Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. Ладынин И. А. и др. История древнего мира: Восток, Греция, 
Рим. «Слово», Эксмо Э. – М.: 2004.
2. Сетон Ллойд. Археология Месопотамии. – M.: 1984.
3. История Древнего Востока: тексты и документы / Под ред. 
В.И.Кузищина. – М.: 2002.
4.Источниковедение по истории Древнего Востока. Под. ред. 
Кузищина. – M.: 1984.
Asosiy sanalar
Mil.avv. V ming yillik oxiri – 
Mesopotamiyada El-Ubayd
mil.avv. IV ming yillikning 
madaniyati.
I yarmida 
Mil.avv. IV–III ming yilliklar
Mesopotamiya janubida shu-
merlarning paydo bo‘lishi.
Mil.avv. III–II ming yilliklarning Amoriylar Mesopotamiyada bir 
I yarmi
necha podsho sulolalariga asos
soldi.
XVIII asr 
Mesopotamiyaga daniyalik olim
K. Niburning birinchi ilmiy sayo- 
hati.
XIX asrning 90-yillari 
Nemis olimi F. Delichning akkad
tili grammatikasi va lug‘atini 
yaratishi.
Mil.avv. III ming yillik
Mesopotamiya shimolida sharqiy
semit qabilalari yashagan.


91
MESOPOTAMIYADA DAVLAT VA JAMIYATNING PAYDO 
BO‘LISHI. SHUMER SHAHAR-DAVLATLARI.
SHUMER-AKKAD DAVLATI
1. Mesopotamiya sivilizatsiyasi. 2. Shumer shahar-dav-
latlari ning siyosiy tarixi. 3. Akkadning yuksalishi. Sargon 
davlati. 4. III Ur sulolasi.
1. Mesopotamiya sivilizatsiyasi. Mesopotamiya (yunon-
cha – «Ikki daryo oralig‘i», Dajla va Frot oralig‘idagi o‘lka) Fors 
qo‘ltig‘i, Arabiston cho‘li, Suriya, Arman Tavri va Zagros tog‘lari 
bilan chega ralangan. Hudud Quyi va Yuqori Mesopotamiyaga 
bo‘linadi. Quyi Mesopotamiyada Old Osiyoning eng unumdor 
yerlari bor, lekin mineral xomashyo va yog‘och taqchil. Sun’iy 
sug‘orishga asoslangan dehqonchilik mo‘l-ko‘l hosil olishga 
imkon yaratdi. Lekin qadimda bu hududda keng miqyosdagi 
sun’iy sug‘orish ishlari amalga oshirilishi tuproqning sho‘rlani-
shi va hosilning pasayishiga olib keldi. 
Mil.avv. XI–VIII ming yilliklar (mezolit davri)da Dajla va Frot 
daryolarining vodiylariga qo‘shni tog‘li hududlarda terimchilik
hayvonlar va o‘simliklarni ilk madaniylashtirish jarayoni bora-
di. Ilk paxsa binolar paydo bo‘ladi. Bu davrda Zavi-Chemi-Sha-
nidar va Mifat dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo‘lgan.
Neolit davrida taraqqiyot sur’ati kuchayadi. Zagros vodiy-
sida Jarmo madaniyati manzilgohlari paydo bo‘ladi. Mil.avv. 
VII ming yillik oxiri – VI ming yillik boshlarida Tel-Satto o‘troq 
manzilgohlari shakllanadi.
Mil.avv. VI ming yillik o‘rtalarida Shimoliy Mesopotamiyada 
Xassun madaniyati rivojlanadi. Mil.avv. IV ming yillik oxiri – III 
ming yillik boshlarida Jamdat-Nasr madaniyati davrida mis va 
qalay mehnat qurollari ishlatila boshlandi. 
Mil.avv. IV ming yillikda Mesopotamiyaning janubida shu-
merlar kelib o‘rnashadi. Mil.avv. III ming yillikda Mesopotamiya 
janubida shumerlar, Dajla va Frot daryolarining o‘rta oqimi-
da akkad, shimolda xurrit xalqlari jamoa davridan davlat va 
jamiyatga o‘ta boshladilar. Qo‘shni jamoa urug‘ jamoalari deh-
qonchilik bilan shug‘ullanib, ma’lum bir hududlarni egallab, 
o‘zlarining kichik-kichik davlatlarini tuzdilar. Shimolda yirik 
shahar markazlari Ashshur, Mari, Nine viya va boshqa sha-


92
harlar paydo bo‘ldi. Mil.avv. III ming yillikning birinchi yarmi-
da Mesopotamiya janubida qator shahar-davlatlar: Eredu, Ur, 
Larsa, Uruk, Kish va Lagash paydo bo‘ladi. Hunarmandchilik 
yuqori darajada rivojlanadi. Metallurgiya sanoati birinchi o‘rin-
ga chiqib oladi. Metall quyish, kavsharlash, payvandlash usul-
lari o‘zlashtiriladi. Savdo hunarmandchilikdan ajralib chiqadi. 
Jamoada maxsus savdogarlar – tamkarlar faqat tovar ayir-
boshlash bilan shug‘ullana boshlaydilar. Yerni sotish va sotib 
olish boshlanadi. Qulchilik munosabatlari rivojlanadi. Urush-
lar qulchilik manbai bo‘lgan. Qullar «begona mamlakat erka-
gi (ayoli)» deb yozilgan ideogrammalar bizgacha yetib kelgan. 
Qullar xo‘jalikning turli sohalarida ishlatilgan. Ibodatxonalarda 
qul mehnatidan foydalanilgan. Qullar soni podsho, ibodatxona 
xo‘jaligida o‘rtacha 100-200 ni tashkil qilgan. Xususiy xo‘jalik-
da 1-3 ta, podsho xo‘jaligida bir necha o‘n qul bo‘lgan. Tax-
minlarga ko‘ra, Lagash davlatida 80-100 ming erkin kishiga 30 
ming qul, Shuruppakda 30-40 ming erkin kishiga 2-3 ming qul 
to‘g‘ri kelgan. 
Qullar 15 sikldan 23 sikl kumushgacha sotilgan (1 sikl – 8 
gramm). Shumer jamiyatida qullardan tashqari, o‘z yeri bo‘lma-
gan yoki yeridan ajralganlar, boshqa jamoalardan kelganlar, 
kambag‘al oilaning kichik a’zosi, ibodatxonaga bag‘ishlangan 
qaram kishilar ko‘p bo‘lgan. Bunday qaram kishilar ibodat xona 
va xususiy xo‘jaliklarda qullar qatorida mehnat qilganlar. Ilk 
sulola davrida Shumer jamiyatining hukmron qatlamini boyib 
ketgan dehqonlar, urug‘ oqsoqollari, kohinlar va harbiy bosh-
liqlar tashkil qilgan. Ular yaqin kelajakdagi zodagonlar, amal-
dorlar, saroy a’yonlari qatlamining ilk vakillari edi. Mayda ish-
lab chiqaruvchilar qatlamini kichik yer ulushiga ega bo‘lgan 
hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy jamoachilar tashkil 
qilgan. Shumer jamiyatida yer egaligi ikki qismdan: jamoa va 
ibodatxona yerlaridan iborat bo‘lgan. 
Shahar-davlat hokimiyati jamoa homiysi bo‘lgan xudo ibo-
datxonasi atrofida shakllangan. Shu sababli shahar hayotida 
markaziy o‘rinni ibodatxona egallagan. Ilk hokimlar «ensi» (ko-
hin – quruvchi) kohinlardan bo‘lgan. Ibodatxonalar xudo mulki 
hisoblangan yerlarga egalik qilganlar. Bu yerlar bo‘linmagan va 
kohinlar ixtiroyida bo‘lgan. Ibodatxonaning bir qism yerlariga 
qaram kishilar tomonidan ishlov berilgan, bir qismi esa bo‘lak-
larga bo‘linib, ijaraga berilgan yoki ibodatxona xizmatchilari-
ga, shuningdek, ibodatxonaga xizmat ko‘rsatadigan savdo-


93
gar-hunarmandlarga xizmatlari uchun foydalanishga berilgan. 
Ibodatxonaning o‘z harbiy qismi bo‘lib, ularning ta’minoti ham 
ibodatxona zimmasida bo‘lgan. Ibodatxonaning katta miqdor-
dagi moddiy mablag‘lari uzoq davom etadigan diniy bayramlar-
ni tashkil qilishga (bu bayramda shaharning barcha aholisi 
qatnashgan), boshqa qo‘shni shahar-davlatlar bilan mahsulot 
ayirboshlashga sarflangan. Bir qism mahsulot zaxira sifatida 
fav qulodda vaziyatlar uchun saqlangan. Ibodatxona yer-mulki, 
uning kirim-chiqimlari qat’iy hisob-kitob qilib borilgan.
Ilk sulola davri (mil.avv. XXVIII – XXVII asrlar)da shahar-dav-
lat tepasida «En» (janob) – oliy kohin turgan. Ehtimol, u saylab 
qo‘yilgan. «En»ning vazifasi kohinlik, ibodatxona ma’muriyatini 
boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi, sug‘orish inshoot-
larini barpo qilish va shuningdek, jamoa mulki hamda uning 
iqtisodiyotini boshqarish bo‘lgan. Mil.avv. III ming yillik o‘rta-
larida «En» unvoni o‘rniga «Ensi» («kohin – quruvchi» shahar 
boshqaruvchisi) va «Lugal» («katta odam», «podsho», akkadcha 
«sharru») paydo bo‘ladi.
«Ensi»ning vazifasi sug‘orish inshootlari va ibodatxonalar 
qurishga rahbarlik qilish bo‘lgan. Shu sababli u devoriy tas-
virlarda ko‘pincha boshida qandaydir qurilish materiallari bi-
lan to‘ldirilgan savat ko‘targan tarzda tasvirlangan. Jamoa va 
ibodatxonani boshqarish, soliqlar to‘plash uning vazifasi edi, 
ba’zida ibodatxona harbiy qismini boshqargan. «Ensi» vazifa-
si saylanadigan bo‘lib, shu sababli, uning boshqaruvi «navbat» 
deb atalgan. 
«Lugalning» funksiyasi «Ensi»dan obro‘liroq va mavqei katta-
roq bo‘lib, yirik shahar, ba’zida shaharlar birlashmasi hukm-
doriga nisbatan aytilgan. Ilk sulola davrida oqsoqollar kengashi 
va yig‘ini hokimni saylagan yoki mansabidan tushirgan. Uning 
faoliyati ustidan nazorat qilgan, jamoa a’zoligiga qabul qilgan. 
Hukmdor qoshida maslahat organi bo‘lgan. Mulkiy tabaqala-
nishning kuchayishi natijasida xalq yig‘inining mavqei tusha 
boshlaydi. Hokimning iqtisodiy-siyosiy mavqei o‘sib boradi. En-
dilikda u ayrim muammolarni o‘zi mustaqil hal qila boshlaydi. 
Uning tayanchi kichik harbiy qism bo‘lgan. 
Ilk Shumer shahar-davlatlari hududi kichik bo‘lib, odatda u 
kichik shahar va yaqin atrofdagi qishloq xo‘jalik okrugidan ibo-
rat bo‘lgan. Eng qadimgi Shumer shahri Eredu hisoblangan. U 
bilan birga, qadimgi hujjatlarda shimoldagi Sippar, janubdagi 
Shuruppak tilga olinadi. 


94
Mil.avv. III ming yillik boshlarida Mesopotamiyaning janubi 
Shumer kichikroq, lekin aholi zich joylashgan hudud bo‘lgan. 
Shumerda yuqori darajada hosil beradigan sug‘orma dehqon-
chilik ko‘p sonli aholini yetarli ozuqa bilan ta’minlashi mum-
kin edi. Uning asosiy markazlari bo‘lgan Ur, Uruk, Larsa, Kish, 
Lagash va Umma shaharlari
 bir-biridan bir necha km uzoqlik-
da joylashgan edi. Shahar va uning atrofida dehqonlar, hunar-
mandlar, kohinlar yashagan. Mil.avv. III ming yillikda Mesopo-
tamiya shahar-davlatlari natural xoj’alikka asoslangan sug‘or-
ma dehqonchilik asosida yashagan. Xo‘jalikning natural holati, 
mahsulot ayirboshlashning deyarli yo‘qligi, o‘zi ishlab chiqar-
gan mahsulotini o‘zi ishlatishi, iste’mol mollariga ehtiyojning 
cheklangani har bir shahar-qishloqni mustaqil yashashiga im-
kon yaratdi. Faqat ayrim xomashyo chetdan olib kelingan yoki 
ayirboshlangan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling