Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 Dafn marosimlari. Misr madaniyatida o‘lim bilan hayot do-
imo bir-biriga qarama-qarshi turgan. Ajalsiz ruh Misr dinida 
alohida o‘rin egallagan. Mana shu ajalsizlikka intilish ko‘mish 
marosimlarining shakllanishiga olib kelgan. Diniy marosim-
larda har bir odam alohida xususiyatga ega bo‘lgan. Masalan, 
sax – inson jismi, shunt – uning soyasi, rek – uning ismi, ax – 
uning arvohi hisoblangan. Bu yerda eng muhim rolni Ra – in-
sonning joni, ya’ni ajalsizlikning negizi o‘ynagan. Misr diniga 
ko‘ra, Ra o‘z jismiga birikishi va qayta dunyoga kelishi kerak 
bo‘lgan. Chunki odam o‘lganda faqat uning jismi o‘ladi, ammo 
ruhi abadiy yashash uchun narigi dunyo – o‘liklar saltanati-
ga mangu yashash uchun ketadi. Qadimgi misrliklarning ana 


71
shunday diniy tasavvurlari asosida odamning jasadini abadiy 
saqlash fikri tug‘iladi va mo‘miyolash jarayoni vujudga keladi. 
Shuning dek, ularning tanasiga hech qanday shikastlar yetmas-
ligi uchun yoki boshqa shovqinlardan xalos bo‘lish uchun pira-
midalar qurish fikri tug‘iladi. O‘lik 70 kun ichida mo‘miyolanib, 
keyin esa ko‘milgan. Uning yuragi, jigari, talog‘i maxsus idish 
(kanopa)da saqlangan. Qadimgi misrliklar tasavvuriga ko‘ra, 
marhumning ruhi 70 kundan so‘ng narigi dunyoga mangu
yashash uchun jo‘natilgan. O‘liklar saltanatiga borgan odamlar-
ni ikkinchi o‘lim kutgan. U dunyoda marhum Osiris va Anubis 
xudolari o‘tkazadigan sudda odam o‘ldirmagani, o‘g‘rilik qilma-
gani, yolg‘on gapirmagani to‘g‘risida qasam ichishi lozim edi. 
Bu esa, asosan «O‘liklar kitobi», «Darvozalar kitobi», «Yerosti 
g‘orlari kitobi» kabi diniy kitoblarda aytilgan. Yangi podsholik 
davridan sag‘analarga «O‘liklar kitobi»ning mazmunini o‘zida 
aks ettirgan papirus yozuvlari qo‘yilgan. 
Qadimgi misrliklarning dini Nil vodiysi tabiiy shart-sharoit-
larining o‘ziga xos xususiyatlarini, qadimgi Misr jamiyatining 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining alohida tomonla-
rini xayoliy aks etishi edi. Misrliklar oy, quyosh, Nil vodiysi va 
uning atrofidagi sahro, yirtqich hayvonlar va tabiatning har 
xil kuchlarini ilohiylashtirdilar. Ular sun’iy sug‘orish tizimi-
ni tashkil qila digan, insonlar ustidan amr qiluvchi fir’avnga 
e’tiqod qildilar.
Misrliklar mingga yaqin turli xil xudolarga sig‘inganlar. 
Xudolar mahalliy va umummisr miqyosida e’tiqod qilingan 
ilohlarga bo‘lingan. Qaysi bir nom hukmdori – umummisr hukm-
dori fir’avnlik taxtiga o‘tirsa, shu nomning xudosi umummisr 
xudosiga aylangan. Misol uchun, nom markazi bo‘lgan Fiva 
Misr poytaxti bo‘lganda, hech kimga ma’lum bo‘lmagan Fiva 
xudosi Amon xudolar ichida bosh xudo deb tan olindi.
Misrda oliy xudo quyosh xudosi Ra yaratuvchi xudolar Ptax 
va Amonning ko‘pgina vazifalarini olish bilan Misrning bosh 
xudolari dan biriga aylangan. Amon-Ra dunyoning yaratuvchi-
si, podsho hokimiyati, Misr harbiy qudratining homiysi bo‘lgan. 
Osiris o‘layotgan va uyg‘onayotgan tabiatning aksi, u dunyoning 
hukmdori, podsho hokimiyati homiysi bo‘lgan. Uning rafiqasi 
Isida – ona xudo, onalik va er-xotinlik muhabbatining homiysi 
bo‘lgan. Ularning o‘g‘li ham osmon va yorug‘lik ifodasi, fir’avn 
homiysi bo‘lgan. Donolik va hisob xudosi – Tot; qudrat ramzi 


72
– ma’buda Soxmet, osmon xudosi Xat xor quvonch va sevgi xu-
dosi bo‘lgan. Sia – bilim xudosi, Maat – adolat xudosi bo‘lib, 
adolat, aql kabi mavhum tushunchalarni ifo dalagan.
Misr Nubiya, Falastin va Suriya bilan yaqin aloqada bo‘lgani 
sababli, chet el xudolari Anat, Astarta, ma’bud Reshefa (Semit), 
Dedun (Kush xudosi) Misr xudolari panteoniga qabul qilin-
gan. Misr diniy tasavvurlarida fetishizm va totemizm qoldiqlari 
saqlanib qolgan. Misrliklar o‘z xudolarini hayvon, ilon, qurbaqa 
tarzida tasavvur qi lishlari shu sababli edi. Xudo Apis kuchli 
ho‘kiz qiyofasida, ma’buda Soxmet – sher, Tot – pavian, suv 
girdobi xudosi Sebek – timsoh, Yuqori-Quyi Misr birligi timsoli 
bo‘lgan ma’buda Uadjet – ilon-kobra ko‘rinishida tasvirlangan.
Xudolarning ko‘pligi, ularning vazifalarini bir-biriga bog‘la-
nib ketishi kohinlarning xudolar panteonini tartibga solish, 
ular o‘rtasida aniq munosabatlarni o‘rnatish vazifasini qo‘yadi. 
Geliopol kohinlari ma’lum darajada xudolar o‘rtasidagi muno-
sabatlar va ularning dunyoni yaratishdagi rolini ko‘rsatadigan 
tizimni ishlab chiqdilar. Shunga ko‘ra, dastlab ibtidoiy suv xu-
dosi Nun yashadi. Undan xudo Atul (Ra) paydo bo‘ldi. Atul (Ra) 
o‘zidan suv xudosi Shu va uning xotini Tefnut – namlikni paydo 
qildi. Ulardan yer xudosi Geb, osmon ma’budasi Nut tug‘ilib, 
bulardan esa o‘z navbatida, Osiris, Isida, Sia va Neftida tug‘il-
gan. Bu qadimgi ilohlar ilk ilohiy to‘qqizlik – Enneada oilasiga 
birlashdi. Ana shu ilohlardan boshqa Misr xudolari tarqalgan.
Fir’avn shaxsini ilohiylashtirish alohida rol o‘ynadi. Kohin-
lar ta’limotiga ko‘ra, fir’avn inson ko‘rinishidagi xudoning ak-
sidir. U ikki xil – inson va ilohiy tabiatga ega bo‘lgan. Uning 
tug‘ilishi Amon – Ra bilan fir’avnning yerdagi onasining nikohi 
natijasidir. Yerni fir’avn xudo Xorning aksi sifatida boshqargan. 
Fir’avn o‘limidan so‘ng xudo bo‘lib, Osiris bilan tenglashtirilgan. 
Podsholik qilayotgan va vafot etgan fir’avn o‘z ibodatxonasiga 
ega bo‘lgan. Kohinlar bu ibodat xonalarda qurbonlik keltirgan-
lar va fir’avnga sig‘inganlar. Ulug‘vor piramidalar, hashamatli 
sag‘analar bunyod qilish fir’avnni ilohiylashtirishning yana bir 
belgisi edi. Fir’avn ilohiyligining ramziy aks etishi sfinks ko‘ri-
nishida bo‘lgan. Misrda yagona xudoga sig‘inish konsepsiyasi 
rivojlanmagan (Exnaton islohoti).
Diniy urf-odat, an’analarga Misrda qat’iy rioya qilingan. 
Xudolarga sig‘inish uchun ibodatxonalar, haykallar bunyod 
qilingan. Ibodatxona xudoning uyi, kohinlar esa uning xizmat-


73
korlari sifatida qaralgan. Xudo haykal tasvirida bo‘lib, unga 
sig‘inilgan. Xudoga sig‘inish rasm-rusum marosimlari qat’iy 
shakllantirilgan: xudolar kiyintirilgan, ramziy ovqatlantirilgan, 
qurbonlik keltirilib, qo‘shiqlar, raqslar va bayram marosim-
lari namoyishlari bilan uning ko‘ngli ochilgan. Ibodatxonalar 
ulkan bo‘lib, ulug‘vor ustunlar, darvozalar va haykallar bilan 
bezatilgan. Oddiy xalq ibodatxonaga to‘planib ibodat qilma-
ganlar. Faqat kohinlarga ibodatxonaga kirish ruxsat etilgan. 
Ular fir’avn nomidan marosimlarni ado etib, xayr-ehsonlarni 
qabul qilganlar. Xushbo‘y moylar va isiriq tutatganlar, musiqa 
asboblarini chalib qoshiq aytganlar. Kohinlar ham oliy, o‘rta 
va past tabaqalarga bo‘lingan. Ular sochlarini taqir qirganlar, 
maxsus kiyimlar, ayrimlari qoplon terisini kiyganlar. Ular katta 
diniy bayramlarni uyushtirganlar. Ayrim kohinlar ibodatxona-
da ma’lum vaqt – uch oy turganlar, keyin esa o‘z ishlariga qayt-
ganlar. Zodagon ayollar ba’zi marosimlarda kohina vazifasini 
bajarganlar. Kalendarning belgilangan kunlarida xudo haykali 
ibodatxonadan ibodatxonaga ko‘chirilgan, qaysiki, u turar joy-
lariga kirib chiqishi yoki boshqa xudolarga mehmon bo‘lishi 
lozim bo‘lgan. Minglab kohinlar diniy bayram va marosimlarni 
tashkil qilganlar. 
Misr dinida u dunyodagi hayotga katta o‘rin berilgan. Inson 
go‘yoki, uch asosiy substansiya: jismoniy tana, uning ma’naviy 
ko‘rinishi («Ka») va uning ruhi («Ba») dan iborat. Faqat shu uch 
unsur birgalikda yashashga imkon beradi. Demak, shunday 
ekan, odamlarning jasadini saqlash (mo‘miyolash) kerak. Ana 
shundagina mo‘miyo oldi da «Ka» va «Ba» turadi. O‘limdan keyin-
gi hayot bu hayotning davomi deb tushuniladi.
Mo‘miyolangan jasad tobutda saqlangan. Tobut ichki va tashqi 
tomondan turli sehrli duolar bilan qoplangan, duolar marhumga u 
dunyoda yordam berishi kerak bo‘lgan. Marhum ning ichki a’zolari 
maxsus idishlar – kanopalarga saqlangan. Odam boshli idishda 
jigar, pavian (maymun) boshli idishda o‘pka, shaqol boshli idish-
da qorin, lochin boshli idishda ichaklar saqlangan. Bizgacha bir 
necha fir’avnlarning mo‘miyolangan jasadlari, muqaddas hisob-
langan qushlar, jonivorlarning mo‘miyolangan tanasi millionlab 
nusxada bizgacha yetib kelgan. 
Ibodatxonalar ko‘p sonli kohinlarni ta’minlash, bayram va 
ziyofatlarni tashkil qilish uchun o‘z xo‘jaliklariga ega bo‘lgan. 
Fir’avnlar, zodagonlar ibodatxonaga hadya qilgan yerlarda 


74
ko‘plab odamlar ishlagan. Ibodatxonalar nafaqat mamlakatni 
diniy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynab 
qolmay, ibodatxona kohinlari davlat siyosatiga faol aralashgan-
lar. Sulolaviy tushkunlik paytida yangi fir’avnning tanlanishi 
bevosita Amon-Ra oliy kohinlariga bog‘liq bo‘lgan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling