O‘zbekiston sivilizatsiyasi haqida ma’lumot


«Avesto» - O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi muhim manba


Download 63.92 Kb.
bet4/5
Sana30.01.2023
Hajmi63.92 Kb.
#1140513
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Topshiriq Kamola Tilakova

4. «Avesto» - O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi muhim manba.
0 ‘rta Osiyodagi turli xalqlaming qadimgi davrlardagi diniy qarashlari va e’tiqodlari, payg‘ambarlari va ular ta’limotlarining yoyilishi masalalari uzoq yillardan buyon tadqiq etilayotgan bo‘lsa-daj hamon ko‘pgina olimlar orasida ilmiy munozaralarga sabab bo‘layotgan masaladir. Ma’lumki, ahamoniylar davridan boshlab (balki undan ham oldinroq) arab bosqiniga qadar 0 ‘rta Osiyo xalqlari orasida keng yoyilgan va asosiy din - zardushtiylik dini edi. Bu dinning asoschisi Zaratushtra va uning faoliyati, bu dinning muqaddas kitobi «Avesto» va u paydo bo‘lgan hudud haqidagi masalalar ham hozirgi kunda ko‘pchilik tadqiqotchilaming diqqat markazida turibdi. Juda ko‘pchilik tadqiqotchilaming fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo‘lmasdan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o ‘rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi. Manbalaming guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan (Sug‘diycha Spitaman degan ism ham shundan kelib chiqqan) bo'lib, otasini Pouro‘shasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi «oltin tuyali», «oltin tuya etaklagan odam» ma’nosini beradi. Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo‘lib, u tug‘ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bulaming barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug‘ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to‘la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Zaratushtraning qaysi yilda tug‘ilganligi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Tadqiqotehilar fikrlaridan xulosa chiqaradigan bo'lsak, uning tug‘ilgan yili keng tarixiy sanalar bilan bog‘lanadi (mil. aw . 1500-1000-yillardan boshlab, mil. aw. VII—VI asrlargacha). Yunon-rim tarixchilari ham Zaratushtra qachon tug‘ilganligi haqida aniq ma’lumot berishmaydi. Faqatgina, lidiyalik Ksanf (mil. aw . II asr) Zaratushtraning faoliyatini Kserksdan 600-yil aw al edi, deb ma’lumot beradi. Boshqa grek mualliflarining Xabarlari bundan ham ishonchsiz. Sosoniylar davri (III—VII asr) zardushtiylar an’analariga e’tibor beradigan bo‘lsak, Zaratushtraning hayoti mil. aw . VII asming oxiri - VI asming boshlariga to'g'ri keladi. Abu Rayhon Beruniy Zaratushtraning tug‘ilgan yilini Aleksandr Makedonskiydan 258-yil oldin edi, deb belgilaydi. Ayrim tadqiqotehilar bu sanani to‘g‘ri desa, ba’zilari noto‘g ‘ri deb hisoblashadi. 330-yilda ahamoniylaming so‘nggi vakili boMgan Doro III vafot etadi. Hokimiyat Aleksandring qo‘liga o‘tadi. Agar Beruniy ma’lumotlaridan xulosa chiqaradigan b6‘lsak (330+258=588), Zaratushtra mil. aw. 588-yilda tug‘ilgaM/ B. t-’A'BsyeV V£f 1Г M. Dyakonov xulosalariga ko‘ra, Zaratushtra yashab o‘tgari vaqtbu mil. aw . VII—VI asrlardir. Olimlar fikriga ko‘ra, Zaratushtra mil. aw . 553—541-yillar atrofida 77 yoshida vafot etgan Mil sana hisobidan Zaratushtra 630-553-yillar yoki 618-541-yiliarda yashab, faoliyat ko‘rsatgan. ZHmtushtranmg tug‘ilgan joyi haqida hozirgacha ham bahslar itnvuni ctayotgan bo‘lishiga qaramasdan, bu muainmoga to‘la aniqlik klntilmagan. U haqida turli fikrlar mavjud. Fiir guruh olimlar hozirgi Ozarbayjon hududida tug‘ilgan deb hisoblashadi.
Ни him nil olimlar, Avestoda keltirilgan Aryanam Bayja (Eron tekisligi) Uloyntini o‘zlariga asos qilib oladilar. Yana bir guruh olimlar Zaratushtrani Baqtriyada tug‘ilgan deb hisoblashadi. Bu guruh olimlar grek tarixchisi Ktesiy ma’lumotlariga asoslashadi. Shuningdek, bu guruh iillinliir Avestoning eng qadimgi qismlari Baqtriyada yozilganligini ta‘kidlashadi. Yana boshqa bir olimlar guruhi Zaratushtraning vatani Xorazm deb hisoblashadi. Olimlar orasida Zaratushtra va Avestoning vatani Sug‘diyona degan fikrlar ham bor. Avesto mainlands esa Zaratushtra tug‘ilgan joy va uning vatani haqida hech qanday ma'lumot yo‘q. Avestoda keltirilgan geografik hududlami o ‘rganishdan xulosa chiqnigan ko‘pchilik hozirgi tadqiqotehilar Zaratushtraning 0 ‘rta Osiyo viluyatlaridan birida, hech bo‘lmaganda bu hududga qo‘shni bo‘lgan Slnmoli-G‘arbiy Eron hududida tug‘ilganligini e’tirof etadilar. Umumiy olganda, Zaratushtraning vatani 0 ‘rta Osiyo - Xorazm yoki Baqti lya deb hisoblovchi olimlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Zaratushtraning diniy islohotlari o‘z vatanida tarafdorlarini topmuganligi bois, payg‘ambar o‘z yurtidan kyetishga majbur bo‘lgan. Zaratushtra e’tiqodini qabul qilgan birinchi tarafdorlari — bu qadimgi Baqtriya podshosi Kavi Bishtasp, malika Xutaosa va ulaming yaqin qarindoshlaridir. Zaratushtra o‘z g‘oyalarida qonli qurbonlik (mil. и vv. VII asrgacha bo‘lgan dinlarda odamlar va hayvonlar xudolarga (|urbonlik qilingan) qilishni qat’iyan qoralaydi. Zaratushtra yana shuni ta’kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo‘lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Zaratushtra o‘z g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan davr 0 ‘rta Osiyo va Eron xalqlari tarixida eng muhim davr edi. Ya’ni, ibtidoiy jamoa munosabatlari o‘zgarib, davlatchilik tizimi munosabatlari qaror topmoqda edi. Yangi din bu o ‘zgarishlami o‘zida aks ettirar va tug‘ilayotgan yangi jamiyatga xizmat qilardi. U birlashishga va kuchli markazlashgan hokimiyat tuzishga, o‘sha davrda o ‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi vohalar aholisi uchun «xudoning qamchisi (tig'i)» hisblangan ko‘chmanchi xalqlarga qarshi keskin kurashga chaqirdi. Zaratushtra islohotlari diniy jihatdan ham, ijtimoiy jihatdan ham bitia ulug’ va donishmand xudo Ahuramazdaga (so‘zma so‘z tarjimasi «janobi dono») sig'inishga va Ahuramazdaning dushmanlari deb e’lon qilingan sobiq qabila xudolari - asuralar va devlarga qarshi kurashga olib keldi. Zardushtiylaming diniy falsafasi qarama-qarshi kuchlaming kurashiga asoslangan. Bu kurash xudolar o ‘rtasida boshlanib, tabiatda
va insoniyat hayotida ham davom etgan. 0 ‘shandan boshlab yaxshilik va yomonlik, rost va yolg‘on, yorug‘lik va zulmat o‘rtasida doimiy va murosasiz kurash boshlangan. Ular o'rtasidagi kurash butun koinotga yoyiladi va zardushtiylaming asosiy falsafiy ta’limoti bo‘lib qoladi. Yomonlik, yaxshilik kuchlarini Ahuramazda (Ormuz), yovuzlik, qora va. zulmat kuchlami Anxro-Manyo (Amman) boshqaradi. Ahuramazda yaxshilik, yorug‘lik, sog'lik, baxt-saodat keltiruvchi xudo bo‘lib hisoblangan. Zaratushtra bunday xabar qiladi: «Biz Ahuramazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni va o ‘simliklarni, yorug‘likni Va yemi yaratgan.. Shimingdek, Ahuramazda hayotni va dastlabki odamni yaratgan xudo deb faraz qilingan. Anxro-Manyo yomonlik, o ‘lim va zulmat keltiruvchi xudo bo‘lib hisoblangan. Zaratushtraning dini vaqt o'tishi bilan asta-sekin turli xalqlar orasida tarqalar ekan, o ‘z asosini saqlagan holda biroz o ‘zgaradi. Ahuramazda va Axriman xudolaridan tashqari. Avesto bir qator boshqa ulug‘ xudolar faoliyati haqida ham hikoya qiladi. Mitm, Xouma, Anaxita, A.shi va Zurvon kabilar shular jumlasidandir. Bohu Manax (oliyhimmat fikr) chorvaga, Ashi Bahishta esa olovga homiylik qiladi va h'okazo. 0 ‘tmishning eng ahamiyatli dinlaridan bo‘lgan zardushtiylik diniy-falsafiy ikkilikni (dualizmni), qadimgi urf-odatlar va tarixiy rivoyatlami o ‘ziga singdiradi va bundan tashqari zardushtiylik, p?.yg‘ambar Zaratushtradan oldingi davrlarga oid qadimgi qabilalarning falsafasi va dunyoqarashlarini ham o‘z ichiga oladi. Zardushtiylik Sosoniylar davrida (milpdning III—VII asrlari) uzil- kesil rasmiylashgan. Bu davrda zardushtiylikning adabiyoti ham keng tarqaladi. Shuni aytish kecakki, dastlabki paytlarda zardushtiylik dinining muqaddas matnteri avlodlardan ogfzaki etkazilgan va Zaratushtra o'limidan keyin bir necha asr o‘tgach ma’lumotlar to‘planib yagona yozilgan. Zardushtiylaming muqaddas kitobi Avesto shu tariqa yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardushtiylik an’analariga tayanib Avestoni ilk sosoniylar (III-IV asrlar ) davriga bog‘lasalar-da, shunga qaramaylining birinchi tahriri mil. avv. I asrlarda bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi.
Avesto jumlasi ham o ‘sha paytda paydo bo‘lgan bo‘lib, u o‘rta fors tiluln «apastak»; ya’ni «asos», «asosiy matn» degan ma’noni bildiradi. Musulmonlarda Qur’on, nasroniylarda Bibliya bo‘lganligidek, Avesto —’ zardushtiylik dinining matnlari to‘plamidir. Bu to‘plamlar turli vaqtlarda va turli joylarda vujudga kelgan. Eronda islom dini qabul qilingach, Avestoning katta qismi yo‘q bo‘lib ketadi. Bizgacha uning kimdalik diniy amaliyotlari uchun zarur bo‘lgan matnlarigina yetib kelgan xolos. Bng qizig‘i Badevdat bo'lib, to‘plamning ma’nosi - «devlarga qarshi qonun» demakdir. U kohinlar majmui bo‘lib, poklanish marosimlari (|oidalari, gunohlami yuvish va saxovatli bo‘lish, har xil urf-odat i|tiidalari, shu bilan birga dafn etish marosimlari haqidagi bo‘limdir. Zardushtiylik murakkab va g ‘oyat o ‘ziga xos dafii marosimini
ishlab chiqdi. Avestodagi yerga, suvga, olovga o‘likni tekizib harom i|ilishni qat’iy taqiqlash — uning asosini tashkil etadi. Kimki insonni yoki itni yerga ko‘msa, katta gunoh qilgan hisoblanib, bu gunohi ucliun «otning qamchisi» bilan 500 marta urilgan. Inson yoki itaing o‘ligi ko‘milgan yerga bir yilgacha ekin ekish taqiqlangan. Demak, zardushtiylaming qonunlariga ko‘ra, jasadni yerga ko‘mish, suvga tashlash, gulxanda qo‘ydirish man qilingan. Shuning uchun ham jasadni zardushtiylar uydan, manzilgohdan, shahardan, tuproqdan, muqaddas olovdan, suvdan chetlashtirib uni toshli va qumli tepaliklarga yoki boshqa maxsus joylarga olib borib qoldirishgan. Yil davomida qor va yomg‘ir suvlari murda suyaklarini yuvib, ularni quyoshning muqaddas nuri yana tozalagandan so‘ng, maxsus odamlar — «go‘rkovlar» («ristokashlar») zardushtiylaming ochiq qabristonlariga kelib, tozalangan suyaklarni qishloq - shaharlarga olib kelishgan. Faqat shundagina, murakkab dafn marosimlaridan keyin, suyaklami yerga ko‘mish yoki maxsus xonalarda, sopol idishlarda va tobutchalarga saqlash mumkin edi. Bidevdatda bu suyak saqlanadigan joy «isdona» deb yuritiladi, undan qadimgiroq pahlaviy matnlarda esa «ostadon» deyiladi. Uning tarjimasi haligacha aniq emas va ikki xil ma’no beradi. Ayrim olimlaming fikricha, isdona - ostodan, sopol tobutga - ossuariy bo‘lib, ular 0 ‘rta Osiyo qadimgi yodgorliklarida tez-tez; uchrab turadi. Ayrim tadqiqotehilar, jumladan В. B. Xenning bu so‘zni «Yer ostidagi sag‘ana» deb tarjima qilgan. Mil. aw. VI—IV asrlarga oid ossuariylar 0 ‘rta Osiyo hududidan
ko‘plab topilgan. Dafn marosimi bilan alohida odamlar guruhi shug‘ullangan bo‘lib, ulami «ristokash», ya’ni «iflos va toza bo‘lmas odamlar» deb hisoblashgan. Ular olov va suvdan 30 m uzoqlikda yurishlari kerak bo‘lgan. Shuningdek, ular odamlarga 3 m gacha yaqin yurmasligi lozim bo‘lgan. Umuman zardushtiylik ta’limoti, yer, suv, havo va olovni muqaddas deb hisoblagan. Bu an’analardan ba’zilari (suvga tupurmaslik va peshob qilmaslik, nikoh to‘ylarida kelinni olovdan aylantirish va hokazo) bizgacha saqlanib qolgan. VII-VIII asrlarda arablar 0 ‘rta Osiyo va Eronni bosib olgach, bu hududlarda Zaratushtra ta’limoti yo‘q qilinib islom dini yoyildi, zardushtiylaming katta qismi XVIII asrda Hindistonga ko‘chib o ‘tadi. Hozirgiiikptida; zafdushtiylikka sigfinuvchi-xalqlar faqat Hindiston va Eronda yashashadi- Zaratushtra o‘z zamonasida ham va undan keyin tarixiy: shaxs bo‘lib qoldi. U yaratgan ta’limot esa ma’lum muddat deyarli butun Sharqqa va 0 ‘rta Osiyoga yoyilib, ko‘pchilik davlatlar diniga aylandi. Umuman olganda, Zaratushtraning diniy-falsafiy aqidalari va ta’limoti umg‘ qabilachilik va yakkaxudolikka sig‘inishni targ‘ib qiladi hamda unda adolat, mehnat va mehnatsevarlik, halollik, yaxshilik, yomg‘lik, oliyhimmatlik, bag‘rikenglik va ezgulik haqidagi olqishlar asosiy o'rinda turadi. Ayniqsa, Zaratushtraning ma’naviy-axloqiy
ta’limotida yaxshi fikr (gumata), yaxshi so‘z (gugta) va yaxshi ish (gvorishta) ga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Zaratushtra ta’limotida odamlaming teng huquqli bo‘lib yashashi, bir-biriga yaxshi munosabatda bo‘lish, bir-biriga yordam berish targ‘ib qilinadi hamrda adolatsizlik, shafqatsizlik, zo‘ravonlik va tabiatga bemehrlik qattiq qoralanadi. Zaratushtraning asosiy g'oyalarida dunyodagi barcha ishlar yaxshilik va yomonlik, yomg‘lik va zulmat o ‘rtasidagi.:kurashlarga bog‘lab talqin qilinadi.Avesto kitobidan o‘rin olgan 0 ‘rta Osiyo hududida yashagan qabilalar va elatlaming eng qadimgi davrdan boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy luiyoti, diniy va dunyoviy mafkurasi, dunyoni bilish haqidagi tushunihalari, urf-odatlari, ma’naviy-madaniy rivojlanishiga doir ma’lumotlar katta ahamiyat kasb etadi. Zardushtiylik ta’limotida Ahuramazda azaldan mavjud bo‘lgan hamda abadiy iloh sifatida alohida o ‘ringa qo‘yiladi. Shu sababdan Avestoda barcha ezgulik va yorug‘lilc Ahuramazda tomonidan yarntilganligi ta’kidlanadi. Zaratushtra ta’limotining jamiyat va insoniyat luraqqiyotidagi eng muhim va diqqatga molik bo‘lgan tomoni shunilaki, unda butun tabiatni — yer, suv, daraxt, o ‘simlik va jonivorlami o'/ozlash, yerga ishlov berib, sug'orib, bog‘-rog‘lar va ekinzorlar barpo etish, chorvachilikni keng yo‘lga qo‘yish, suv va olovni muqaddas tuI ish shart bo‘lgan. Shunday qilib zardushtiylik ta’limoti yaxshilik va ezgulik g‘oyalari Mian sug‘orilgan bo‘lib, bu ta’limot yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg'ularini uyg‘otadi hamda kishilami komilikka, yaratuvehanlikka, undaydi.
Avestoning eng qimmatli tomonlaridan biri - u 0 ‘zbekiston xalqlari t|udimgi tarixi o‘rganishda muhim manba hisoblanadi! Avestoni to‘plam holda to‘plagan olim Anlcetil Dyupperon (Fransiya) bd‘lib, u XVIII asrnlng o‘rtalarida bu muqaddas kitobni Hindistondagi Gujarat viloyatidan yaratiradi va fransuz tilida chop ettiradi. Tadqiqotehilar pai quyidagi 'llsmlardan iborat deb hisoblashadi: - «Yasna» - «qurbonlik keltirish», *« \'asht» - «qadrlash», «Bidevdat» - «devlarga qarshi qonunlar», «Bisprat» - «barcha hukmdorlar». «Yasna»dagi 72 ta bobdan 17 tasi puyg'ambar Zaratushtraga tegishli. Ular - «Gota»lar nomli «muqaddas i|i)*Nhiqlar» yoki madhiyalardir. Midevdatda 0 ‘rta Osiyodagi viloyatlar va davlatlar haqida qo‘yitlngicha ma’lumotlar beriladi: «Men, Ahuramazda eng yaxshi yerlar va mamlakatlar orasida birinchi b oiib Banxvi Daiti bo‘yida (ko‘pchilik liidt|iqotchilar uni Amudaryo deydilar — B. Eshov) Aryanam Bayjoni yuratdim, shttnda o ‘lim keltiruvchi Anxro Manyo... devlar va qishni yanildi... Men Ahuramazda yaxshi yerlar va mamlakatlar orasida ikkinchi bo‘lib Sug‘diylar yashaydigan Gava makonida asos soldim». Shnndan so‘ng Mourn (Marg‘iyona), Bahdi (Baqtriya) Nisaya (Parfiyti), Xarayva (Hirot), Boixa-Girta (Kobul atroflari), Avrara (Tus), Xiyrmun (’Hilmend Vohasi) lcabilar eslatiladi. Hammasi bo‘lib Avestoda 16 ta mamlakat - viloyat tilga olingan bo‘lib, ulardan Gava,, Bahdi,
Nisaya va Mourn aniq lokalizatsiyaga ega. Qolganlari esa hozircha qaysi hududlar ekanligi taxmin qilinadi. Ba’zi olimlar, Aleksandr Makedonskiy qadimgi forslar sulolasini tor-mor etganidan so‘ng Avestoning eski qismlari y o ‘q qilingan deb hisoblashadi. Ammo, Parfiya podshosi Bologez I davrida (milodniiig 51-78-yillari) bu kitobning qolgan-qutgan qismlari to‘planadi vu keyinroq tahrir qilinadi. Avestoning eng qadimgi qismlari keng hududda joylashgan jamiyatni tasvirlab, bu jamiyat haqida yozuvsiz zamonlarga oid tasavurlarni ham saqlashgan. Avesto kitoblari turli xil ma’lumotlami o ‘z ichiga oladi. Shular jumlasidan qadimgi geografik tushunchalar - daryolar, tog‘lar, ko‘llar nomlari, hududiy-etnik qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi mamlakatlaming ro‘yxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy va siyosiy tuzum, diniy nasihatlar, zardushtiylaming falsafasi, dunyo tarixi rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar va boshqalardir. Olimlaming e’tirof etishlarieha, Avesto Sharq xalqlari qadimgi davrlarini tadqiq etishda hozirgacha muhim manba bo‘lib, u o‘zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoldi. Bu kitob dastawal e’tiqodlar, tillar va dinlar, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanish bosqichlari haqidagi ilk to‘plam hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiyot rivojlanishining umumiy doirasida bo‘lib o‘tgan. Avesto ma’lumotlarini arxeologik materiallar bilan qiyosiy o ‘rgangan olimlaming fikricha, mil. aw. II ming yillikning o ‘rtalariga kelib 0 ‘rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotida o ‘zgarishlar sodir bo‘lib, davlatchilikning ilk ko‘rinishi shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi yirik vohalami jadallik bilan o‘zlashtirishi natijasida chorvador ko‘chmachilikdan o ‘troq dehqonchilikka o‘ta bshlaydi. Bu esa keyinroq Baqtriya, Xorazm, Marg‘iyona, Parfiya, Sug‘diyona kabilarda davlatchilik tizimining vujudga kelishiga asos bo‘lgan edi. Misol uchun, Avestoning «Bandidod»
kitobida Oliy xudo Ahuramazda yaratgan o‘n oltita mamlakat (o‘lka) ning hududiy - ma’muriy, siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid ma’lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra davlatni, kavi ya’ni, boshqamv tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi shaxs (podsho) boshqargan. 0 ‘z hududida, davlatni boshqarish huquqi sulolaning bir vakili qo‘lidan lnchisiga meros sifatida o ‘tishi diniy va dunyоviy jihatdan ashtirilgan. Avesto davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida ma’lumotlar lit'imli, Bu ma’lumotlarga ko‘ra, mil. avv. VII—VI asrlarda Q‘rta Osiyo fcftilyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo‘lib, har bir oila 0'rliiclia 5 -6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxal oila a’zolari hisoblangan. Katta oila esa 20-25 kishidan tashkil topgan. Jamoalar Itnyolida urug‘chilik tuzumining ayrim xususiyatlari saqlanib qcilgan. Kullii oila a’zolari tomonidan x o ‘jalikni tashkil etish, yerga birgalikda Igulik qilish va umumiy turar joyda - uy-qo‘rg‘onlarda yashash odati yuqoridagi fikr dalilidir. Davlataing boshqaruv tizimi oilalar yoki uy-joy birlashmasi -ii 11 mana» yoki «dmana», katta oila oqsoqoli — «nmanapati», urug‘ boshlig‘i - «vis», katta qishloq oqsoqoli «vispati», qabilii boshlig‘i - «zantupati», viloyat hokimi — «daxyupati», bir necha
vlloyatlar hokimi — «daxyusastar» mamlakat hokimi - «kavi»lardan tashkil topgan. Avestoda oila, urug‘ va qabila boshlig‘ini anglatish liohun «pati» so‘zi ishlatilgan. «Kavi» yoki «sastar» mamlakatni lilora qilgan shaxsga nisbatan ishlatilgan. Avestoning Yasht kitobida iiuyidagicha ma’lumot bor: «Ko‘p yaylovlarga ega bo‘lgan Mitrani biz ulug‘laymiz. Unga hech kim yolg‘on gapira olmaydi: uyda oila
boshlig‘i, urug‘ oqsoqoli, qabila y o ‘lboshchisi va mamlakat hokimi yolg‘onchi bo‘lsa, g ‘azablangan Mitra butunlay oilani, urug‘ni, qabilani, mamlakatni va ulaming boshliqlarini ham tamoman y o ‘q qiI ud i .» Ayrim tadqiqotehilar ilmiy tahlillarga asoslanib Avestoda tasvirlan-дап va 0 ‘rta Osiyo hududida shakllangan ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelish jarayonini quyidagi uch davrga ajratishadi: Birinchi davr — eng qadimgi davr bo‘lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat hukmron bo‘lgan. Ikkinchi davr — yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o‘rtasidagi adolat uchun kurash davom etgan. Uchinchi davrda - aql-idrok va adolat tantana qilib, dehqonlar badavlat, davlatning siyosiy va qonunchilik tizimi mustahkam bo‘lgan. A. S. Sagdullayev uzoq yillik qiyosiy tadqiqotlar asosida Avesto davri davlat boshqaruvini quyidagicha izohlaydi: Boshqaruv tizimi Avesto tushunchalari Uy qo‘rg‘on jamoasi Uy egasi «Nmanopati» Qishloq jamoasi Qishloq oqsoqoli «Bispati» Tuman — bir necha qishloq jamoalari Oqsoqollar kengashi «Xanjamana» Viloyat (bir necha tuman) Viloyat hokimi «Dahyupati» Mamlakat Mamlakat hokimi «Kavi» Shuningdek, olimning fikricha, Avestoning Yasht kitobida keltirilgan ma’lumotlar 0 ‘rta Osiyoda qabilalar siyosiy birlashmasining tarkib topgan davrlariga mansub bo‘lishi mumkin. Avesto davrida xususiy mulk quyidagilardan iborat bo‘lgan: uy-joy, chorva, tomorqa yerlari, ishlab chiqarish qurollari, barcha ro‘zg‘or va shaxsiy buyumlar, oziq- ovqat mahsulotlari. Avesto kitoblarida qadimgi chorvachilik va dehqonchilik hayoti haqida ma’lumotlar turli qismlarda saqlangan bo‘lib ularda shunday deyiladi: «Biz Ahuramazdani ulug‘laymiz, Ahuramazda yaratgan barcha narsaning ichida eng muhim bo‘lib, birinchi o ‘rinda chorva turadi. Biz chorvaga tinch o ‘tlov va yemish ta’minlashga chaqiramiz». Yoki Bidevdat kitobida dehqonchilik savob ish ekanligi ta ’kidlangan: «Kim agar chap va o ‘ng qo‘li, o‘ng va chap qo‘li bilan bu zaminga ishlov bersa, O. Spitama Zaratushtra, u yerga manfaat keltiradi». Ta’kidlash joizki, Avesto davri qabilalar va jamoalar e’tiqodlarining mukammal jahon dini darajasidagi din bilan almashayotgan davri edi. Shuningdek, bu davr tub iqtisodiy o ‘zgarishlar va ishlab chiqarishda sifatiy olg‘a siljishlar davri bo‘lganligi bilan ham izohlanadiki, bu holat ierarxik tuzumga ega bo ‘lgan davlatchilik hamda urbanizatsiyaning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, kasbiy hunarmandchilik, birinchi galda metallurgiyaning rivojlanishiga imkoniyat yaratgan edi. Mis, bronza, keyinroq temiming paydo bo'lishi ishlab chiqarishdagi katta o‘zgarishlarga, jumladan hunarmandchilikning maxsus tarmoqlarga ajralishiga va mahsulot ayirboshlashga olib keldi-ki, bu jarayon 0 ‘rta Osiyo qadimgi shahar va qishloqlarining rivojlanishiga, ziroatkor va chorvador aholi turmush-tarzining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Avr lo ko'pgina ma’lumotlar qatori metallurgiya sohasida erishilgflli yiiliik\Inr haqida ham ma’lumotlar beradi. Bunga Avesto xudolarining qurol yarog‘lari misol bo‘la oladi. Masalan, zardushtiylaming
4 titloli«'ridan biri Mitra «oltin arava»da tasvirlanib, qo‘lida dan yasalgan, tilla bilan qoplangan, yuz tig‘li va yuz zarbal, сии kuchli va eng zafarli» bolta ushlab turadi.
Oila yoki jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o ‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh hisoblangan. Yashtning X bobida bu xususda shunday diyilgan: «О, Spitama, shartnomani buzuvchi kishi, butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga, Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur yetkazadi. O, Spi-
tama ahdingni buzma...». Zaratushtra «kuch va imkonim boricha men odamlami haqiqat «asha»ga chorlayman» deya, ulug‘ xudo Ahuramazdaga qasamyod qiladi. «Asha» - tartib, imon va adolat timsoli bo‘lib, unga yaxshi niyat, yaxshi so‘z va savobli ishlar bilangina erishish mumkin bo‘lgan. Avesto kitoblarida keltirilishicha, «bir-birini qo‘llovchi ikki qadrdon do‘st o ‘rtasida tuzilgan ahdnoma yigirma qirrali kuchga ega; bir ikki a’zosi o‘rtasida tuzilsa, o‘ttiz baravar kuchga ega; ikki huiii I um o'rtasidagi ahdnoma qirq bor o‘z kuchini saqlaydi; er va xotin ahdnoma ellik darajali kuchga ega; ikki ummat orasidagi iilliliiuiiui oltmish karra kuchga ega; ustoz va shogird shartnomasining ming karralik kuchi bor; kuyov va qaynota ahdnomasi to‘qson karralik kuchga ega; ota va o‘g‘il o‘rtasidagi tuzilgani yuz karra, ikki kishining o'rtasidagi tuzilgan shartnoma ming karra kuchga egadir». Taddqiqotchilar bundan shunday xulosa chiqaradilarki, oila va jamiyat axloqiy va huquqiy munosabatlar (xonadon egasi va oila a’zolari, er va xotin, ota va o‘g‘il, kuyov va qaynota, qo‘shnilar o‘rtasidagi) teng bo‘lib ular, yolg‘on, zo‘ravonlik va nohaqlikka qarshi qaratilgan Shu bilan birga, Avesto ta’limoti oltita ahdnomaga (qasam yoki Rtlblutga) rioya qilishga (so‘z, qo‘l, qo‘y, sigir, odam, viloyat qasami) chaqiradi. Avestoda jinoyat va jazo masalalari har tompnlama tartibga solinganligini kuzatish mumkin. Misol uchun, jinoyatlar quyidagi turlarga bo’lingan: dinga qarshi jinoyat, shaxsga qarshi jinoyat, hayvonlarga qnrshi jinoyat, mulkka qarshi jinoyat, tabiatga qarshi jinoyatlar kabilardir.
Shaxsga qarshi harakatlar ichida qurol olib tahdid solish, birovni knllaklab hushidan ketkazish, unga jarohat etkazish, qonini oqizish, Huyagini sindirish, boshini yorish kabi harakatlar qattiq jazolangan. Mullciy jinoyatlardan o ‘g ‘rilik, firibgarlik, talon-toroj, bosqinchilik, qurzdorlik kabilar Avestoda gunoh hisoblangan. Unga ko‘ra, «kimda kim qarzni o ‘z egasiga qaytarmasa, uning bu amali o‘sha omonatni o‘g‘irlagan bilan barobar bo‘ladi». Olingan qarzni o ‘zlashtirish ham jinoyat hisoblangan. Dinga qarshi jinoyatlar, qasddan qilingan jinoyatlar va takroriy jinoyatlar uchun ayniqsa qattiq jazolar belgilangan. Birovni qasddan urib, uning qonini to‘kkan kimsani, ellik qamchidan to‘qson qamchigacha savalashgan. Shuningdek, agar kimki birovni urib suyagini sindirsa, jinoyatchiga nisbatan otning terisidan yasalgan qamchin bilan, yetmishdan to‘qson qamchigacha urish jazosi belgilangan. Avesto oilani, farzandlami, uy-joyni asrab-avaylashga chaqiradi: «kimning uyi bo‘lsa, u uysiz bexonumon odamdan yaxshiroqdir». Oila va jamiyatdagi, xususan m a’lum xonadon egasi va oila a ’zolari, cr va xotin, ota va o‘g ‘il, kuyov va qaynota, qo ‘ni-qo‘shnilar o'rtasidagi axloqiy va huquqiy munosabatlar keng qamrovli b o iib , ular y olg‘on,
zo'ravonlik va nohaqlikka qarshi qaratilgan. Nohaqlik va jinoyatga to‘siq qo‘yish, ulaming oldini olish maqsadida Avesto qonunlari inson va jamoaning huquqiy nazorat qilishga qaratilgan.
Avestodagi diniy - falsafiy va madaniy ta ’limot, davlatchilik va qonunchilik tizimi o'sha davrdagi jamiyat va fuqarolaming huquqiy origi va madaniyatini boyitishda muhim ahamiyatga ega bo ‘lgan edi. Ushbu muqaddas,kitobda yuksak axloq, pokiza vijdon, marhamatlilik, bag‘rikenglik, insonlarga va ona zaminga nisbatan doimiy g‘amxo‘rlik targ‘ib etilgan. Avestoni asosini tashkil etgan bunday tushuncha, y o ‘l-
yo‘riq, komil insonga xos fazilatlar, qat’iy xulosa va fikrlar davlatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy qudratini oshirib, uni yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Bu muqaddas kitobning o ‘sha davrdagi qadr-qimmati hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolganligi shubhasizdir.



Download 63.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling