Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Kutubxona. Bobil va Osuriya madaniyatining eng muhim 
yutuqlaridan biri kutubxonalar edi. Kutubxonalar saroylar, 
maktab lar, ibodatxonalar va xususiy kishilar tomonidan tashkil 
etilgan. Shumerda ham kutubxonalar mavjud bo‘lgan. Kalxu, 
Ashshur va boshqa shaharlardagi kutubxonalar mashhur edi. 
Mil.avv. II ming yillikdan boshlab Ur, Nippur shaharlarida 
ada biy va ilmiy matnlardan iborat kutubxonalar paydo bo‘ldi. 
Qadimgi Sharqning eng mashhur kutubxonasi Ashshurbani-
palning (mil.avv. 669–635 yillar) Nineviya shahrida to‘plangan 
30.000 taxtachadan iborat kutubxonasi edi. Arxeologik qazish-
malar natijasida qadimgi Xarran viloyatidagi Sultontepadan 
Qurdi-Nergal degan odamning xususiv kutubxonasi topilgan. 
Bu kutubxonada adabiy asarlarning nusxalari, duo-afsunlar 
yozilgan taxtachalar, tibbiyot matnlari mavjud edi. 


116
Loy taxtachalarga podsho annallari, muhim tarixiy voqealar 
xroni kasi, qonunlar to‘plami, adabiy asarlar va ilmiy matnlar 
yozilgan. Ashshurbanipal kutubxonasining alohida ilmiy qim-
mati shundaki, bu kutubxonada dunyoda birinchi marta ki-
toblar tizimli to‘plangan va ma’lum tartibda joylashtirilgan. 
Ko‘pgina kitoblar bir necha nusxada mavjud bo‘lgan. Kat-
ta matnlar bir xil hajmdagi loy taxtachalarda bayon qilingan. 
Shunday matnlar qirqdan yuztagacha taxtachaga yozilgan. Har 
bir taxtachada undan foydalangandan so‘ng o‘z o‘rniga qayta-
rish imkonini bergan tartib raqamlari qo‘yilgan. 
Arxivlar. Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni bo‘lgan. 
Eng qadimgi arxivlar mil.avv. III ming yillikning birinchi chora-
giga tegishli. Bu davrda arxiv ma’lumotlari yozilgan taxtachalar 
namlikdan saqlash uchun mumlangan savatlarda saqlangan. 
Mil.avv. XIX asrga oid Ur shahri arxivi maxsus xonadagi yog‘och 
tokchalarda saqlangan. Mil.avv. XVIII asrga oid boy arxiv Mari 
podshosi saroyidan, Uruk shahridan mil.avv. VIII–VI asrlarga 
oid 2500 xo‘jalik hujjatlari arxivi topilgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling