Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

6. Ilmiy bilimlar. Misr madaniyatida fan yetakchi o‘rin tu-
tadi. U asosan matematika, astronomiya, tibbiyot yo‘nalishlari-
da rivojlandi. Misr kalendari osmon jismlari va Nil daryosining 
mavsumiy o‘zgarishi asosida tuzilib, yil uch mavsum, har mav-


78
sum to‘rt oyga bo‘lingan. Har oy uch o‘n kunlik dekadani tash-
kil etgan. Yilda 36 dekada bo‘lgan. Oxirgi oyga 5 kun qo‘shilib, 
kalendar va astronomik yil (365 kun) tenglashtirilgan. Sutka 
24 soatga bo‘linib, yozda kunduz soatlari uzoq, qishda qisqa 
bo‘lgan. Misrliklar yulduzlarning aniq kattaligini o‘lchaganlar. 
Suv va quyosh soatlarini kashf qilganlar. Misr liklar kvadrat, 
doira, uchburchak maydonlarini hajmini o‘lchash metodla-
rini ishlab chiqdilar. Yer maydoni qurilishlarda binolar ba-
landligi ushbu metodlar bilan aniqlangan. Ular o‘nlik tizimda 
hi soblashni kashf qildilar. Uzunlik o‘lchovi sifatida podsho tir-
sagi – 52 sm, qisqa tirsak 45 sm ga teng bo‘lgan. Ular qo‘shish, 
ayirish, bo‘lish va ko‘paytirishni bilganlar. Misrliklarning bu 
yutuqlarini yunon-rim madaniyati o‘zlashtirdi. Misrliklar qu-
yosh, suv va qum soatlarini kashf etdilar. Misrliklar o‘nlik sa-
noq tizimini kashf qildilar. 
Misr jarrohlari butun Old Osiyoga mashhur bo‘lganlar. Biz-
gacha 10 tibbiyot papirusi yetib kelgan. Tabiblar 100 ga yaqin 
kasalliklarni davolash usullarini bilganlar. Qon aylanishi va 
yurak faoliyati to‘g‘risida bilimga ega bo‘lganlar. Misrliklar ilk 
bor yog‘ochdan tish protezini qo‘yganlar, bosh miyani trepa-
natsiyasini amalga oshirganlar. Shifokorlar tayyorlaydigan 
maxsus tibbiyot maktablari tashkil etilgan. Qadimgi Misrning 
tibbiyot retseptlari, magiya mantlaridan o‘rta asrlarda arablar 
va Yevropa tibbiyoti foydalangan. Mo‘miyolash san’ati yuksak 
darajada rivojlanishi tabibning odam anatomiyasini sinchiklab 
o‘rganishlari uchun muhim omil bo‘ldi. 
Misr kohinlari osmon jismlarini kuzatib, yulduzlarning ilk 
xaritasini tuzdilar. Misrliklar qadimgi so‘z ensiklopediyalarini 
tuzganlar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling