Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Ilmiy bilimlar.
5. Din. Qadimgi Mesopotamiya jamiyatining mafkuraviy ha-
yotida diniy e’tiqod hukmron o‘rinni egallagan. Mil.avv. IV–III ming yilliklar chegarasida Shumerda batafsil ishlab chiqilgan, keyinchalik, Bobilda o‘zlashtirilib, rivojlantirilgan teologik tizim yuzaga keladi. Har bir Shumer shahri o‘z xudo homiysiga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, barcha shumer shaharlari sig‘ingan xudolar bo‘lgan. Bu osmon xudosi Anu, yer xudosi Enlil, suv xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar tabiat hodisalari kuchlarini aks ettirgan. Ko‘pincha ular koinot jismiga o‘xshatilgan. Har bir xudoga alohida vazifa yuklatilgan. Enlil taqdir xudosi, sha- harlar asoschisi hamda motiga va omoch kashfiyotchisi; shu- mer quyosh xudosi Utu (akkad mifologiyasida Shamash); xudo Enlilning o‘g‘li Ninnar; sevgi va hosildorlik ma’budasi Innana (Bobil va Osuriya panteonida Ishtar); abadiy hayot, tabiat xu- dosi Dumuzi (Bobilda – Tammuz) keng tarqalgan. Urush xudosi, kasallik va o‘lim xudosi Nergal (Marsen) Mars sayyorasiga o‘xshatilgan. Bobil bosh xudosi Marduk – Yupiter sayyorasiga, Nabu (Mardukning o‘g‘li) donolik, yozuv va hisob xudosi Merkuriy sayyorasiga o‘xshatilgan. Xudolardan tashqari ko‘p sonli ezgulik devlariga sig‘inilgan. Turli xil kasalliklar sababchisi bo‘lgan yovuz devlarni rahmdil qilishga harakat qilganlar. Devlar yarim odam, yarim hayvon tarzida tasvirlangan. Odamlar o‘zlarini odam boshli, qanotli ho‘kiz sifatida ifo dalaganlar. Qanotli ulkan haykallar Osuriya podsholari saroylariga kirish joyini qo‘riqlagan. Shumer va akkadlar u dunyoga ishonganlar. Ularning tasav- vurida u dunyo soyalar podsholigi, qaysiki, o‘liklar ochlik va chanqoqlikdan qiynaladilar. Loy, chang bilan ovqatlanadilar. Shuning uchun marhumlarning bolalari ularga qurbonlik kel- tirishga majburdirlar. 6. Ilmiy bilimlar. Qadimgi Mesopotamiyada dunyoni ilmiy bilishda ma’lum yutuqlarga erishildi. Shumerliklar sanoqning oltmishlik tizimini yaratdilar. Uning asosida 1, 60, 600, 3600 119 sonlari yotar edi. Keyinchalik, o‘nlik tizim – 1, 10, 100 asosi- da paydo bo‘ldi. Mesopotamiyaning qadimgi aholisi arifmeti- kaning to‘rt qoidasi: bo‘lish, algebraik tenglamani kvadrat va kub darajasiga ko‘tarib, ildiz chiqarib yechishni bilar edilar. Ular geometriyaning asoslari bilan tanish bo‘lib, «pi» sonini bilganlar. Aylana uzunligi, aylana maydoni, kesik piramida hajmi, to‘g‘ri burchakli uchburchakning tomonlari o‘rtasidagi nisbatini hi soblashni bilar edilar. Uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari ishlab chiqildi. Astronomiya asosida oy kalendari yaratildi. Har bir oy 29 yoki 30 kundan iborat bo‘lib, yil 12 oy, 354 kundan iborat bo‘lgan. Oy kalendarining quyosh kalen- daridan farqi bir yilda 11 kunni tashkil etgan. Shu sababli, har 3 yilda qo‘shimcha o‘n uchinchi oyni kiritish talab qilin- di. Yil mart-aprel oyi («nisan» oyi)dan boshlangan. Mil.avv. III ming yillikda har bir Shumer shahri ning o‘z kalendari bor edi. Astronomlar quyosh va oy tuti lishini bilar, kometa, mete- oritlarning paydo bo‘lishi, yer qimirlashlarini belgilar edilar. Kun quyoshning chiqishidan emas, botishidan boshlangan. U har biri 2 soatdan bo‘lgan 12 qismga bo‘linib, har bir kundan yetti kunlik hafta tashkil topgan. Bobil astronomiya va matematikasi mil.avv. V asrda katta yutuqlarga erishdi. Bu vaqtda mashhur astronomiya maktab- lari Uruk, Sippar, Bobil va Borsippada faoliyat ko‘rsatdi. Bo- bilda matematika fanlaridan amaliy maqsadlar uchun foyda- langanlar. Zamonaviy olimlar Bobil astronomiyasi taraqqiyotini sinchiklab o‘rganib, ular ning bu sohadagi bilimlari yunonlarni- kiga qaraganda keng bo‘lganini etirof etadilar. Qadimdayoq bobilliklar zikkuratlarning yuqori qavatlaridan turib osmon jismlarini muntazam kuzatganlar. Mesopotamiyaning har bir shahrida zikkurat bunyod qilingan. Zikkurat, odatda, mahalliy bosh xudo ibodatxonasi oldida uch-to‘rt qavatdan yetti qavat- gacha xom g‘ishtdan qurilgan minora bo‘lgan. Uning yuqori qis- mini tashqi devori havorang sirlangan g‘ishtlar bilan qoplangan bo‘lib, bu yerda ziyoratgon joylashgan. Bu xudoning istiqomat- gohi bo‘lib, xudo tunda bu yerda uxlab dam olgan. Kohinlar bu yerdan turib dehqonchilik uchun taqvim muddatlari bilan bog‘langan astronomik kuzatishlar olib borganlar. Ana shu ko‘p asrlik kuzatishlari natijasida matematik astronomiya vujudga keldi. Astronomlar yulduzlar o‘rtasidagi masofani astronomik hisoblab chiqqanlar. Bobilda ko‘p sonli astronomik jadvallar 120 vujudga kelgan. Shu davrda Bobilda mashhur astronomlar – Naburian (mil.avv. VI asr) va Kiden (mil.avv. IV asr) yashagan. Naburian oy fazalarini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Kiden quyosh yilini 365 kun, 5 soat, 41 daqiqa va 41,6 soniya hi- sobladi. U yil hisobi davomiyligida bor-yo‘g‘i 7 daqiqa, 17 soni- yaga xato qilgan. Astronomiya astrologiya bilan bog‘langan edi. Bobil olimi Beroyes mil.avv. 270-yilda Kos orolida astronomiya maktabini ochdi. Bu maktab orqali yunonlar Bobil matemati- kasi bilan tanishdilar. Yevropa astronomiyasi uyg‘onish davriga kelib faqat shu darajaga yetdi. Bobil astronomlarining bilimlari yunonlarga qaraganda keng bo‘lgan. Bizgacha juda ko‘p Bobil tibbiyot matnlari yetib kelgan. Me- sopotamiya shifokorlari chiqqan va singan suyak bo‘g‘inlarini davolay olganlar, lekin odamning ichki kasalliklarini davolay ol- maganlar. Chunki ular odamning jasadini ochib, ichki a’zolarni o‘rganmaganlar. Tibbiyot duo-afsunlar bilan yaqin bog‘langan. Qadimgi Mesopotamiyada terapevtlar, jarrohlar, akusherlar, veterinarlar bo‘lgan. Ular ko‘p kasalliklarni davolaganlar: ko‘zga tushgan pardani (kataraktani) olganlar, yaralarni ochganlar, singan suyaklarni o‘stirganlar, jigar, oshqozon, ichak kasal- liklarini davolaganlar. Kasallik belgilarini aniqlash, tashhiz qo‘yishni bilganlar. Bizgacha tibbiy ma’lumotnomalar, qo‘llan- malar yetib kelgan. Dori-darmon tayyorlashda o‘simlik, hayvon va minerallardan foydalanilgan. Mil.avv. III ming yillikdayoq Mesopotamiyaliklar Hindistonga bo radigan yo‘lni, mil.avv. I ming yillikda Efiopiya va Ispaniyaga boradigan yo‘lni bilganlar. Bizgacha yetib kelgan geografik xa- ritalar bobilliklarning o‘z geografik bilimlarini tizimga solishga harakat qilganliklarini ko‘rsatadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling