Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Xammurapi qonunlari. Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy va


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Xammurapi qonunlari. Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy hayoti. Amoriylar davrida Bobilning iqtisodiyoti, ijti-
moiy-siyosiy tuzumi Xammurapining qonunlar to‘plami, uning 
noib va amaldorlar bilan yozishmalari, xususiy hujjatlar orqali 
ma’lum.
Qonunlar to‘plamining tuzilishi Xammurapining jiddiy siyo-
siy tadbiri edi. Chunki bu to‘plam Bobil davlat hokimiyatini 
mustahkamlash, bobil jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy barqaror-
ligini ta’minlashga qaratilgan. Qonunlar to‘plami kirish, 287 
moddadan Iborat qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch qism-
dan iborat. 
Xammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti asosan dehqonchilik, 
hunarmandchilik, savdoga asoslangan, sun’iy sug‘orish rivoj-
langan dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, hunarmand-
chilik, ichki va tashqi savdo gullab yashnadi. Qadimgi Bobilda 
bu davrda ekin yerlari ko‘paydi. Bog‘dorchilikda xurmo yetish-
tirish ustivor ahamiyat kasb etdi. Podsho «Xammurapi kana-
li» deb atalmish katta kanal qurdirgan. G‘alla ekinlari, moyli 
o‘simliklardan yuqori hosil olindi. Bunday yutuqlar faqat sun’iy 
sug‘orish tizimini butun mamlakat miqyosida doimo yangilarini 
qurish va kengaytirish asosida amalga oshirildi. Maxsus amal-
dorlar katta-kichik kanallarni qurish va ta’mirlashni nazorat 
qilib turganlar. Mari shahri arxiv hujjatlariga ko‘ra, aholining 
barcha mehnatga qobiliyatli qismi erkin kishilardan tortib qul-
largacha sug‘orish inshootlarini qurish va ta’mirlash majburi-
yatini o‘tagan. Bu majburiyatdan bosh tortganlarga o‘lim jazo-
si berilishi mumkin bo‘lgan. Xammurapi qonunlarida maxsus 
to‘rt modda dehqon jamoasining o‘z yerida sug‘orish inshoot-
lariga befarq qarashiga qarshi qaratilgan. Agar dehqonning 
yeridan qo‘shnilar yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni 
to‘lashga majbur bo‘lgan. Agar puli bo‘lmasa, o‘zi va mol-mulki 
qo‘shniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan. 
Chorvachilik keng miqyosda rivojlangan. Qonunlarda bir 
necha bor yirik va mayda chorva to‘g‘risida eslatiladi. Ko‘pincha 
qoramol dala ishlari, xirmon yanchish va yuk tashishga ijaraga 
berilgan. Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan. 
Qonunda bajarilgan ishga qat’iy baho berilgan va ishning past 
sifati uchun hunarmand qattiq jazo olgan. Xammurapi qonun-


105
lar to‘plamining 229-moddasida shunday deyiladi: «... quruvchi 
kishiga uy qurdi va o‘z ishini mustahkam qilmadi. U qurgan 
uy yiqilib, uy egasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu quruvchi o‘limga hukm 
qilinishi lozim». Erkin kishini muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan 
jarrohning barmoqlari chopilgan (218-modda). Butun Mesopo-
tamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi savdoning rivoj-
lanishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Bobildan g‘alla, xurmo, 
kunjut yog‘i, jun va hunarmandchilik buyumlari eksport qi-
lingan. Metall, qurilish toshi va yog‘och, qullar va zeb-ziynat 
buyumlari import qilingan. 
Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari – tamkarlar 
shug‘ullangan. O‘z xizmatlari uchun ular yer, bog‘, uy olganlar 
va sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, 
Larsa kabi yirik shaharlar katta savdo markazlari bo‘lgan. Er-
kin kishi «avelium» (odam) deb atalgan. Qonunlarning barcha 
moddalarida xususiy mulk himoya qilingan. 
Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlar 
to‘lovchisi: dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar va mayda 
mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli, ularning huquqlari 
qonun moddalari bilan himoyalangan. Misol uchun, ba’zi mod-
dalar ularni sudxo‘rlar zo‘ravonligidan himoya qilgan. Sudxo‘rga 
qarz uchun hosilni olish taqiqlangan. Qarz uchun qaramlik 3 
yil muddat bilan cheklangan. Kumush uchun qarz foizi 20, 
g‘alla qarzi uchun 33 % bilan cheklangan. Garovga olingan 
kishiga nisbatan shafqatsiz muomala qilingani uchun qat’iy 
chora – o‘lim jazosi qo‘llangan. Bobil jamiyatida erkin kishilar-
dan tashqari mushkenumlar – jamoa bilan aloqasi uzilgan, yeri 
bo‘lmagan kishilar bo‘lib («mushkenum» atamasi «pastga egil-
gan» ma’nosini bildirgan), ular cheklangan fuqarolik huquqiga 
ega bo‘lganlar. Mushkenumlar podsho xo‘jaligida ishla ganlar, 
podshodan yerni shartli olganlar. Mushkenumlarga tan jarohati 
yetkazilsa, qoidaga ko‘ra, pul jarimasi to‘langan. Mushkenum-
ni davolash erkin kishiga nisbatan ikki marta arzon bo‘lgan. 
Qonunlarga qaraganda, mushkenumlar pul mablag‘i va mulk-
ka egalik qilganlar. Erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko‘z 
uchun ko‘z, tish uchun tish) qo‘llanilgan.
Bobil jamiyatining eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo‘lgan. 
Qullikning manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida 
qarzi uchun qul qilish, otaning patriarxal hokimiyati ostida oila 
a’zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish, 
qullikka sotish huquqi, ba’zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol 


106
uchun, asrandi o‘g‘ilning o‘z ota-onasidan voz kechishi, xotin-
ning isrofgarchiligi, jamoachining sun’iy sug‘orish inshootiga 
loqayd qaragani) va qullarning tabiiy ko‘payishi bo‘lgan. Bo-
bilda qulchilik o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Qul uncha 
katta bo‘lmagan mulkka ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Quldan 
bo‘lgan bolalarga mulk vasiyat qi lish mumkin bo‘lgan. 
Bobil oilasi ota va er hukmron bo‘lgan patriarxal oila bo‘lgan. 
Oila nikoh shartnomasi asosida qurilgan va er nikoh sovg‘asi, 
xotin sep keltirgan. Xotin o‘z sepiga va erining sovg‘asiga o‘z 
huquqini saqlagan. Erining o‘limidan so‘ng, bolalar balog‘at 
yoshiga yetguncha beva oila mulkiga egalik qilgan. Qonunlar 
ayolning sog‘lig‘ini himoya qilgan. Agar ayol eriga yomon mu-
omala qilsa va uning mol-mulkini sovursa, ayol qulga aylan-
tirilgan. U eriga xiyonat qilsa, o‘lim jazosiga hukm qilingan. 
Ajralish va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Ota-ona mul-
kiga «somondan oltingacha egalik qilish» huquqiga o‘g‘il-qiz ega 
bo‘lgan. Ammo o‘g‘ilga ko‘proq moyillik bildirilgan. 
Qadimgi Bobil davlatida podsho hokimiyati mutlaq bo‘lgan. 
Davlat boshida podsho turgan. U diniy qonunchilik, sud va 
ijroiya hoki miyatiga ega bo‘lgan. Podsho yer zaxirasi bepo-
yon bo‘lgan. Bu yerlar ijaraga va xizmati uchun berilgan. Sud 
hokimiyati mukammal shakl 
langan. Podsho sudi yetakchi 
o‘rinda turgan. Shuningdek, ibodatxona sudi, jamoa sudi va 
kvartal sudlari mavjud bo‘lgan. Sudyalar kollegiyalarga bir-
lashganlar. Ularga jarchilar, choparlar, kotiblar kabi sud xo-
dimlari bo‘ysungan. 
Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, 
hunurmandchilik buyumlari orqali olinadigan soliq yig‘ish bi-
lan shug‘ullangan. Bobilda harbiy ishga katta ahamiyat beril-
gan. Qo‘shin asosan og‘ir va yengil qurollangan jangchi (redum)
lardan iborat bo‘lgan. Askarlarning huquq-majburiyatlari Xam-
murapi qonunlar to‘plamining 16-moddasida shunday belgi-
langan: harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun 
askarlarni harbiy boshliqlar zo‘ravonligidan himoya qilgan. 
Ularni asirlikdan qutqarish uchun to‘lov belgilangan. Askar 
oilasi davlat tomonidan moddiy ta’minlangan. Askarlar harbiy 
qonun-qoidalarga so‘zsiz rioya qilishlari kerak bo‘lgan. Aks hol-
da ular o‘lim jazosiga hukm qilinganlar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling