Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
7. San’at. Qadimgi Mesopotamiya san’atining shakllanishi
va keyingi taraqqiyotiga shumerlarning badiiy an’analari hal qiluvchi rol o‘ynadi. Tosh o‘ymakorlik mil.avv. III ming yillik boshlarida shakl landi. Toshga naqshlar o‘yish (gliptika) mil. avv. I asrgacha yuksak darajada rivojlandi. Relyef tasvirlar toshdan ishlanib relyeflarda hayvonlar, jang manzaralari tas- virlangan. Mil.avv. XXIV–XXIII asrlarda Mesopotamiya yagona davlat bo‘lib birlashgan paytda podsholarning ideallashtirilgan portret-tasvirlari paydo bo‘ladi. Mil.avv. II ming yillik boshlaridan qurbonlik keltirish, sa- roy hayo ti manzaralari tasvirlangan freska san’ati rivojlandi. Mesopotamiya san’ati mil.avv. VIII–VII asrlarda Osuriya dav- 121 latining gullab-yashnagan davrida o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Bu asosan relyef san’atida o‘z aksini topgan. Bu davrda ulug‘vor saroy va ibodatxonalar barpo qilina boshladi. Mil.avv. I ming yillikda Mesopotamiyada yirik savdo-hunar- mandchilik madaniyat markazlari bo‘lgan katta shaharlar pay- do bo‘ladi. Mesopotamiyadagi osur podshosi Sinaxxerib tomoni- dan mil.avv. 705–681-yillarda qurilgan, maydoni bo‘yicha Old Osiyoda eng katta shaharlardan biri Osuriya poytaxti Nineviya edi. Shahar 729,7 ga yerni egallab, shaharda 170 ming aholi yashagan. Amerikalik arxeolog K.Tompson 1932-yil Nineviya shahrida podsho Sinaxxerib qurgan, shaharni suv bilan ta’min- laydigan akvedukni qazib topdi. Mesopotamiyaning eng katta madaniy va savdo-hunar- mandchilik markazi Bobil shahri edi. Shahar asrlar davomi- da shaklla nib, ulug‘vor inshootlar qurildi. Bobilda 200 ming kishi yashab, shaharda 2 xiyobon, 4 katta shoh ko‘cha, 53 ibodatxona va 600 ziyo ratgoh bo‘lgan. Ayniqsa, Bobil shahri Yangi Bobil podsholigi davrida yuksalib, yangi saroylar, ibo- datxona-zikkurat va mudofaa devorlari bunyod qilingan. Meso- potamiya me’morchiligi o‘zining ulug‘vorligi, ulkan, hashamat- li inshootlari bilan ajralib turadi. Me’morchilik san’ati yuksak darajada rivojlangan. Me’morlar sho‘rlash, zax va namlikka chi damli mustahkam inshootlarni qurganlar. Yangi Bobil pod- shosi Navuxodonosor II Bobilni o‘tib bo‘lmas mustahkam devor bilan o‘rab oldi. Navu xodonosor II shunday yozuv qoldirgan: «Men Bobilni sharqdan mustahkam devor bilan o‘rab oldim. Men xandaq qazidim va uni yonbag‘irlarini asfalt va pishiq g‘isht bilan mustahkam ladim. Xandaq poydevorida baland va kuchli devor bunyod qildim. Men kedr yog‘ochidan keng dar- voza yasadim va ularni mis taxtacha bilan qopladim. Yomon niyatni o‘ylagan g‘animlarni Bobilga yon tomonlardan kirmas- liklari uchun men uni dengiz to‘lqinlari kabi kuchli suv bilan qurshadim. Men istehkomlarni puxta mustahkamladim va Bo- bil shahrini qal’aga aylantirdim». Bobil shahrining tashqi devorlarda 100 bronza darvoza bo‘lib, devorlarning qalinligi shunday ediki, devor ustida bir necha jang aravasi bir qatorda yurgan. Frot daryosini Bobil shahri bo‘yicha qirg‘og‘i 30 km ga cho‘zilib ketgan, u ko‘priklar bilan shaharga qo‘shilgan. Shahar devorida 250 jangovor minorada qo‘riqchilar turgan. Ar xeologik qazishmalar bu fikrni tasdiqlaydi. 122 Mesopotamiyada shaharlar hukmdorlar tomonidan obodon- lashtirilgan. Bobildagi Ishtar darvozasi va unga boradigan tan- tanalar ko‘chasi hashamatli qilib bezatilgan. Darvoza va ko‘cha rangli sopol plitkalar bilan qoplangan. Plitkalardan birida Navuxodonosorning shunday yozuvi saqlangan: «Men Navuxo- donosor, Bobil podshosi, Nabopolasarning o‘g‘li Bobil ko‘chasi- ni ulug‘ Marduk tantanalari uchun Shadudan tosh plitalar to‘shadim. Marduk ilohim, bizga abadiy hayot ba’g‘ishla». Ishtar darvozasi havorang sirlangan g‘ishtlar bilan qoplanib, oq, sariq yo‘l va relyef frizi bilan bezatilgan hamda sariq, qizil yo‘l bilan sherlarning yurishi tasvirlangan. Podsho Navuxodonosor II o‘z rafiqasi bo‘lgan midiyalik ma- lika Ametis (Semiramida) uchun qurgan osma bog‘lar (Afsona- da malika Semiramida bog‘lari) ham Bobil shahrida bo‘lgan. Bu inshoot qa dimgi dunyoning yetti mo‘jizasidan biri hisoblangan. Umumiy maydoni 15 ming kvadrat metrni tashkil etgan ko‘p qavatli katta inshoot bo‘lib, unda salqin xonalar bo‘lgan. In- shoot tomiga gullar, daraxtlar, butalar o‘tqazilgan. Osma bog‘ suv ko‘tarib beradigan chig‘ir bilan qullar tomonidan aylanti- rilib sug‘orilgan. Bog‘ning har bir terassa sining maydoni g‘isht- dan bo‘lib, uni salmoqli tosh ustunlar ko‘tarib turgan. G‘ishtlar ustiga tosh taxtalar, keyin qalin gips qatlami, qamish va asfalt to‘shalgan. Namlikdan qalin qo‘rg‘oshin taxtalar himoya qilgan. Bu plitalarga to‘kilgan tuproqda asriy daraxtlar ildiz larini er- kin qo‘yishlari mumkin edi. O‘simliklar uchun kerakli suv eng yuqori qavatda joylashgan hovuzga Frot daryosidan nasoslar bilan ko‘tarib quyilgan. Osuriya kabi Bobilda ham qanotli ho‘kizlar, sherlar (shadu) ning relyef tasvirlari va haykallari yuksak san’at asarlari his- oblanadi. Qanotli ho‘kiz va sher haykallari saroylar oldiga qo‘yil- gan. Ular saroyning homiysi va himoyachisi bo‘lgan. Britaniya muzeyida Ash shurbanipalning saroyidagi qanotli sher saqlana- di. Osur podshosi Sargon saroyidan 26 juft ho‘kizning alebastr haykali topilgan. Me sopotamiya rassomlari jang manzaralari- ning tantanali marosim yurishlarini juda yengil tasvirlaydilar. Yovvoyi hayvonlar, xonaki jonivorlar hayotiy – ingichka oyoqli, kishnab turgan otlar kabi yengil, ixcham gavdali itlar tasvirlari jonli aks ettirilgan. Mesopotamiyada shisha ishlab chiqarish juda erta mil. avv. XVII asrda boshlanadi. Temirdan foydalanish esa kechroq – 123 mil.avv. XI asrga boshlanadi. Mesopotamiyaning ilmiy bilim- lari, san’ati, me’morchiligi, dini, yozuvi va adabiyoti qadimda ko‘pgina sharq xalqlari madaniyati ravnaqining o‘lchov mezoni bo‘lib xizmat qildi. Mesopotamiya sivilizatsiyasining siyosiy nazariya va amaliyo- ti, huquq, falsafa, tarixshunoslik sohalarida erishgan yutuqlari boshqa mamlakatlar tomonidan o‘zlashtirib olindi. Osuriyada shakllangan ma’muriy tizimni forslar o‘zlashtirib oldilar (mam- lakatni sat rapliklarga bo‘lish, satraplikni fuqarolik va harbiy hokimiyatlarga a jratish). Ahmoniylar, keyin esa ellin davri hukm- dorlari Mesopotamiya podsholarining saroy rasm-rusumlarini o‘zlashtirib oldilar. Qudratli Osuriyaning oqsuyak-zodagonlari, saroy ahli qim- matbaho qizil rangli zarbof kiyimlar, oltin-kumush, qimmat- baho toshlar bilan ziynatlangan harbiy qurollar, yelpig‘ich va soyabon tutgan xizmatkorlar hamrohligida yurganlar. Podshoning o‘zi toj kiyib, oq uzun kiyim orqasiga tashlan- gan ko‘k lentalar va qo‘lida podsholik ramzi bo‘lgan aso bilan fuqarolar ooldiga chiqqan. Podsho oliy kohin vazifasini bajar- gani uchun uning kiyimida osuriyaliklar sig‘inadigan yulduz- lar tasviri bo‘lgan. Qadimgi shumerda harbiy san’at yuqori darajada rivojlangan. Dunyo harbiy san’ati tarixida ilk bor mil.avv. III ming yillikda shumer askarlari yog‘ochdan to‘rtburchak shakldagi, chetlari qisman mis parchalari bilan hallangan jangchi gavdasini to‘la yopadigan to‘rtburchakli qalqondan foydalanganlar. Bunday qalqonlar bir-biriga taqab qo‘yilib, butun bir askarlar qismini himoya qilgan. Shu tarzda qadimgi davrda ilk falanga yuzaga keldi. Shumer jangchilari dunyo tarixida birinchi bo‘lib, jan- govar qalpoqlardan foydalanganlar. Mil.avv. III ming yillikka oid mis va oltin qalpoqlar Ur shahri podsho qabrlaridan topilgan. Ayniqsa, Osuriya qurol-yarog‘i haqiqiy san’at asari bo‘lgan, oliy navli po‘lat qilichlar, xanjarlar, qalqon va kamonlar mohirona tayyorlangan. Xanjar taqib yurish nasl-nasabi ulug‘ ekanidan dalolat bergan. Xanjarlarning sopi hayvon kallasi tasvirida na- fis ishlangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling