Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Adabiyot. Mesopotamiya dunyo tarixida qadimgi mifo-
logiya ning boy adabiy yodgorliklari topilgan hudud hisoblana-
di. Shumer adabiyotiga oid epik asarlar, afsonalar, madhiya, 
doston, ertak va maqollar to‘plami bizgacha yetib kelgan. Shu-
mer shahrining qo‘shni qabilalar hujumlari natijasida halokati 
to‘g‘risida ma’lumot beradigan asarlar alohida o‘rin tutadi. «Ur 
shahri aholisining halokati motam yig‘isi» (mil.avv. XX asr oxiri) 
asarida ayollar, qariyalar va bolalarning ochlikdan qiynalishi
yong‘indan qolgan uylarda halok bo‘lganlarning tafsilotlari ba-
tafsil tavsiflangan. 
Shumer adabiyotining eng mashhur namunasi afsonaviy 
qahramon Bilgamesh to‘g‘risidagi epik afsonalar to‘plamidir. 
Doston tarkibiga To‘fon afsonasi ham kiradi. Bu asar akkad 
tilida qayta ishlangan nusxada to‘laroq ko‘rinishda Ashshur-
banipal kutubxonasidan topilgan. Mil.avv. II ming yillik oxiri-
da Bobilda akkad tilida yozilgan falsafiy mavzudagi «Ha, men 
donolik ilohini sharaflayman» asari saqlanib qolgan. U aybsiz, 
mashaqqat chekkan kishining shafqatsiz taqdiri to‘g‘risida hi-
koya qiladi. 
Shu mavzuga yaqin «Bobil teoditsiyasi»
 (so‘zma-so‘z tarjimasi 
«xudoni oqlash») poemasi mil.avv. IX asrda paydo bo‘lgan. Un-
ing muallifi podsho saroyida kohin bo‘lib xizmat qilgan Esagil 
qul Ubbib nomli kishi bo‘lgan.
 Asarda bobilliklarni qiziqtirgan 
diniy-falsafiy g‘oyalar o‘z aksini topgan. Mil.avv. X asrga oid 


118
«Qul, menga bo‘ysun» asari hayotga umidsizlik ruhida yozilgan. 
U xo‘jayinning o‘z quli bilan suhbati tarzida bayon qilinadi. 
Katta badiiy qiymatga ega bo‘lgan Osuriya podsholarin-
ing annallari osur jangchilari bo‘lgan begona davlatlar tabia-
ti to‘g‘risida ritmik tilda yozilgan. Eng mashhur osur asarlari-
dan biri Osuriya podsholarining dono kotibi va maslahatchisi 
Axikar to‘grisidagi qissadir. Qissa to‘liqroq holda suriya tilida 
saqlanib qolgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling