Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Мелларт Дж. Древнейшие цивилизации Ближнего Вос тока. 
– М.: 1982.
2. Оппенхейм А.Л. Древняя Месопотамия: Портрет по гибшей 
цивилизации. – М.: 1990.
3. Кленгел Брандт. Путешествие в древний Вавилон. – М.: 
1979.
Asosiy sanalar
Mil.avv. 1894–1595-yillar
Bobilning yuksalishi.
Mil.avv. 1792–1750-yillar
Podsho Xammurapi hukmronligi.
Qo nunlar to‘plamining tuzilishi. 
Mil.avv. 1595-yil
Xettlar Bobilga bostirib kirdi. 
I Bobil sulolasi tugatildi.
Mil.avv. 1595–1155-yillar
Bobilda kassitlar sulolasining
hukmronligi.
Mil.avv. 605–562-yillar
Navuxudonosor II ning hukmron- 
lik yillari. Bobilning gullab-yash- 
nagan davri. 
Mil.avv. 626–539-yillar
Bobilning yangidan yuksalishi.
Yangi Bobil davlati. 
Mil.avv. 539-yil
Ahmoniylarning Bobilni bosib
olishi.


114
SHUMER-BOBIL MADANIYATI
1. Yozuv. 2. Kutubxona. 3. Maktab. 4. Adabiyot. 5. Din.
6. Ilmiy bilimlar. 7. San’at.
1. Yozuv. Mesopotamiya jahon sivilizatsiyasi va qadimgi 
shahar madaniyatining ilk o‘choqlaridan biri. Mesopotamiya 
madaniyati bir necha ming yillar davomida rivojlandi hamda 
qo‘shni madaniyatlarga hayotbaxsh ta’sir qildi. Mesopotamiya-
da ilk bor yozuv, adabiyot, fan, ta’lim tizimi o‘z davriga nis-
batan mukammal rivojlandi. Ilk xalq og‘zaki ijodi, aniq fanlar 
rivojlandi. Mesopotamiya madaniyati o‘ziga xos xususiyatga 
ega bo‘lib, bu yerda yaratilgan uyg‘un madaniyat jahon sivili-
zatsiyasining ajralmas bir qismini tashkil etdi. Mesopotamiya 
madaniyatining yutuq va kashfiyotlari qadimda va o‘rta asr-
larda boshqa madaniyatlar va xalqlar tomonidan o‘zlashtirilib, 
dunyo madaniyatining keyingi taraqqiyotiga poydevor bo‘lib 
xiz mat qildi. 
Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo‘lib, 
ular ning yutuqlarini bobilliklar va osuriyaliklar o‘zlashtirib, 
davom ettirdilar. Mesopotamiya madaniyatining asoslari mil.
avv. IV ming yillikda shaharlar paydo bo‘lishi bilan boshlandi. 
Uning uzoq yashash davrida unga xos ichki yaxlitlik, an’analar-
ning merosiyligi, uning unsurlarini ajralmas aloqasi saqlanib 
qoldi. Mesopotamiya madaniyatining boshlang‘ich davri o‘ziga 
xos yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi. Keyinchalik bu 
yozuv mixxatga aylanadi. Mixxat Mesopotamiya sivilizatsiyasi-
ning asosiy ildizi bo‘lib, uning barcha jihatlarini birlashtirgan 
an’analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. 
Mil.avv. IV–III ming yilliklarda shumer mixxat yozuvi paydo 
bo‘ldi. Shumerlar bu yozuvni sivilizatsiyaga xizmat qildirdilar. 
Shumer mixxati mil.avv. VII asrgacha Old Osiyoda xalqaro yo-
zuv vazifasini o‘tadi. Bu yozuvda huquqiy, siyosiy, xo‘jalik va 
adabiy matnlar yozilgan. Shumer mixxati uzoq vaqt davomida 
shakllandi. Dastlab shumer yozuvi piktografik shaklda alohi-
da buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan. Shunday yozuvdan 
mil.avv. III ming yillikdan boshlab foydalanilgan. Piktografiya 
juda sodda bo‘lib, haqiqiy yozuv emas edi. U so‘zlarni ifodala-
mas edi. Asta-sekin u mixxatga aylandi. Mix xatda 600 belgi bor 


115
edi. Amerika arxeologlari Nippur shahridagi eng qadimgi shu-
mer ibodatxonasini va ibodatxona kutubxonasini topish baxti-
ga muyassar bo‘ldilar. Uning ko‘p sonli xonalarida shumer tili-
da bitilgan matnlar 50 ming loy taxtachalar topildi. 
Mil.avv. XXIV asrda ilk batafsil yozilgan Shumer matnlari 
paydo bo‘ldi. Akkad tili Janubiy Mesopotamiyada mil.avv. III 
ming yillik ning ikkinchi yarmida shakllandi. Shumer va akkad 
tillari bir-biridan ko‘pgina so‘zlarni o‘zlashtirib oldi. Mil.avv. III 
ming yillikning oxirida dunyo tarixida ilk bor qadimgi shumer–
akkad lug‘atlari tuzilgan. Dastlab shumer yozuvini, keyinchalik 
shumer–akkad yozuvini butun Old Osiyo xalqlari o‘zlashtirib 
oldilar.
 
Akkad tili Old Osiyo xalqaro diplomatiya tiliga aylandi. Qadim-
gi Mesopotamiyada loy mo‘l-ko‘l edi. Loy taxtacha yozuv uchun 
asosiy xomashyo bo‘lib xizmat qildi. Taxtacha loydan yasalib, 
tuzlardan kuydirish yo‘li bilan tozalangan. Mesopotamiyada 
o‘rmon bo‘lmaganligi sababli, faqat eng muhim matnlar yozilgan 
loy taxtachalar (podsho yozuvlari, kutub xonada saqlanishi lozim 
bo‘lgan asarlar) kuydirilgan. Qolgan taxtachalar oftobda quri-
tilgan. Odatda, taxtachalar 7-9 sm uzunlikda bo‘lgan. Yozuvlar 
ba’zida tosh va metall taxtachaga ham yozilgan.
Mil.avv. I ming yillikda bobilliklar va osuriyaliklar yozuv 
uchun teri va chetdan keltirilgan papirusni ishlata boshlagan-
lar. Shu vaqtning o‘zida Mesopotamiyada yog‘ochdan qilingan 
uzun taxtachaga mum surtib, mixxat belgilarini tushirganlar. 
Mil.avv. VII asrdan boshlab oromiy tili va yozuvi kirib kelgan 
paytda mixxat yozuvlari sekin-asta unutila boshlandi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling