125
III BOB
QADIMGI DAVRDA KICHIK OSIYO
1. Iqlim va aholi. 2. Ibtidoiy jamoa davri. 3. Frigiya.
4. Lidiya. 5. Urartu.
1. Iqlim va aholi. Kichik Osiyo to‘rt dengiz (Qora, Marmar,
Egey, O‘rtayer dengizlari) bilan o‘ralib, Yevropadan Bosfor va
Dardanell bo‘g‘ozlari bilan ajralgan. Yarim orolning sharqiy
qismi Shimoliy Pont, Tavr va Anti Tavr tog‘lari bilan o‘ralgan,
cho‘l yassi tog‘ligidan iborat. G‘arbiy qismida qulay buxtalar
ko‘p bo‘lgan dengiz qirg‘oqlari bor. Tog‘lar
daryo vodiylari bilan
almashib keladi. Yarim orolda kichikroq Galis (hozirgi Qizil ir-
moq), Germ, Paktol daryolari mavjud. Kichik Osiyoda qayin va
kedr daraxtlari mavjud. Tog‘larda oltin, kumush, qo‘rg‘o shin,
mis va temir xomashyosi qadimdan qazib olingan. Qurilish xo-
mashyolaridan marmar, tog‘ billuri, slyuda
va obsidian uchray-
di. Ko‘llardan tuz qazib olingan. Kichik Osiyo Yevropa va Osiyo
qit’alari oralig‘ida joylashgani uchun qadimda hunarmand-
chilik, savdo etnik migratsiyalar va
madaniy aloqalar rivojlani-
shida muhim rol o‘ynadi.
Bir necha ming yil davomida Qora dengizning ikki bo‘g‘ozi va
Kavkaz dovonlari orqali ko‘plab etnoslar Kichik Osiyoga mig-
ratsiya qildi va bu yerda o‘rnashib qolishga urindilar. Kichik
Osiyoning eng qadimgi aholisi Qora dengiz bo‘g‘ozlari
va Kav-
kaz tog‘laridan kirib kelgan xalqlar xettlarning ilk ajdodlari
(nesiy lar, luviya, palay), kask yoki kashklar, mil.avv. XIV asr-
larda axey lar, keyin friglar, ko‘chmanchi kimmeriylar va Kichik
Osiyo ning g‘arbiy sohillarida yunonlar ko‘chib keldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: