Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari.
3. Davrlashtirish. Mesopotamiya hududida mil.avv. IV ming
yillikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumining yemiri- lish jarayoni bordi. Shumerlarning mil.avv. IV ming yillik bosh- larida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlandi. Mil.avv. III ming yillikdan boshlab mamlakatning janubiy qismida shumerlarning kichik shahar-davlatlari paydo bo‘ldi. Mil.avv. III ming yillik ilk sulola davri deb ataladi. Bu davrda ilk shahar-davlatlar paydo bo‘ldi. Ayniqsa, janubda shumerlar- ning Eredu, Ur, Lagash, Larsa, Uruk, Umma, Shuruppak, Isin, Nippur va Kish kabi shahar-davlatlari paydo bo‘ldi. Mil.avv. III ming yillikning oxiri kuchli mutlaq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi. Mil.avv. XXIII–XXI asrlar siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga ko‘chib, bu yerda Akkad davlati tashkil topadi va uning tarkibiga Shumer janubi va shimoliy Mesopotamiya kiradi. Kutiylar hujumi sababli, Akkad pod- sholigi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad podsholigi qo‘liga o‘tadi. Mil.avv. II ming yillikning boshlarida Ikki daryo oralig‘ida Bobil podsholigi yuksalib, Bobil boshchiligida butun mamlakat birlashtiriladi. Uning tarixi quyidagi davrlarga bo‘linadi: 1. Qadimgi Bobil yoki amoriy davri (mil.avv. XIX–XVI asrlar). 2. O‘rta Bobil yoki kassit davri (mil.avv.XV–XII asrlar). 3. Bobilning siyosiy tushkunlik davri (mil.avv.XII–VII asrlar). 4. Yangi Bobilning qisqa qayta uyg‘onish davri (mil.avv. VII– VI asr lar ) va Eron tomonidan mamlakatning bosib olinishi. 4. Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari. Qa- dimgi Mesopotamiya tarixi bo‘yicha asosiy manbalarga moddiy madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, an- tik mualliflar asarlari kiradi. Moddiy madaniyat yodgorliklari. Mil.avv. III-I ming yil- liklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari Mesopotamiya ning qadimgi Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur, Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil kabi shaharlarining xarobalarini 83 arxeologik o‘rganish natijasida ma’lum. Shaharlardan zinapoya- simon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo‘jalik inshootlari, san’at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesopotamiyaning mil.avv. III-II ming yilliklarga oid silindrsi- mon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muhrlari Misr, Bah- rayn va Hindistondan ko‘plab topilgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling