Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Sais davri madaniyati. Bu davrda misrliklar bir qancha
qo‘shni xalqlar bilan aloqa qilib, madaniy jihatdan ularga an- cha ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida, ulardan ham ko‘p yutuq- larni o‘rganadilar. Misr bilan Egey dunyosi, Old Osiyo va Nu- biya o‘rtasida o‘zaro madaniy aloqa va ta’sir tobora kuchayib boradi. Bu davrda Misrning siyosiy ta’siri kamayib, o‘zining chet ellardagi yerlaridan mahrum bo‘ladi. Misr boshqa mam- lakatning ta’siriga uchrab, istilo qilingan so‘nggi davrda ham uning qo‘shnilar bilan madaniy aloqalari saqlanib qolgan edi. Liviyalik, osuriyalik va efiopiyalik istilochilar Misrning yuksak qadimgi madaniyatini bir qadar ta’siriga tushmasligi mumkin emas edi. Madaniy jihatdan qoloq bo‘lgan liviyaliklar va efiopiya- liklar Misrni istilo qilganlaridan so‘ng, bir vaqtlar giksoslar singari Misr madaniyati ta’siriga tushib qoldilar. Misrni istilo qilib, u yerda o‘z sulolalarini barpo etgan liviya- lik va efiopiyalik podsholar Misr fir’avnlari unvonlarini qabul qildilar. Ular Misr xudolariga sig‘indilar. Misr yozuvlari namu- nasida o‘z yoz uvlarini yaratdilar. Ular o‘zlaridan oldin o‘tgan Misr fir’avnlarining rasm-rusmlariga taqlid qildilar. Chunon- chi, Taxarka o‘zini «Gorgon – ikki tojining egasi» deb e’lon qiladi. Nubiya oldin ham Misrning madaniy ta’siri ostida edi. Efiopi- yaliklar Misrni bosib olgan vaqtda esa, bu ta’sir yanada kucha- yadi. Misr ibodatxonalarining Nubiya hududlarida saqlanib qolgan ko‘pgina xarobalari Misr madaniyati Nubiyaga naqadar kuchli ta’sir qilganligidan dalolat beradi. So‘nggi meroit alifbosi ham Misrning «demotik» yozuvi asosida vujudga kelgan. Misr madaniyati Old Osiyo o‘lkalari asosan Falastin, Fini- kiya va Suriyaga, hattoki Kipr oroligacha yetib borgan. Finikiya va Falastin hududlaridan misrliklar san’atidan dalolat beradi- gan ko‘pgina madaniy yodgorliklar topilgan. Finikiyada Misr xudolarining, xususan, Tot, Ptax, Xatxor, Gor va asosan Osiris kabi xudolarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Aytishlaricha, xudo Osirisning jasadi solingan tobutni yoki uning boshini dengiz 63 to‘lqinlari Bobil shahri devoriga olib kelib qo‘ygan emish. Qa- dimgi yahudiylarning «Tavrot»ida to‘plangan dunyoviy va diniy manbalarda qadimgi Misrning ta’siri g‘oyat kuchlidir. Aton sha’niga aytilgan bir madhiya Dovud surasidagi oyatlardan biriga o‘xshaydi. Misrliklarning lirikasi Tavrotdagi «Qo‘shiqlar qo‘shig‘i» ga yaqin keladi. Misrliklarning «nasihatnoma va karo- matlari» Tavrot adabiyotidagi va boshqa unga o‘xshash asarlar- da aks etgan. Misrning qadimgi madaniyati. Mil.avv. V asrdan yunonlar Misr ning va sharqning bir necha minglik ilm-fan va madaniy yutuqlarini o‘zlashtirib oldilar. Mil.avv. VIII asrdan boshlab o‘zla- rining ilk davlat va jamiyatlarini qurishni boshlagan yunonlarga juda kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Yunonlar Misr kohinlarining qa- dimgi donishmandligiga, Misrdagi hashamatli, ulug‘vor ibodat- xonalari tilsimlariga va zeb-ziy natlariga maftun bo‘lgan edilar. Yunon dostonlaridan biri «Iliada»da Misrdagi Fiva shahrining 100 ta eshigi bo‘lib, har bir eshikdan ot mingan va jang aravasi haydagan 20 ta botir yonma-yon bir qator tizilib, bemalol chiqib ketishi mumkinligi aytiladi. Yunon xudosi Apollonning oldin- gi haykallari gavda sining old tomoni va shu davrdagi boshqa haykallarga xos bo‘lgan belgi – kulib turish Misr haykallariga, xususan, Sais davri haykallariga juda mosdir. Yunonlarning Misrga kelishiga keng yo‘l ochgan Sais fir’avnlari yunon madani- yatiga ham Misr darvozalarini ochib berdilar. Yunon rassomlari, hunarmandlari o‘zlari ishlagan buyumlari, san’at asarlari bilan Misrni to‘ldirib yubordilar. Yunon va Misr san’atining o‘zaro ta’siri jarayoni kuchayadi. Misrga qo‘shiqchi va shoirlar – Orfey, Musey, Gomer, Dedal, Li- kurg va Solonlarning sayohat qilgani to‘g‘risida afsonalar mav- jud. Yunonlar ning vaza san’atida Afrika, Misr motivlari: lotos, raqsga tushayotgan negrlar, Misr ma’bud va ma’budalari keng tasvirlangan. Gerodot Misr tarixini o‘z sayohatidan olgan taas- surotlari, odamlardan eshitgan hikoya, qissa, ertaklar asosi- da yoritishga urinadi.Yunonlarning Misrdagi yagona koloniyasi Navkratisda yunon hunarmandchiligi yaxshi rivojlanadi. San’atdagi badiiy realizm mil.avv. VI asrda o‘zining yuqori cho‘q qisiga yetadi. Misrning shu zamonga xos o‘ymakor rasm- larida rassom odam gavdasining yon tomonini tasvirlab, yuza qismiga odamlar va buyumlarni erkin joylashtiradi. Bu davrda Misrda portret haykaltaroshligi badiiy jihatdan yuksak rivoj- 64 lanadi. Imxotep haykalining bosh qismi va kohin haykalining yashil shiferdan yasalgan bosh qismi portret haykaltaroshli gi- ning eng nodir namunalaridan hisoblanadi. Shu davrda Misrda boshqa diniy e’tiqodlarning kirib kelishi ham keng quloch yoyadi. Masalan, Misrga Xanaandan olovga qurbonlik – kuydirish odati kirib keladi. Finikiyalik va yahudiy kolonistlar Misrda o‘z xudolariga atab ibodatxonalar qurdiradi- lar. Bularning barchasi ba’zi bir jihatdan misrliklarning diniy e’tiqodlari o‘zgarishiga olib keladi. Misrda liviyaliklar hukmron- lik qilgan davrdan boshlab liviyaliklarning qadimgi ma’budasi Neytga sig‘inish kuchayib, liviyalik podsholar va ularning voris- lari Saisda o‘rnashib qolgan XXVI sulola fir’avnlari bu ma’buda- ga kuchli e’tibor berdilar. Soqolli, pakana xudo Besga sig‘inish Misrda so‘nggi vaqtlarda keng yoyilib, to xristianlik davrigacha saqlanib qoldi. Misr bilan qo‘shni davlatlar o‘rtasida o‘zaro madaniy aloqa- lar chuqurlashib bordi. Misrning an’anaviylikka asoslangan madaniyatida boshqa madaniyatlarning ta’siri sezila boshlan- di. Bu davrda Misrning qadimgi dini va an’analarini unutilib yuborilishiga qarshi kuchli harakat seziladi. Sais sulolasi davrida chet elliklar ta’siriga qarshi kurash boshlanadi. Misr- ning ilk gullab-yashnagan davridagi qadimgi davlat ko‘rinish- larini shu davrdagi til, yozuv, san’at va dinni tiklash, xullas, hamma sohada Misrni an’anaviylikda qayta tiklash boshlanib ketadi. Misr kohinlari din va turmush sohasida chet elliklar- ning ta’siriga qarshi bir qancha taqiqlar kiritish yo‘li bilan Misr xalqini va birinchi navbatda, o‘zlarini chet elliklar ta’siridan himoya qilishga urindilar. Gerodotning yozishicha: «Misr ning na erkagi, na xotini hech qachon yunon bilan labini-labi ga qo‘yib o‘pishmas, yunon odamining pichog‘i, qoshig‘i, qozoni- ni tutmas, hattoki yunon odamining pichog‘i bilan chopib so‘yilgan halol mol go‘shtini ham yemas edi». Urf-odatlar- ning ado etilishidagi qat’iy talablar, ba’zi bir ovqatlarni yeyish- ni man qilinishi misrliklarni chet elliklardan uzoqlashtiradi. Ko‘pdan-ko‘p unutilgan urf-odatlarni tiklash, ularni davom ettirish, to‘la-to‘kis urf-odatlarga rioya qilish o‘sha davr yozuv va adabiy yodgorliklarida, san’at asarlari va diniy rasm-rusumlarda ochiq sezilib turadi. Alifbo yozuvi belgilari- ning keng tarqalishiga va ish hujjatlarini yozishga qulay bo‘lgan yozuvning, ya’ni demotikaning sodda bo‘lishiga qaramasdan, 65 murakkab va qadimgi iyeroglif yozuv tizimi saqlanib qoladi va hatto bir muncha murakkablashadi. Diniy matnlarda Qadim- gi podsholik davridagi piramidalardan olingan matn parcha- lari uchraydi. Qadimgi misrliklarning xudolari bo‘lgan Isida va Osirisga sig‘inish keng tarqala boshlaydi. Yaxmos II zamonida yashagan va bir qancha yuqori mansablarni egallagan Pefnefdineyt nomli bir mansabdor yigit o‘zini Abidosda Osiris ibodatxonasini tiklash va kengaytirishda ko‘rsatgan xizmatini batafsil yozib qoldirgan: «Xarob bo‘lib ket- gan muqaddas yozuvlar uyi ni yana qaytadan tikladim va Osiris sharafiga qilinadigan nazr-niyozlar ro‘yxatini, hamma yozuvlar- ni tartibga soldim», – deb g‘urur bilan so‘zlaydi. Ammo Misrda turli hayvonlarga sig‘inish, jumladan, Bubastisda izzat qilin- gan ma’buda Bastetga bag‘ishlangan, muqaddas ho‘kiz (Apis) lar bilan muqaddas mushuklarga sig‘inish so‘nggi vaqtlarda keng tarqaladi. Muqaddas hayvonlarning katta qabrlari va hay- vonlarning hozirda misrshunoslik muzeylarida saqlanadigan ko‘pdan-ko‘p haykalchalari va tasvirlari bundan dalolat beradi. Bu davrda afsun-sehrgarlik ham keng yoyilgan. San’at va adabiyotda uzoq o‘tmishni qayta tiklash, eski zamonda- gi an’analarga, turmush-tarziga taqlid qilish harakati bosh- lanadi. Tasviriy san’at sohasida Qadimgi podsholik zamoni- dagi badiiy asarlarga taqlid qi lish, ba’zan esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulardan nusxa olishga intiladilar. Bularning barchasi qadimgi madaniyatni sun’iy ravishda tiriltirish bilan mazkur davrdagi madaniy-iqtisodiy shakllar o‘rtasida katta ziddiyatlar tug‘ilishi- ga sabab bo‘ladi. Mil.avv. 525-yilda Misrni Eron davlati bosib oldi. Biroq Misr madaniyati yo‘q bo‘lib ketmadi. Bu madaniyat qo‘shni xalqlarning, ayniqsa, yunonlarning madaniy taraqqi- yotiga juda kuchli ta’sir qildi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling