131
Asosiy sanalar
Mil.avv. XIII asr o‘rtalari
Bolqon yarim orolidan frigiya qabi-
lalari Kichik Osiyoga kirib keldi.
Mil.avv. 1300-yil
Urartu qabilalari ittifoqi.
Mil.avv. IX asr
Urartu davlati vujudga keldi.
Mil.avv. 1120-yil
atrofi
Frigiyaliklar Ilion shahrini to‘la
buzib tashladi.
Mil.avv. 810–786-yillar
Menua – Urartu gullab yashnagan
davr.
Mil.avv. 725–696-yillar
Midas davrida Frigiya gullab-
yashnadi.
Mil.avv. 675-yil
Frigiya davlati quladi.
Mil.avv. 685-yil
Lidiyada
navkar Gig Mermnad
sulolasiga asos soldi.
Mil.avv. 667-yil
Lidiya Osuriyaga qaram
bo‘ldi.
Mil.avv. 630-yil
Lidiya mustaqilligini qayta tikladi.
Mil.avv. VI asr
Midiya Urartu davlatini bosib oldi.
Mil.avv. 547-yil
Lidiya Fors davlati tarkibiga kirdi.
132
XETT DAVLATI VA JAMIYATI. MITANNI
1. Xett davlati tarixiy manbalari va tarixnavisligi. 2. Dav-
lat va jamiyatning vujudga kelishi. 3. Yangi Xett podsholi-
gi davrida buyuk Xett davlati (mil.avv. XIV – XII asrlar).
4. Xett davlati harbiy tashkiloti. 5. Xett diplomatiyasi.
6. Yangi Xett podsholigi davrida iqtisodiy-ijtimoiy munosa-
batlar. 7. Xett madaniyati. 8. Mitanni.
1. Xett davlati tarixiy manbalari va tarixnavisligi. Mil.avv.
II ming yillikda Kichik Osiyo va unga qo‘shni hududlarni o‘z
tarkibiga olgan qudratli Xett davlati to‘g‘risida tarixiy ma’lumot-
lar XX asr boshlarigacha deyarli yo‘q darajada edi. Bu vaqtgacha
Kichik Osiyo va Shimoliy Suriyada sirli iyeroglif yozuvlar va tas-
virlar topilgan edi. 1887-yil tadqiqotchilar
Tell-Amarna arxivida-
gi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr fir’avniga
tengligi (uning birodari) eslatib o‘tiladi. Bu kashfiyot Old Osiyo-
da qadimda yana bir buyuk davlat mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi.
1906-yil nemis olimi Y. G. Vinkler Bo‘g‘ozqoyada (Turkiya) xett-
lar poytaxti Xattusi xarobalarida ar xeologik qazishmalarga kiri-
shadi. Arxeologik qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida
bitilgan o‘n minglab taxtachalardan iborat arxiv, jumladan, Xett-
Misr tinchlik shartnomasining mixxat varianti topiladi. Chex
tadqiqotchisi B. Grozniy 1915-yilda
chuqur tadqiqotlar natijasi-
da xett tili hind-yevropa tillar oilasiga mansub degan xulosaga
keladi. Natijada Xett davlati tarixining o‘rga nish kuchayib ketadi.
Olim A.Getse 1933-yil Xett davlati tari xining umumiy ocherkini
yaratdi. Bundan tashqari A. Getse 1933-yilda
Kichik Osiyo tarixi
umumiy ocherkini chop etadi. Muallif Xett davlatining harbiy va
sulola tarixiga asosiy e’tiborini qaratadi. U Xett jamiyatining bir
qancha ijtimoiy-siyosiy muassasalari o‘xshashligiga (yer-mulk,
majburiyatli yer egaligi)
asoslanib, xettlarning ijtimoiy tizimini
feodal tuzum deb ta’rifl adi. Lingvist va arxeologlar Xett madani-
yati asoslarini yara tishda protoxettlar, xurrit qabilalari o‘rnini
ko‘rsatadigan dalillarni topdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: