Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar. Misr oldingi gullab-yash-
nagan zamoniga qaraganda, tushkunlik davrini kechirayot-
gan bo‘lsa ham, xo‘jalik hayoti batamom to‘xtab qolmagan edi. 
Misr liklar bu davrda hunarmandchilik ishlab chiqarishning 
ba’zi bir sohalarini hatto anchagina mukammallashtirgan ham 
edilar. Ular jezdan turli xil buyumlarni, nafis haykallarni juda 
mohirlik bilan ishlay olganlar. Bu haykalchalarni kumush yoki 
oltin tolalari bilan bezaganlar. Takushet nomli misrlik ayol ning 
Efiopiya-Sais davriga oid haykalchasi shunday tolalar terib 
ishlash texnikasining ajoyib namunasidir. Podsho Pasebxaning 


66
yaqinda Tanisdan topilgan kumush sarkofagi (tobuti) metall-
ni badiiy jihatdan ishlash sohasida ajoyib yutuqlarga erishil-
ganini ko‘rsatadi. To‘qimachilik kasbi ham yuksak darajada 
rivojlangan. Misrda to‘qimachilik ishlab chiqarishning alohida 
markazlari vujudga keladi. Shunday markazlardan biri Mem-
fis bo‘lgan. To‘qimachilar va yigiruvchilar sexga o‘xshash alo-
hida-alohida guruhlarga birlashganlar. To‘qimachilik ishining 
hatto Tait degan alohida ma’budasi, O‘rta Misrda to‘qimachilik 
ishining Xets-xetep («Poki Raxmat») degan xudosi mavjud 
bo‘lib, unga sajda qilganlar. Fayans buyumlar ishlab chiqa-
rish rivojlanadi. Fayansdan turli xil uy-ro‘zg‘or buyumlari, bo‘yi 
25 sm ga yetadigan nafis haykalchalar yasaladi. Mamlakatda 
boy-badavlat odamlar va chet ellarga chiqarish uchun tayyor-
lanadigan zeb-ziynat buyumlari jumlasiga har turli xushbo‘y 
moylar va atir-upa buyumlari ham kirgan. Shu davrdayoq nilu-
fardan maxsus moy olishni bilganlar. Bu boy amaldorlarni yan-
gi mansabga tayinlash vaqtida ularning yuziga surtish uchun 
ishlatilgan.
Mil.avv. I ming yillikda iqtisodiyotdagi hal qiluvchi omil xo‘ja-
likda temirdan foydalanish bo‘ladi. Mil.avv.VII–VI asrlardayoq 
Misrda temirni ishlash texnologiyasi o‘zlashtirib olinadi. Hunar-
mandchilikda metall ishlash yetakchi tarmoq bo‘ladi. Bu davr-
ga kelib topilgan hujjatlar savdo yanada rivojlanib va murak-
kablashib borganligidan guvohlik beradi. Chet el savdogarlari 
Misrga tez-tez kelib-ketib turganlar. Tashqi savdoda Misrning 
asosiy hamkorlari Finikiya va Karfagen edi. Misr savdogar-
lari yunon polislari bilan savdo aloqalari o‘rnata boshlaydilar. 
Fir’avn Nexo davrida Nil daryosini Qizil dengiz bilan tutashti-
radigan kanal qurish yuzasidan katta ishlar olib boriladi. Bu 
kanal qurilishi bilan Misrdan Nubiyaga va hatto undan uzoqda-
gi Puntga to‘g‘ri boradigan suv yo‘li ochilar edi. Gerodot ma’lu-
motiga ko‘ra, Nexoning buyrug‘i bilan finikiyalik dengizchilar 
kemada Afrika qirg‘oqlarini aylanib chiqqanlar.
Misr Kichik Osiyodagi Kariya-Lidiya xalqlari bilan keng savdo 
olib boradi. Tashqi savdoning rivoji va Misrning yunonlar bilan 
bo‘lgan iqtisodiy aloqalarining mustahkamlanishi natijasida pul 
xo‘jaligining ilk shakllari paydo bo‘ladi. Misrning iqtisodiy rivoji 
quldorlardan va yer egalaridan iborat aslzodalarning hukm ron 
qatlamini, kohinlar, liviyalik harbiy aslzodalar, yunon savdogar-
larning hamda ma’lum darajada yollanma askarlarning boyib 


67
ketishiga sabab bo‘ladi. Misr liklar o‘zlariga kerakli mollarning 
ko‘p qismini avvalgidek Suriyadan keltirganlar.
Gerodotning yozishicha, Misr podshosi Yaxmos II misrliklar 
uchun bir qonun chiqaradi. Bu qonunga muvofiq, Misrning 
har bir fuqarosi tirikchilik qilish uchun qanday mablag‘larga 
ega ekanligini har yili viloyat boshlig‘iga kelib aytishga majbur 
bo‘lgan. Buni bajarmagan odamga yoki qonuniy yo‘l bilan to-
pilgan mablag‘lar hisobiga yashayotganini isbot qila olmagan 
kishiga o‘lim jazosi berilgan. Bu qonun orqali Misr aholisi 
g‘oyat farovonlikda yashagani ko‘rinadi. O‘sha davrning ijti-
moiy tuzumidagi yana bir xususiyat shu ediki, mansab va kasb 
otadan bolaga meros bo‘lib o‘tgan. Shu sababli, kohin, askar 
va hunarmandlarning tor doiradagi ijtimoiy guruhlari mavjud 
bo‘lgan. Bu toifaviy yopiqlik yurish-turish va urf-odatlar ning 
an’ana viyligida ham yaqqol ko‘rinadi. So‘nggi davr mafkurasida 
e’tiqod, urf-odat, unvonlarga, til, adabiy uslubda, me’morchilik 
va san’atda qadimiylikka qaytish kayfiyati hukm suradi. Qa-
dimgi va O‘rta podsholik davri «Oltin asr» deb atalib, bu davr 
siyosiy ideal sifatida tasavvur qilinadi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling