Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- QADIMGI MESOPOTAMIYA 1. Geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. 2. Qadimgi Meso- potamiya aholisi. 3. Davrlashtirish. 4. Mesopotamiyaning
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Повестъ Петеисе III. Древнеегипетская проза / Пер. и комм. М.А. Коростовцева. – М.: 1977. 2. Коростовцев М.А. Религия древнего Египта. – M.: 1976. 3. Культура Древнего Египта. – M.: 1976. 4. Поэзия и проза Древнего Востока. – М.: 1973 (Библиотека всемирной литературы). 79 Asosiy sanalar Mil.avv. 2600-yillar atrofi Ulug‘vor piramidalar bunyod qilindi. Mil.avv. IV ming yillik Ilk adabiy asarlar paydo bo‘ldi. Mil.avv. IV ming yillik oxiri Ilk yozuvning ibtidoiy ko‘rinishi paydo bo‘ldi. Mil.avv. II ming yillik Asosan 700 iyeroglif ishlatildi. Milodiy VII asrda Kopt tilini arab tili siqib chiqardi. Mil.avv. 1922-yil Yangi podsholik fir’avni Tutan- xamon sag‘anasi topildi. 80 II BOB QADIMGI MESOPOTAMIYA 1. Geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. 2. Qadimgi Meso- potamiya aholisi. 3. Davrlashtirish. 4. Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari. 5. Tarixnavislik. 6. Arxeologik ma’lumotlar. 1.Geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. Shimolda Armaniston tog‘laridan janubda Fors qo‘ltig‘igacha, sharqda Eronning tog‘li viloyatlaridan g‘arbda Suriya-Mesopotamiya cho‘llarigacha cho‘zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopota miya (Ikki daryo oralig‘i – Frot va Dajla daryolari ora- lig‘i) deb atalgan. Cho‘l va tog‘lardan tashkil topgan Shimoliy Mesopotamiyada Osuriya joylashgan edi. Qadimgi Mesopota- miya hududi hozir asosan Iroq Respublikasi hududidir. Dajla va Frot daryolari Arman tog‘laridan boshlanib, Fors qo‘ltig‘iga quyiladi. Daryo suvlari minerallarga boy loyqa bilan oqib, tosh- qin vaqtida dalalarga toshib, hosildor qatlam hosil qiladi. Ikki daryo oralig‘ida hosil olish uchun yil davomida sun’iy sug‘o rish (melioratsiya) ishlarini amalga oshirish kerak edi. Bu yerda qadimdan odamlar kanal va dambalar qurganlar. Me- sopotamiya iqlimi shimol va janubda bir xil emas. Shimolda quruq subtropik zonada qishda ba’zida qor yog‘adi, bahor va kuzda yomg‘ir bo‘ladi. Janub juda issiq va quruq iqlimli. Meso- potamiyada qadimda loy va tabiiy asfalt mo‘l-ko‘l bo‘lgan. Shi- molda qo‘rg‘oshin, qalay, temir va tosh ham uchraydi. Mesopotamiya florasi juda kambag‘al. Faqat shimolda tog‘li hududda har xil daraxtlar uchraydi. Qadimda daryo vodiysi- da tol daraxti, janubda qamishning turli xillari bo‘lgan. Xurmo palmasi muhim rol o‘ynagan. Strabonning aytishicha, qadimda uning 360 xil foydali xossasini bilganlar. Uzum va mevali da- raxtlar, tariq, polba, kanop, bodring, sarimsoq, baqlajon, osh- qovoq, loviya va no‘xat o‘stirilgan. Qadimda Mesopotamiya faunasi xilma-xil ko‘rinishda edi. Daryolarda baliq ko‘p bo‘lgan. Qushlar, eshak, cho‘chqa, kiyik, qu yon, tuyaqush, sherlar to‘qay va sahrolarda mo‘l-ko‘l bo‘lgan. 81 Mesopotamiya Yaqin Sharqning keng bo‘shlig‘ida joylashganligi uchun xalqaro savdoda yetakchi rol o‘ynagan. Ko‘pgina yo‘llar g‘arbdan sharqqa, shimoldan janubga shu yerdan o‘tgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling