Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Maktab. Qadimgi Mesopotamiya shaharlarida ijtimoiy-iqti-
sodiy tarqqiyot natijasida savdo-hunarmandchilik ehtiyojlari va 
davlat xizmati savodli odamlarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. 
Mixxat yozuvlarini o‘qish ma’lum bir kasbiy tayyorgarlikni ta-
lab qildi. Shu sababli, dunyo tarixida ilk maktablar Shumerda 
paydo bo‘lgan. Ilk maktablar ibodatxonalar oldida bo‘lib, ke-
yinchalik ulardan tashqarida mavjud bo‘lgan. Shumer maktabi 
«edubba» («taxtachalar uyi») deb atalgan. Maktabning boshida 
«taxtachalar uyi otasi» turgan. Bir vaqtning o‘zida u o‘qituvchi 
vazifasini ham bajargan. Boshqa o‘qituvchilar – «katta aka-
lar» hamda nazoratchi – «qamchidan foydalanadigan» o‘qituv-
chilar ham bo‘lgan. O‘qituvchilar o‘quvchilarning ota-onalari 
bergan mablag‘ hisobidan kun kechirganlar. Maktabda o‘g‘il 
bolalar o‘qib, ular «taxtachalar uyi o‘g‘illari» deb atalgan. Mak-
tabda o‘qish uzoq va mashaqqatli bo‘lgan. O‘quvchilar shu mer 
va akkad tillari, yozuvning murakkab tizimini o‘rganishi, ada-
biy asarlardan nusxa ko‘chirish ko‘nikmasini olishi, ilohiyot-
shunoslik, matematika, geografiya, tabiatshunoslik va tibbiyot 
sohasidagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishlari lozim edi. Maktab 
o‘quvchisining hayoti to‘g‘risida bizgacha bir necha matnlar, 
shumer maktablari inshootlari qoldiqlari yetib kelgan. Qadim-
gi Uruk shahrining mil.avv. IV ming yillik oxiri – III ming yillik 


117
boshlariga tegishli qatlamlari qazib ochilganda birinchi o‘quv 
qo‘llanmalari bo‘lgan loy taxtachalar topilgan. Shuruppak 
shahri xarobalaridan mil.avv. III ming yillik o‘rtalariga tegish-
li katta miqdordagi «maktab matnlari» mavjud. Ko‘rinishidan
keyinchalik maxsus kotiblik maktablari butun mamlakat 
bo‘ylab tarqalgan. 
Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan dav-
lat va ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktab-
lar ta’lim va madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Yuqori sinf o‘quv-
chilari kelajakda tor mutaxassislashuvga qarab, grammatika
astro nomiya va mate matikadan bilim olganlar. O‘zini fan-
ga bag‘ishlamoqchi bo‘lgan o‘quv chi bo‘lsa, huquq, astrono- 
miya, tibbiyot va matematikani o‘rgangan. Maktabda jismoniy 
jazo keng qo‘llanilgan. Mesopotamiya maktablari o‘quvchilari-
ning sinf xonasida fanlarni o‘rganish uchun loy taxtachalar-
da yozgan mashq matnlari hamda maktab sinf xonalari xaro-
balari qazib ochilgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling