Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Bobil mil.avv. XII asr – mil.avv. VII asrda. Yangi Bobil
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Bobil mil.avv. XII asr – mil.avv. VII asrda. Yangi Bobil
podsholigi. Mil.avv. XII asrda kassitlar Bobiliga qo‘shni Elam davlati halokatli zarba berdi. Elam bir necha urushlardan so‘ng mil.avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi hukmron- ligini tugatdi. Lekin biroz vaqt o‘tib, Navuxodonosor I (mil.avv. 1124–1108-yillar) 2-Issin sulolasi davrida elamliklar Bobildan haydab yuborildi. Elamga Novuxodonosor Osuriya va Elam chegarasidagi der qabilasi yonida shunday zarba berdiki, Elam haqida uch asr (mil.avv. 821- yilgacha) biror-bir matn xabar bermaydi. Elam ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Navuxodonosor butun Mesopotamiya ustidan hukmronlik qilishga harakat qildi. Navuxodonosor va uning vorislari «Bobil podshosi Shu- mer va Akkad podshosi to‘rt iqlim podshosi» unvonini oldilar. Poytaxt Issindan Bobilga ko‘chirildi. Bobilning keyingi tarixida Dajla, Frot daryolari, Fors qo‘ltig‘i qirg‘og‘i va Janubiy Meso- potamiyaning shaharlari oralig‘ida joylashgan xaldey qabilalari muhim o‘rinni egalladilar. Ular yarim ko‘chmanchi chorvador va dehqonlar bo‘lgan. Xaldeylar mil.avv. IX asrda Bobilning janubiy qismini bosib oldilar va Bobil madaniyatini qabul qildi- lar. Bobilning oliy xudosi Mardukka sig‘ina boshladilar. Mil.avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oldi. Osuriyaliklar Bobilda mil.avv. VII asrgacha hukmronlik qildilar. Yangi Bo- bil podsholigining paydo bo‘lishi mil.avv. 629-yilga to‘g‘ri kela- di. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi xaldey sulolasiga asos soldi. Navuxudo nosor II ning hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan (mil.avv. 605–562-yillar) davri bo‘ldi. Bobil ulkan, ulug‘vor jamoat inshootlari bunyod qilingan, aholisi gavjum bo‘lgan qadimgi Sharqning eng yirik shahari- ga aylandi. Shahar Frot daryosining ikki qirg‘ogida joylashgan bo‘lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6 metr bo‘lgan ko‘prik bi- lan birlashtirilgan. Shahar uch qator devor bilan o‘ralib, uning aylanasi 8 km ni tashkil qilgan va 100 ta bronza darvozadan shaharga kirilgan. Shaharda ulkan podsho saroyi, sun’iy te- palikda Bobilning muqaddas ibodatxonasi Esa gila joylashgan. 109 Ibodat xonaning har bir tomoni uzunligi 400 metrni tashkil qilgan. Undan janubda balandligi 91 metr bo‘lgan yetti qavat- li Etemenanki («osmon va yer markazidagi ibodatxona») deb atalgan zikkurat – ibodatxona bunyod qilingan. Katta diniy marosim uchun tantanali yurishlar yo‘li qurilib, uning g‘isht devorlari afsonaviy hayvonlar tasvirlangan rangli sirkor sopol- lar bilan qoplangan. Eng mashhur inshootlaridan biri bo‘lgan ma’buda Ishtar darvozasi nemis arxeologlari tomonidan qa- zib ochilgan. Bundan tashqari, afsonaviy Semiramida osma bog‘lari qurilgan. U qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasidan biri hisoblangan. Bizgacha mil.avv. VII–VI asrlarga oid Bobil tarixi bo‘yicha ma’muriy matnlar, yozuvlar, podsho farmonlari va far- moyishlari yetib kelgan. Bobil to‘g‘risida ayrim antik mualliflar ma’lumotlari ham mavjud. Mil.avv. 562-yilda Navuxodonosor II vafot qilgandan so‘ng, Bobil zodagonlari va kohinlari davlat siyosatiga faol aralasha boshladilar va o‘zlariga yoqmagan podsholarni almashtirar edi- lar. Keyingi o‘n ikki yil ichida to‘rt hukmdor almashdi. Mil.avv. 556-yilda kelib chiqishi oromiy bo‘lgan Nabonid taxtni egalla- di. Ungacha o‘tgan Yangi Bobil podsholari xaldey qabilasidan edi. Nabonid diniy islohot o‘tkazdi. Oliy Bobil xudosi Marduk e’tiqodi o‘rniga Oy xudosi Sinaga e’tiqod qilishni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Bu bilan u ko‘rinishidan xudo Sinaga e’tiqod qiladigan ko‘p sonli oromiy qabilalarini o‘z atrofiga birlashtirib, o‘zining qudratli hokimiyatini mustahkamlashga harakat qiladi. Lekin Nabonidning diniy islohoti Bobil, Borsippa va Urukdagi nufuzli qadimgi ibodatxonalar kohinlari bilan ziddiyatga olib keldi. Mil.avv. 553-yilda Midiya va Fors o‘rtasida urush boshlan- di. Midiya podshosi Astiag Xarran shahridan o‘z harbiy qis- mini cha qirib oldi. Bundan foydalangan Nabonid o‘sha yil bu shaharni bosib oldi va mil.avv. 609-yilda osuriyaliklar bilan urush da buzib tashlangan xudo Sinaning ibodatxonasini qay- ta tiklashga farmon berdi. Nabonid Markaziy Arabistonning shimoliy qismidagi Teyma viloyatini bo‘ysundirdi va Teyma vo diy si orqali sahro bo‘yicha Misrga boradigan savdo yo‘llarida o‘z nazoratini o‘rnatdi. Bu yo‘l Bobil uchun juda katta ahamiyat- ga ega edi. Chunki mil.avv. VI asr o‘rtalariga kelib Frot daryosi o‘z oqimini o‘zgartirdi. Natijada Fors qo‘ltig‘i gavanlari orqali Ur shahri bilan dengiz savdosini olib borish mumkin bo‘lmay qol- di. Nabonid o‘z qarorgohini Teymaga ko‘chirib, Bobilni boshqa- rishni o‘z o‘g‘li Belshar Utsuraga topshirdi. 110 Nabonid g‘arbda faol tashqi siyosat bilan mashg‘ul bo‘lgan bir paytda Bobilning sharqiy chegaralarida qudratli raqib – Ah- moniylar davlati paydo bo‘ldi. Fors podshosi Kayxusrav II bu va- qtga kelib, Midiya, Lidiya va boshqa mamlakatlarni Hindiston- gacha bosib oldi. U istilochilik urushlari olib borishga tayyor, yaxshi qurollangan qo‘shinga ega bo‘lib, boy va zaiflashib qol- gan Bobilga qarshi urushga jadal tayyorlana boshladi. Nabonid Bobilga qaytdi va o‘z mamlakati mudofaasini kuchli dushman- ga qarshi tashkil qilishga kirishdi. Ammo Bobilda ichki vaziyat yomonlashdi. Nabonidning xudo Marduk ibodatxonasi kohin- larining qudrati va ta’sirini yo‘qotishga urinishi, bu e’tiqod bi- lan bog‘langan diniy bayramlarga loqaydligi qudratli kohinlarni unga nisbatan dushmanligini kuchaytirdi. Naboniddan norozi bo‘lgan kohinlar unga yordam bermadilar. Arabiston sahrolari- da ko‘p yillik urushlarda holdan toygan Bobil qo‘shini o‘zlariga nisbatan ko‘p marta kuchli bo‘lgan fors qo‘shinlari hujumini qaytara olmadi. Bundan tashqari, Kayxusrav Bobildagi kohinlarning noro- ziligidan ustalik bilan foydalandi va ularni o‘z tomoniga og‘di- rib oldi. Mamlakat forslarning ayg‘oqchilari bilan to‘lib ketgan edi. Bobil 200 ming kishi yashaydigan, uch qator devor bilan o‘ralgan, 100 darvozali – o‘sha davr uchun ulkan shahar edi. Forslar qo‘qqisdan hujum qilganlari uchun shahar markazida yashaydigan bobilliklar dushman shahar atrofini egallaganini bilmadi. Dushman shaharga kirganda ham hech nimadan xa- barsiz bobilliklar qandaydir bayramni beg‘amlik bilan nishon- layverdilar. Nabonid poytaxt Bobil mudofaasini uyushtirishga urindi. Lekin mil.avv. 539-yil 12-oktabr kuni forslar qo‘shini Bobilga kirdi. Nabonid taslim bo‘ldi va Kayxusrav unga marha- mat qilib, Karmaniya viloyatiga noib etib tayinladi. Uning o‘g‘li Belshar qatl etildi. Kayxusrav Bobildagi yahudiylarga Falas- tinga qaytishga ruxsat berdi. Forslar Misrning kuchayishidan qo‘rqdi. Bobil mil.avv. 539-yil oktabr oyida forslar tomonidan bosib olindi va o‘z mustaqilligini abadiy yo‘qotdi. Bobil mil. avv. 331-yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga kirdi. Keyin esa makedoniyalik Aleksandr davlatiga, uning yemirilishidan so‘ng Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Mil.avv. VIII–V asrlarda Bobilda mavjud bo‘lgan Egibi va Mu- rashu tadbirkorlik uylarining mixxat hujjatlari bu davrda Bo- bilda tovar-pul munosabatlarining yuqori darajada rivojlangani to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu vaqtda savdo-sudxo‘rlik ish- 111 larida ixtisoslashgan katta mablag‘ va moddiy vositalarga ega bo‘lgan «tadbirkorlik uylari» mavjud bo‘lgan. Ana shunday uy- lardan biri Egibi uyi Bobilda ko‘p sonli mol-mulk, yuzlab qullar, yer va ustaxonalarga ega edi. Bu tadbirkorlik uyining vakillari har kuni katta pul mablag‘lari talab qiladigan pul-kredit ope- ratsiyalarini amalga oshirganlar. So‘nggi Bobil jamiyati ijtimoiy tabaqalari quyidagi ko‘rinish- da bo‘lgan: 1. Hududiy jamoa doirasida yer egasi bo‘lgan, to‘la fuqaro- lik huquqiga ega odamlar. Ular jamoaning o‘z-o‘zini boshqaru- vida hamda qishloq jamoalari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilishda ishtirok etganlar. Ko‘pgina yer egalari o‘z yerlari- ni ijaraga berib, o‘zlari boshqa faoliyat bilan shug‘ullanganlar va qishloqda yashamaganlar. Jamoa yeri ulushidam mahrum bo‘lish fuqarolik huquqidan mahrum bo‘lishga olib kelgan. Shu sababli, kambag‘al jamoachilar sudxo‘rdan qarz olganlar. Qarz- dor garovga qo‘ygan mulkidan va u orqali ta’minlangan ijtimoiy mavqeyidan mahrum bo‘lmaslik uchun o‘zi va oila a’zolarini ga- rovga qo‘yishga doimo tayyor bo‘lgan. 2. Jamoa yerida o‘z yeriga ega bo‘lmagan kishilar mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish ishlarida ishtirok etmaganlar. Ular ega- lik qilgan yer davlatniki bo‘lgan. Bunday odamlar «podsho xiz- matkorlari» sifatida qaralgan. Uning xizmati nufuzli bo‘lib, uni ta’minlashga berilgan mulk yaxshi yashash kafolatini bergan. 3. Yerga biriktirilgan va mehnat majburiyatlarini o‘tashga majbur bo‘lgan qaram dehqonlar. Ko‘pincha ular qandaydir jamoalarga, asosan ibodatxonalarga tegishli ishchilar bol’gan. Bu toifaning qaramligi merosiy bo‘lib, ozod bo‘lishlari ehtimoli noma’lum edi. Ular oila bo‘lib yashaganlar, avloddan-avlodga mehnatning bir xil turi bilan shug‘ullanganlar. Lekin bu odam- lar ibodatxonaning mulki deb hisoblanmagan. Shu sababli, qul sifatida oldi-sotdi qilinmaganlar. Ularning fuqarolik huquqlari bo‘lmagan. 4. So‘nggi Bobil hujjatlarida qullar tilga olinadi. Qullar aholi ning ko‘p qismini tashkil qilmagan, lekin qul mavqeyida- gi odamlar kam bo‘lmagan. Mamlakatda qul bozorlari mavjud bo‘lib, u yerda qullarning bahosi doimo barqaror edi. Qullarga xo‘ja yinning tamg‘asi bosilgan. Qullar podsho va ibodatxonalar- ga tegishli bo‘lgan, lekin ularning ko‘pchiligi xususiy kishilar- ning mulki hisoblangan. Ko‘pgina qullar o‘z kasbining ustasi bo‘lganlar. Xo‘jayinlar ularni pul ishlashga yuborgan. Yaxshi 112 kasb-hunarga ega bo‘lgan qulga o‘z xo‘jaligiga ega bo‘lish, uyla- nish huquqi berilgan va erkin odamlar kabi huquqiy bitimlar tuza olgan. Ba’zi qullar savdo-sudxo‘rlik faoliyati bilan shug‘ul- lanib boyib ketganlar. Boyib ketgan qullar o‘z qullariga ega bo‘lganlar, lekin shu bilan birga, qul mavqeida qolaverganlar. Hujjatlarda bir necha katta boy qul tadbirkorlar ismlari ma’lum bo‘lib, ular o‘nlab qullarni bahosiga teng bo‘lgan mab- lag‘ bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir necha bitimlarni tuzish- lari mumkin bo‘lgan. Boy qullar yollanma ishchilardan foyda- langanlar. Jumladan, erkin fuqarolarni ham ishlatganlar yoki ularni o‘z qarzdorlariga aylantirganlar. Qul o‘z xo‘jayini bilan ish bo‘yicha hamkor sifatida chiqishi va shartnomalar tuzi- shi mumkin bo‘lgan. Hujjatlarga ko‘ra, bu davrda qullarning soni ko‘paygan. Ibodatxona xo‘jaligida yuzlab qullar ishlagan. Boylarning yerlarida 3-5 qul, tadbirkorlik uylarida o‘nlab qul- lar mehnat qilgan. Yirik yer egalari erkin kishilarga va qullarga yerni ijaraga bir xil shartlarda berganlar. So‘nggi Bobil davrida katta va mayda yer egaligi mavjud bo‘lgan. Yerlar ulushlarga bo‘linib, qullar va erkin kishilarga ijaraga berilgan. Davlat amaldori bo‘lgan katta yer egasi bosh- qaruvchi yollagan yoki yerini bir kishiga, misol uchun, tadbir- kor va boy qulga ijaraga bergan. U esa, yerni ulushlarga bo‘lib, boshqalarga ijaraga berib, ijara haqini yig‘ib olgan (sub ijara). Yollanib ishlaydiganlar, kam yerli yoki yersiz kishilar aholi- ning ko‘pchilik qismini tashkil qilgan. Ibodatxonalar ham to- var-pul munosabatlariga tortilgan. Ular yer va qullarni ijaraga berganlar. Mil. avv. I ming yillikda podsho xo‘jaligi sezilarli rol o‘ynamagan. Podsho yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxona va xususiy xo‘jaliklar yetakchi o‘rinni egallagan. Bobil savdogarlari Old Osiyoning eng boy va tadbirkor sa- vdogarlaridan bo‘lgan. Bobil savdogarlari xalqaro savdoda Shar- qiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i mamlakatlari va Mesopotamiyadan janubiy-sharqda turgan viloyatlar o‘rtasida savdoda vositachilik qilganlar. Bobil shahari xalqaro savdo markazi bolib, shaharda o‘nlab mamlakatlardan savdogarlar kelgan. Misr, Suriya, Elam va Kichik Osiyo bilan gavjum savdo qilingan. Bobil Ahmoniylar viloyatlariga g‘alla, kiyim-kechak, jun va gazlama yetkazib be- radigan asosiy markaz bo‘lgan. Bobil mustaqilligini yo‘qotgani- dan so‘ng, fors davlatining eng boy satrapliklaridan biri bo‘lib qoldi. U har yili Ahmoniylar davlati xazinasiga 1000 talant (30 tonna) kumush bilan davlat solig‘ini to‘lagan. Ahmoniylar bobil 113 savdogarlariga ko‘plab imtiyozlar berdilar. Ular buning evaziga Suza xazinasiga katta miqdorda to‘lovlar to‘laganlar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling