rnashib olish uchun qal’alar va ibodat xonalar qurdilar. Misrning bir necha yuz yillar davomida Nubiyani o‘z ta’siri ostiga olishi, har ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni muntazam yo‘lga qo‘yilishiga olib keldi. Natijada Nu- biyaning zodagonlari Misr madaniyatini qabul qildilar. Kohinlarning XXI-XXII sulolalari hukmronligi davrida Misr- ning zaiflashganidan foydalangan Nubiya qabilalari o‘z mus- taqilliklarini tiklashga harakat qildilar. Nubiyada mil.avv. VIII asrda markazi Napate bo‘lgan mustaqil davlat tashkil topdi. Nubiya hokimlari Misr madaniyatini qabul qilib, o‘zlarining hokimiyatlarini Misr fir’avnlari kabi tashkil qilishga harakat qildilar va o‘z yozuvlarini misr tilida tuzadilar. Nubiya hokimlari Jabal-Barkal qoyalari yonidagi o‘z poytaxtlari Napateda Misr- ning oliy xudosiga sig‘inganlar. Ular bu xudoni o‘zlarining boy xazinalari manbai bo‘lgan oltin konlari sharafiga «Oltin xudo» deb ataganlar. Bu oltin konlari bir vaqtlar Fiva ibodatxonasiga qarashli bo‘lgan. Liviyaliklar hukmronligi ostida kuchsizlanib, parchalanib borayotgan Misrda hokimiyatni qo‘lga olish uchun nubiyaliklar Fiva kohinlari bilan aloqani tiklaydilar. Napate hokimi Pianxi (mil.avv. 729–728-yillar) tashqi siyosat sohasida otasi olib borgan ishni davom ettirib, zo‘r g‘ayrat bilan Misrni istilo qilishga kirishadi. U Yuqori Misrning ancha qismini va jumladan, Fivani bosib oldi. Mahalliy nufuzli kohinlar bosqin- chilarni to‘la qo‘llab-quvvatladilar. Chunki kohinlar efioplar- ning yordami bilan o‘zlarining oldingi hukmron mavqelarini tikla moqchi edilar. Pianxi bu istiloni o‘zining batafsil yozuvida aks ettirgan. Napatedan topilgan bu yozuv hozirda Qohira muze- yida saqlanadi. Bu qimmatli tarixiy ma’lumotga qaraganda, Sais hokimi Tefnaxt Pianxini asosiy raqibi bo‘lgan. Tefnaxt del- ta bilan Yuqori Misrning anchagina hududlarini o‘z atrofiga bir- 58 lashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Pianxi esa o‘zini Misr fir’avnlari- ning qonuniy merosxo‘ri «O‘zim podshoman, xudo Atumning jonli siy mosi, marhamatli xudoman» deb ulug‘laydi. Tefnaxt esa «G‘arbning boshlig‘i» va o‘rta delta o‘lkalaridan birining hokimi hisoblangan. Pianxi yozuvida o‘zini ko‘p sonli qo‘shinga boshchilik qilib, janub tomonga qarab kelayotgan Tefnaxtdan Misrni ozod qiluv- chi deb ko‘rsatadi. Tefnaxt va Pianxi o‘rtasida bir necha janglar bo‘lib, so‘nggi jang Pianxi g‘alabasi bilan tugaydi. Pianxi o‘zini Misr fir’avni deb e’lon qiladi. Shunday qilib, mil.avv. 715-yilda Misr Kush tomonidan to‘la bosib olinadi. 715-yildan 664-yil- gacha Misr Kush fir’avnlari tomonidan boshqarilgan. Efiopiya sulolasi poytaxt qilib Memfis shahrini tanlaydi. Pianxi o‘limidan so‘ng uning o‘g‘li Shabaka Misr taxtiga chiqib, 15 yil hukm- ronlik qildi. Manefon asarida saqlanib qolgan rivoyatga ko‘ra, u Quyi Misr fir’avni Bokxorisni asirga olib, uni tiriklayin o‘tda kuydiradi. Shundan so‘ng Misr nisbatan tinchlikka ega bo‘ladi. Shabaka davrida qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo biroz jonlandi. Efiopiya sulolasi davrida Misrda ichki ahvol biroz yaxshilandi. Taxarka foydali ish qilganini ta’kidlab, bu mamlakat «Butun borliq hukmdori» zamonida hamma narsa mo‘l-ko‘l bo‘lganligi kabi, mening vaqtimda ham farovon hayot bo‘ladi deb g‘urur bilan aytgan. Ammo tobora qudrati oshib borayotgan Osu riya Misrga qo‘shni hududlarni bo‘ysundirib, Misr chegaralariga yaqin kelib qolgan edi. Pianxining taxt vorislaridan biri Taxar- ka Misrni Osuriyadan himoya qilishga majbur bo‘lgan. Biroq Taxar ka osuriyaliklarning Misrga bostirib kelishini to‘xtata ol- magan. Asarxaddon Arabiston ustidan o‘z hokimiyatini mus- tahkamlagandan so‘ng, Misrni bosib olgan va Taxarka to‘plagan Misr-efiop qo‘shinlariga bir necha marta zarba beradi (mil.avv. 671-yilda) va Misrni istilo qiladi. Taxarka esa qochib ketish- ga majbur bo‘lgan. Asarxaddon o‘z yozuvlarida ulug‘ Misr pod- sholigining eng qadimgi poytaxti Memfis shahrini yarim kun ichida bosib olib, uni xarobazorga aylantirib, Misrdan efiopiya- liklarning ildizini sug‘urib tashlaganini ta’riflagan. Misrni to‘la bo‘ysundirish uchun osuriyaliklar bir qancha qiyinchilikka duch kelganlar. Mil.avv. 663-yilda osurlar bilan Taxarkaning vorisi Tanutamon qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ladi. Bu jangda efiopiyaliklar yengilgan va XXIV efiop sulolasi tugatilgan. Os- 59 uriyaliklar Misrda o‘z hukmronliklarini mustahkamlash uchun mamlakatni 20 nomga bo‘lib boshqaradilar. Efiop sulolasi osur- larga qarshi kurashni davom ettiradi. Har bir nom Osuriyaning Misrdagi noibiga so‘zsiz itoat qiladi. Bosqinchilar mamlakatni birlashuviga yo‘l qo‘ymaslik siyosatini yuritadilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling