O‘zbekiston sivilizatsiyasi haqida ma’lumot
Download 63.92 Kb.
|
1-Topshiriq Kamola Tilakova
O‘zbekiston sivilizatsiyasi haqida ma’lumot. 0‘zbekiston - insoniyat taraqqiyoti o‘choqlaridan biri, jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Dastlabki sivilizatsiyalar, ulaming paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi, sivilizatsiyaning ilmiy-nazariy tahlili, sivilizatsiyalarga tarixiy-falsafiy yondashuv, umuman, Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarining qiyosiy tahlili tarixshunosligiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu yo‘nalishda A. Toynbi, O. Shpengler, K. Yaspers, I. M. Dyakonov, B. Masson, A. Vasilev, M. Barg, M. Albedil, A. Koptev, Yu. Yakovets kabi olimlar tadqiqot ishlari olib borishgan. So‘nggi yillarda respublika olimlaridan A. Asqarov, R. Sulaymonov, E. Rtveladze, A. Sagdullayev, T. Shirinov va boshqalaming qator tadqiqotlarida masalaning turli jihatlari tahlil etilmoqda. Dunyo tarixidagi turli hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy sharoitlardan kelib chiqib turli davrlarda o‘ziga xos sivilizatsiyalar taraqqiy etganligini kuzatish mumkin. 0 ‘zbekiston hududlarida ham sivilizatsiya jarayonlari o‘ziga xos yo‘nalishda taraqqiy etib borgan bo‘lsada, bu yo‘nalishdagi o‘zaro ta’sir inkor etilmaydi. «Sivilizatsiya» - lotincha so‘z bo‘lib («civilis»), aynan taijimasi «grajdanlar», «jamiyatning erkin, ozod a’zolaridan tashkil topgan tuzum, davlatchilik» degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy fanlarda sivilizatsiya tushunchasi asosan madaniyat va madaniy taraqqiyotining barcha qirralarini ifodalovchi tushuncha sifatidagi mazmun kasb etadi. Ushbu mazmunni qisqacha ta’riflaydigan bo‘lsak, sivilizatsiya tushunchasi - muayyan hududlarda yashaydigan odamlaming turmush-tarzi va xo‘jalik yuritish faoliyati, ushbu odamlar hamda hududlar o'rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ma’lum davrlarda yaratilgan ma’naviy va moddiy madaniyat, jamiyatning taraqqiy etish jarayonida odamlaming ijodiy imkoniyatlari va qobiliyatining samarasini anglatadi. Shu nuqtai nazardan ham sivilizatsiya insoniyat taraqqiyotining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. Binobarin, 0 ‘zbekiston hududlarida taraqqiy etgan sivili zatsiya ham jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli davrlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o‘zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o'rtasidagi o‘zaro munosabatlar bilan izohlanadi. So‘nggi yillarda 0 ‘rta Osiyo va unga qo‘shni hududlarda olib borilgan ko'plab tarixiy-arxeologik tadqiqotlar bu mintaqa qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanishida o‘ziga xos o'rin tutganligini asoslab beruvchi ko'plab ma’lumotlar — ashyoviy dalillarni yuzaga chiqardi. Ulaming natijasi o‘laroq, yuqorida eslatganimizdek, «O'rta Osiyo sivilizatsiyasi», «Turon sivilizatsiyasi», «0‘zbekiston sivilizatsiyasi» kabi atamalar ilmiy tadqiqotlar va nashrlarda keng ishlatila boshlandi. Hozirgi 0 ‘zbekiston hududlarining ulkan Yevroosiyo mintaqasi rnarkazida, muhim savdo-madaniy yo'llar kesishgan chorrahasida joylashganligi farixan belgilangan bo‘lib, bu holat mamlakatimizni kishjlik tarixining ilk bosqichlaridayoq Sharq va G‘arb dunyosi o‘zaro muloqotga kirishadigan joy sifatidagi ahamiyatini belgilab berdi. Shu ning uphun ham, tarix fanining hozirgi taraqqiyot bosqichida Vatanimiz tarixini jahon sivilizatsiyasining ajralmas muhim tarkibiy qismi sifatida o‘rganish talabalar uchun o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. 0‘quvchilar shunga alohida e’tibor berishlari lozimki, 0 ‘rta Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda shakllandi va rivojlandi. Misol uchun, mintaqaning Janubiy hududlarida yashagan qadimgi qabilalar mil. avv. VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o‘tib, unumdor xo‘jalikni rivojlantirgan bo'lsalar, bu davrda Shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug‘ullanishgan. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik lharoitlar va o‘zaro aloqalar bilan izohlash mum kin. Bu o‘rinda, 0‘rta Osiyoning cho‘l va dasht hududlaridagi hamda daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni qiyosiy taqqoslab ko‘rish (Kopetdog*, Hisor, Zarafshon tog‘oldi hududlari hamda Qizilqum, Qashqadaryo va Zarafshon vohasining dasht hududlari) muhimdir. Undan tashqari, 0 ‘rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridayoq, ya’ni, mil. aw. VI-IV ming yilliklardagi o‘zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastawal Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizatsiya o‘chog‘lari bilan uzviy aloqada bo‘lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, uzoq asrlar davomida xalqaro savdo va aloqa yo‘llari chorrahasida joylashgan, hunarmandchilikda, dehqonchilikda va savdo-sotiqda qadim an’analarga ega bo‘lgan 0 ‘zbekiston va, umuman, 0 ‘rta Osiyoda o‘tgan asr va asrimiz boshlarida olib borilgan tadqiqotlar mahalliy sivilizatsiyalar taraqqiyoti masalaiariga ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini berdi. Xususan, tadqiqotlar natijasida topilgan ko‘pdan-ko‘p moddiy madaniyat buyumlari 0 ‘rta Osiyo xalqlari ilk yozma manbalar - Ossuriya hujjatlari, Avesto, ahamoniylar podsholarining mixxat yozuvlari, qadimgi Yunon, Rim, Xitoy tarixchi hamda geograflarining asarlarida tilga olinishidan ancha ilgari davrlardayoq rivojlangan madaniyat yaratganliklaridan dalolat beradi. Bu esa, zamonaviy talabalar bilishi muhim bo‘lgan holatdir. Ikkinchi davr. Ikkilamchi sivilizatsiyalar muttasil kengayishga intilib o‘z atrofida juda ko‘p aholini, ba’zan bir nechta, mahalliy sivilizatsiyalami birlashtirgan. Natijada jamiyat dinlari shaklidagi mafkura paydo bo‘lgan. Shu tariqa sivilizatsiyalarning taraqqiyotida ikkinchi davr boshlanadi. Bu jarayon 0 ‘rta Osiyoda mil. aw, VIII-VI asrlar davomida, Hindistonda mil. aw, VI-III asrlarda, Xitoyda mil. aw. Ill-II asrlarda, Yevropada milodga yaqin davrlarda, Janubiy Amerikada XV asrda pishib yetilgan edi. Xullas, birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishidan qat’iy nazar» sivilizat siya — bu dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi, shaharlar barpo etuvchi, o‘z yozuviga ega va ma’lum qadriyatlar bilan birlashtirilgan ijtimoiy organizmlaming muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichidir. Download 63.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling