Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Lidiya. Poytaxti Sard bo‘lgan Lidiya podsholigi taxminlar-
ga ko‘ra, mil.avv. XII asrda Anatoliyada (hozirgi Turkiya hudu- di) egey-bolqon bosqinlaridan so‘ng, xett koloniyalari mahal- liy luviya qabilasi bo‘lgan meonlar tomonidan tashkil etilgan. 129 Mil.avv. VIII asrda Lidiya Frigiyaga bo‘ysundi. Keyin esa Lidiya mustaqillikka erishdi. Mil.avv. 685-yillar atrofida taxtni podsho navkari Gig (Gug ) egallab olib, yangi Mermnad sulolasiga asos soldi. Bu sulola davrida Lidiya buyuk davlat mavqeini oldi. Mil. avv. 675-yildan Lidiya to‘la mustaqil bo‘ldi. Biroz vaqt o‘tmay, Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. Lidiya podshosi Gig Osu- riyaga yordam so‘rab murojaat qildi va Ashshurbanipal (mil. avv. 667-yil) hokimiyatini rasman tan oldi. Osuriya bilan ittifoq bo‘lib, kimmeriylar hujumi qaytarildi. Mil.avv. 654-yil Lidiya zaif- lashgan Osuriya tarkibidan chiqib, Misr bilan ittifoq tuzdi. Mil. avv. 644-yilda kimmeriylar Sardni bosib oldilar. Gig o‘ldirildi, uning vorisi yana Ossuriyaga tobe bo‘ldi. Kimmeriylar skiflar tomonidan tor-mor qilindi (mil.avv. 643-yil). Skif-Osuriya uru- shi (mil.avv. 630-yillar oxiri ) Lidiyani mustaqil bo‘lishiga im- kon yaratdi. Lidiya podsholar Aliat va uning vorisi Krez (mil. avv. 561–547-yillar) davrida Kichik Osiyodagi Paflagoniya, Vifi- niya viloyatlari bo‘ysundirildi. Lidiya, Galis daryosidan g‘arb- dagi Likiyadan tashqari butun Kichik Osiyoni bo‘ysundirdi. Lidiya iqtisodiyotida savdo-hunarmandchilik yetakchi o‘rin tut- gan. Kichik Osiyoning qo‘shni hududlar bilan savdosida Lidiya yetakchi o‘rin tutgan. Lidiya hokimlari savdo-hunarmand- chilikka homiylik qilganlar. Poytaxt Sard shahri Kichik Osiyoda savdo, madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Lidiya iqtisodiyotida savdo-hunarmandchilik yetakchi o‘rin tutgan. Kichik Osiyoning qo‘shni hududlar bilan savdosida Lidiya yetakchi o‘rin tutgan. Lidiya hokimlari savdo-hunar- mandchilikka homiylik qilganlar. Poytaxt Sard shahri Kichik Osiyoda savdo, madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Lidiya dunyoda bi- rinchi bo‘lib, oltin va kumushning tabiiy qo‘shilmasi – elektron (mil.avv. VII asr) tangani zarb qildi. Oltin tanga VI asrda zarb qilindi. Krez davrida savdo-hunarmandchilik gullab-yashnadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling