Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Til, yozuv, ta’lim tizimi. Qadimgi misrliklarning tili va 
yozuvi ming yillik tarix davomida o‘z taraqqiyotining 5 bosqichi-
ni bosib o‘tdi: 
1. Qadimgi podsholik davridagi til.
2. O‘rta Misr klassik tili (bu tilda noyob adabiy asarlar yaratil-
gan).
3. Yangi Misr tili (mil.avv. XIV–VIII asrlar). 
4. Demotik til (mil.avv. VIII–milodiy V asri).
5. Kopt tili (III–VII asrlari).
Qadimgi podsholik aholisi tilini Yangi podsholik aholisi tu-
shunmagan. Misr tili chetga chiqmagan. Milodiy III asrdayoq 
qadimgi Misr tili o‘lik edi. Uning o‘rniga yangi kopt tili keldi. VII 
asrda kopt tilini arab tili siqib chiqardi. Hozirgi kunda Misrda 
faqat 4,5 mln kishi kopt tilidan foydalanadi. 
Misr yozuvi mil.avv. IV ming yillik oxirida rasm-yozuv, pik-
tografiya asosida kelib chiqdi. Faqat O‘rta podsholik davri-
ga kelib rivoj langan yozuvga aylandi. Mil.avv. II ming yillikda 
700 iyeroglif keng ishlatilgan. Yozuv uchun material sifatida 
tosh (inshoot, sag‘ana, haykallar), loy taxtachalar (ostrakon), 
yog‘och, charm va papirus xiz mat qilgan. 
Misrdan bizgacha maktab matnlari yozilgan papiruslar yetib 
kelgan. Jumladan, o‘quvchilarning yozuvlari, o‘quv qo‘llanma-
lar, namuna uchun adabiy matnlar. Misrliklar yozuvni «Ilohiy 
so‘z» deb aytganlar. O‘qituvchilar o‘quvchilar uchun mashqlar, 
ko‘rsatmalar tuzganlar. Misrda o‘qish va yozishni bilgan kishilar 
qadrlangan. Zodagonlar o‘zlari va bolalarining savodli bo‘lishiga 
jiddiy e’tibor berganlar. 
Misrda maktablar bir necha bosqichli bo‘lib, o‘qish pullik 
bo‘lgan. Har mingta misrlikdan faqat to‘rttasi savodli bo‘lgan, 
davlat boshqaruvi uchun savodli mirzolar tayyorlash maktab-
larida ta’lim olish sharaf hisoblangan. Mirzolar jamiyatda 
katta obro‘ga ega bo‘lganlar. Bizgacha mirzalarning ko‘p son-
li haykallari yetib kelgan. Maxsus tibbiyot maktablari bo‘lib, 
ularda tabiblar tayyorlangan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling