O‘zbekiston sivilizatsiyasi haqida ma’lumot


Ibtidoiy tasviriy san’at. Bronza davri yutuqlari Yozuv haqida yangi ma’lumotlar. Ilk shaharlarning paydo bo‘lish jarayonlari


Download 63.92 Kb.
bet3/5
Sana30.01.2023
Hajmi63.92 Kb.
#1140513
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Topshiriq Kamola Tilakova

3. Ibtidoiy tasviriy san’at. Bronza davri yutuqlari Yozuv haqida yangi ma’lumotlar. Ilk shaharlarning paydo bo‘lish jarayonlari
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan g‘orlaming devorlariga turli tasvirlar tushirish so‘nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniyadagi Altamir g‘ori). 0 ‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo‘ladi. Neolit davriga kelib, bu san’at yangi asosda rivojlanish bosqichiga o‘tadi, Kaltaminor, Hisor, ayniqsa, Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning namunalari topilgan. Q‘tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va 0 ‘rta Osiyoning tog‘li tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xildir. Bu holatda bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, Altamir g‘ori (Ispaniya), ikkinchi xillari esa uribio'yib ishqalash, Hayvon tasviri, chizish usuli bilan ishlangan rasmlir (petrogliflar) keng tarqalgan. 0 ‘lkamizdagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko'ksaroy, Takatpsh, Teraklisoy, Xo‘jakent kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Mazkur joylardagi qoyatoshlarda 0‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayypnot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular buqalar, sherlar ya yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo'rilar, bug‘u va jayronlar
kabilardir, Rasmlar orasida o‘q-yoy, qopqon- kaJji ,narsalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari 'mazmunan boy va man/arasi jjhatdan xilma-xildir. Unda odamlar, ov, yirtqioh hayvonlar to‘qnashuvlari manzaralari tasvirlangan. Zarautsoydagi hayvonlarni ovlash manzaralari.Respublikamizdagi eng qadimgi rasmlar Zarautsoyda bo‘lib (Surxoridaryo), bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni mil. aw. VIII—IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g‘oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Undan tashqari, qoyatosh suratlari mazmun va manzaralarining boyligi bilan ajralib turadi va ular keng tarqaladi. Ushbu suratlaming ishlanish uslubi
'< Hiihi xil bo‘lib, arxeologik yodgorliklaming bir turi hisoblanadi. Ularning nш/Inun va manzarasi ma’nosidan kelib chiqib, ibtidoiy yoki qadimgi davr kishilarining xo‘jalik hayoti, hayvonlarni ov qilish, qo‘lga kiritish va xonakilashtirish, chorvachilikni paydo bo‘lisMari haqida tasavvurlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Ayni paytda qoyatosh fltaniluri o'ziga xos san’at asari bo‘lib, ular orqali biz ibtidoiy va qadimiygl odamlaming san’ati, estetik iste’dodi o‘sha davr nuqtai nazaridan yili|0li darajada bo‘lganligini bilib olishimiz mumkin. Toshkent vohasi qoyatosh tasvirlari G‘arbiy Tyanshandagi eng ko'p tarqalgan qadimgi san’at turi hisoblanadi. Bu hudud shu kabi tarlxly yodgorliklarga nihoyatda boy bo‘lib, hozirgi vaqtda ulaming soni Ш mlngdan oshadi. Ular mavzulaming turli-tumanligi, yuqori badiiy Initijusi, manzaralarining originalligi va ajoyibligi bilan ajralib turadi, Tnehkent vohasidagi ayrimpetrogliflar Markaziy Osiyoda mashhur hisoblanadi. Ofziga xos va betakror qoyatosh suratlariga Xo‘jakent, Qoraqiyasoy, Boshqizilsoy, Chotqol, Ohangarpn kabilar kiradi. Ushbu yodgorliklardagi; qoyatosh rasmlarining xronologik. Sanasi - eneolit - bronza davridan antik davrgacha boradi. Mazkur suratlar nui/mun va mavzu jihatdan ancha boy va rang-barangdir. Ular orasida ot, it, tuya, qo‘y, echki, tog‘ takasi,.arxar, bo‘rif tulki, qoplon kabi hayvonlar tasvirlari, shuningdek ma’nosi hozirgacha noma’lumfe bo‘,lgan turli shakl va belgilar saqlanib qolgan. Ta’kidlash lozimki, rasmlar orasida yakka holda, to‘da holda va raqsga tushayotgan holatda, biror-bir odatni ijro etayotgan kishilarning tasvirlari ham uchraydi. Respublikamizning tog‘li hududlarida keng tarqalgan qoyatosh Huratlarini o‘rganish katta ilmiy ahamiyatga ega. Chunki, ular ham boshqa moddiy manbalar qatori qadimgi ajdodlarimizning turmush-tarzi, ijtimoiy hayoti, madaniyati va san’ati, diniy tasavvurlari haqidagi muhim manba hisoblanadi. Qoyatosh suratlarining ahamiyati yana shundaki, ular 0 ‘rta Osiyo, xususan 0 ‘zbekistonnihg hayvonot dunyosi tarixini, hayvonlaming xonakilashtirilishi, chorvachilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixini o‘rganishda keng imkoniyatlar
ochib beradi. Ko‘pchilik tadqiqotehilar flkriga qaraganda, bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo‘lgan. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Eronning Janubi-G‘arbida mil aw. Ill—II ming yillik-ning boshlarida rivojlangan jamiyat keng raynaq topadi. 0 ‘rta Osiyoda bronza davri mil. aw. Ill ming yillik o‘rtalaridan I ming yillikning boshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotchilaming fikr­
lariga qaraganda bronza asri uchta xronologik davrga: ilk, rivojlangan va so‘nggi bronza davrlariga bo‘linadi. 0 ‘rta Osiyoning Shimoliy va Sharqiy hududlarida mavjud bo‘lgan bronza davri yodgorliklari madaniyati Janubiy hududlardagi o‘troq madaniyatdan ajralib turadi. 0 ‘zbekiston hududida bronza davrida asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalarning moddiy-madaniy yodgorliklari Xorazmda 50 dan ziyod ochilgan bo'lib, ular fanda Tozabog‘yob madaniyati nomi bilan mashhurdir. Bu madaniyatga! mansub sopol buyumlar Qozog‘iston va Sibir hududlaridan topilgan sopol buyumlarga ancha o‘xshab ketsa-da, o‘ziga xos xususiyatlari bilan Sharqiy Yevropa fchorvadorlari yaratgan bronza davri Yog‘ochband madaniyatidan, Qozog‘iston va Sibirdagi Andronovo madaniyatidan bam farq qiladi. Bunga asosiy sabab, tozabog‘yobliklar orasida dehqonchilik keng tarqalgan; Tozabog‘yob madaniyatiga oid makonlaming ayrimlaridan qadimiy mozorlar (Ko‘kcha), ko‘pchiligidan esa yarim yyerto‘la shaklidagi uy-joy qoldiqlari ochilgan. Ulardan zeb-ziynatlar, hayvon suyaklari, sopol idishlar, toshdan va bronzadan ishlangan qurollar ,
topilgan. Tozabbg‘yob sopol idishlari asosan qo‘lda ishlangan. Xorazmdagi so‘nggi bronza davriga oid yodgorliklar Amirobod madaniyati nomi bilan mashhur bo‘lib mil. aw. IX-VIII asrlarga oiddir. Bu madaniyat sohiblari Tozabog‘yob madaniyati xususiyatlaiini saqlab, yarim yerto‘la turar joy, sug‘orish inshootlari izlari va qo‘lda yasalgan sopol idishlar bilan izohlanadi. Amirobod madaniyatiga oid qator yodgorliklar ochilgan bo‘lib, ular orasida eng yaxshi saqlangan va boy arxeologik materiallar byergani Yakka-Parson 2 makoni hisoblanadi. Makonni qazish vaqtida 20 ga yaqin yerto‘la tipidagi turar joyiar ochilgan. Yodgorlikdan g‘alla o‘ralari, omborlar, o‘choq, bigiz va ko'plab hayvon suyaklari topilgan. Sopol idishlar qo‘lda yasalgan. QUyi Zarafshonning bronza davri yodgorliklari Zamonbobo madaniyati nomi bilan ataladi. Bu davrga mansub yodgorliklar orasida Zamonbobo ko‘li yoqasidan topilgan qadimgi qabriston ayniqsa diqqatga sazovordir. Qabrlialr yakka va juft qabrlar bo‘lib dafii etish jarayonida ko‘mish marosimlariga amal qilingan. Qazishmalar jarayonida erkaklar qabrlaridan o‘q-yoy poykonlari, pichoqlar, pichoqsimon tosh qurollar va turli shakldagi sopol idishlar; ayollar qabrlaridan sopol idishlar, ko'zgu, upadon, surmadon kabi pardoz buyumlari va yarim toshlardan turli shaklda ishlangan munchoq va matjonlar chaylasimon kulbalarda istiqomat qilib dehqoncihlllk va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. Topilgan ko‘plab fRfhiiut qurollari, boshoqli o‘simliklar qoldiqlari va hayvonlar suyaklari ihutidltl dalolat beradi. Shuningdek, zamonboboliklar jamoasida hududiy chorvachilikning turli tarmoqlari, xususan kulolchilik, bronzani eritib har xil ashyolar yasash, ayniqsa, toshni ishlash texnikasi ancha rivojlangan. Zamonbobo madaniyati Janubdagi o‘troq dehqonchilik jamoalari dehqonchiligi bilan kun kechirgan Buxoroning tub aholisiga muiiMubdir. Bronza davrida Bpxoro vohasining daryo adoqlarida dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ilk qUhloqlar paydo bo‘lib, ular yarim yerto‘la va shox-shabba engil chaylalardan iborat turar joylardan tashkil topgan. Bularda uy hunarmandchiligining misgarlik, toshtaroshlik, to‘qimachilik kabi turlari mavjud bn'lsa-da, ammo hali ular kasb-hunaming rivoj topgan darajasiga yetib bormagan edi. 0‘zbekistonning Janubidagi bronza davri yodgorliklari qadimgi sug‘orish hududlari - Ulonbuloqsoy, Sherobod, Bandixon va Mirshodida topib tekshirilgan. Ular Sopolli madaniyati nomi bilan mashhurdir. Sopollitepa Sherobod cho‘lida joylashgan bo‘lib, uch qator mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan yirik qishloq bo‘lgan. Uning umumiy
maydoni 4 gektarga yaqin. Yodgorlikda uzoq yillar tadqiqotlar olib borgan A. Asqarovning fikricha, Sopollitepa mustahkam asosda qad ko‘targan bo‘lib, quyidagi ajralib turuvchi belgilariga ega: ikki qismli tuzilish - mustahkam markaziy qism va uning atrofida mustahkamlanmagan maskan; uncha katta bo‘lmagan maydoni; asosiy qismning aniq rejaviy tuzilishi; sakkizta turar joylar qismlarining markazlashuvi va ulaming yo‘laklar bilan ajralib turishi; bo‘lma (otsek)lari bo‘lgan himoya devorlari. Undan tashqari, kulolchilik va metallga ishlov berish hunarmandchiligi hamda dehqonchilikning yetakchi mavqega ega bolishi ham Sopolitepa uchun xosdir. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida shakllangan. Sopollitepa - bronza davridagi daryodan kechuv yo‘lini himoya qiluvchi mustahkam oldingi istehkom (forpost) sifatida paydo bo‘lgan. Keyinchalik o‘troq dehqonchilik jamoalari Shimoliy chegaralarining kengayishi munosabali bilan Sopollitepa o'zining ilgarigi ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va bo‘shab qoladi. Asosiy markaz vazifasi esa, tog‘ darasidan chiquvchi yo‘l
ustidagi mustahkam qal’a sifatida paydo bo‘lgan Jarqo‘tonga o‘tadi. Sopollitepa. Bronza ко‘zgu.. Sopollitepa. Bronza idishlari. Mil. aw. II ming yillikning o'rtalariga kelib Jarqo‘ton o‘sha hududlardagi dehqonchilik bilan shug'ullaixuvchi aholi qabilalari uyushmalarining mustahkam istehkomiga aylanadi. Aynan mana shu istehkom orqali Hisor tog‘oldi vohalari va Janubiy Tojikistonning G‘arbiy hududlariga Shimoldagi aholining ko‘chisblari bo‘lib o‘tadi. Du hududlardan topilgan yodgorliklar topografiyasi va ulami davlatlashtirish ushbu jarayon izchillik bilan bo‘lib o'tganligini ko‘rsatadi. Bu jarayonning rivojlanishi mil. aw. П ming yillikning ikkinchi yarmi Amudaryoning
o‘ng qirg‘og‘idagi o‘troq dehqonchilik turmush-tarzi kechimvchi aholi manzilgohlarida aholi sonining o‘sishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti uchun ham keng imkoniyatlar yaratdi 0‘zbekiston hududida chorvador qabilalarga mansub bronza davri
ijabristoni Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog'ida ham topilgan. Quyi Qashqadaryo Gujayli qabristonidan ehorvachilik va dehqonchilik qabilalalariga tegishli bo‘lgan ashyolar, Farg‘ona vodiysi Yangiariq hududida dehqonchilik buyumlari va dehqonchilik bilan bog‘liq qoyatosh ^uratlar, Chustdan hunarmandchilik va dehqonchilikka oid buyumlar ko‘plab topilgan. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida dehqonchilik madaniyatining taraqqiyoti mil. aw. II ming yillikning oxirgi choragida boshlanadi. Bu madaniyat fanda birinchi topib o‘rganilgan joy
nomi bilan Chust madaniyati deb nomlangan. Davriy jihatdan Chust madaniyati yodgorliklari ikkiga bo‘linadi va birinchi bosqich mil. aw. ХП- IX asrlar, ikkinchi bosqich keyingi asrlar bilan sanaladi. Qadimgi Farg‘ona dehqonlari ko‘p hollarda suv manbalari atroflarida o‘z makonlarini bunyod etishgan. So‘nggi yillarda Farg‘onadagi bronza davri aholisining yemi haydab dehqonchilik qilganlari haqida yangi ma’lumotlar
olindi. Xususan, Farg'ona tog1 tizmalaridagi Soymalitosh hamda So‘x yaqinidagi Yangiariqsoy qoyatosh suratlarida qo‘sh yordamida yeiga ishlov berayotgan inson tasviri aniqlangan. Umuman, Farg'ona vodiysida Chust madaniyatining 80 dan ortiq yodgorliklari hisobga olingan. Bu davrda hunarmandchilik sohasida ham katta yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Xususan, kulolchilik charxida tayyorlangan sopol idishlar keng tarqaladi. Bunday idishlar qo‘lda ishlangan sopollardan ancha farq qilib, asosan dehqonchilik madaniyati uchun xosdir. Kulolchilik charxining hunarmandchilikka keng kirib kelishi sopolchilik ishlab chiqarishi yangi texnikasining yaratilishiga sabab bo‘lib, keyinchalik ixtisoslashgan hunarmandchilikka o‘tishining asosiy omillaridan biri bo‘lib xizmat
qildi. Mil. aw. II ming yillikka kelib 0 ‘zbekistonning dasht hududlariga chorvador qabilalar kelib o‘masha boshlashadi. Ulaming makonlaridan topilgan moddiy manbalar
Janubiy Qozog‘istonning cho‘llaridagi Andronov madaniyatiga o‘xshab ketadi. Dasht qabilalari tarqalganligidan, ayniqsa, sopol idishlar, metall buyumlar va chorvador qabilalarga mansub qadimgi qabrlar tuzilishi dalolat beradi. Bu o‘rinda tadqiqotehilar bronza davridayoq 0 ‘rta Osiyo hududlarida ma’lum darajada etnik madaniy jarayonlar bo‘lib o‘tgan degan fikrni ilgari surishadi. Bronza davrining xo‘jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri qadimgi dehqonchilikning keng yoyilisbi ya mil. aw. II ming yillikda chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Metall qurollar qadimgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirgani tufayli 0 ‘rta Osiyo dasht va tog‘oldi hududlarida yashagan aholi boshqa aholidan (dehqonlardan) ajralib chiqadi va asosan chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu tarixiy jarayon - kishilik jamiyati taraqqiyotidagi dastlabki yirik mehnat taqsimoti edi. Ibtidoiy jamiyatning asosiy belgilari bu davr manzilgohlarini o‘rganib, bu davrda ikki xil madaniyat hukmdorligi deyish mumkin. Birinchisi - qadimgi qabilalar dehqonchilik qulay yerlarga joylashib yuksak dehqonchilik madaniyatini yaxshilagan bo'lsalar, ikkinchisi - xuddi birinchi madaniyat sohiblari darajasidek ishlab chiqaruvchi kuchlarga ega bo‘lgan holda dasht va tog‘oldi
yaylovlarda chorvachilik madaniyatini yaratishgan.
Bronza davri 0‘rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lib o‘tdi. Urug‘chilik tuzumi bu davrda ham davom etdi. Ammo, bu davrda ona urug‘ning mavqei yo‘qolib bordi. Metall eritish va xo‘jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnat ahamiyatga ega bo‘lib bordi. Natijada jamiyat taraqqiyotida dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va chorvachililming rivojlanishida erkaklar
yetakchilik qila boshladilar. Xotinlar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste’mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum qolishdi. Ushlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo'liga o‘tadi va ona urug‘i tuzumi o‘rnini ota urug‘i (partriarxat) tuzumi egallaydi.Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, neolit davriga kelib «hisorlik» ovchilar kichik va yirik daryolar vohalarini, Boysuntog' va Ko‘hitanggacha bolgan tog' va tog‘oldi hududlarini o‘zlashtirishadi. Bronza davriga kelib esa bu hududlarda boshqa ko‘rinishga ega bo‘lgan hamda o‘ziga xos xo‘jalik shaklidagi yangi madaniyatlar shakllana boshlaydi.Ushbu madaniyat sohiblari yashagan maskanlardan biri Sopollitepa bo‘lib, bu yodgorlik Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududida, Ko‘hitangtog‘dan oqib tushuvchi kichik daryoning qadimgi irmog‘i
bo'yida joylashgan. Sopollitepa paydo bo‘lgan soy mahalliy, aholi orasida O‘lanbuloqsoy deb ataladi.: Janubiy 0‘zbekiston hududlarida hozirgi kunga qadar aniq bo‘lgan eng qadimgi o‘troq dehqonchilik jarayonlari, tadqiqotchilaming fikricha, quyidagi beshta asosiy bosqichga bo‘linadi:
Sopollitepa bosqichi - mil. avv. 1700-1500
Jarqo‘ton bosqichi — mil. aw. 1500-1350
Ko‘zali bosqichi - mil. ayy. 1350-1200
Molali bosqichi - mil. aw. 1200-1050 .
Bo‘ston bosqichi — mil. aw. 1050-900
Ushbu bosqichlarning sanalari tadqiqotchilar tomonidan maxsus tahlil etilib, ilmiy jihatdan asoslangan (A. Asqarov). .
Sopolli madaniyati hukm surgan davr tarixiy-madaniy jarayonlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mil. avv. II ming yillikda Amudaryoning o‘ng va chap qirg‘og‘ida ко‘pchilik tadqiqotchilaming fikricha ikkita: Sopolli madaniyati va Dashti madaniyati yoki Sopolli-Dashtli madaniyatining ikki xil ko‘rinishi keng tarqaladi.Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida shakllangan Sopollitepa-bronzal davridagi dastlabki o‘troq dehqonchilik qishlog‘i hisoblanadi. Ammo,keyinchalik, asosiy markaz vazifasi Jarqo‘tonga o‘tadi. Jarqo'ton yodgorligi Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Sherobod daryosining ko‘hna o‘zani Bo‘stonsoy yoqasida joylashgan. Ushbu yodgorlikdan 1973-yildan boshlab uzluksiz olib borilgan tadqiqot ishlari natijasi­da bu hududlarda ro‘y bergan urbanizatsiya jarayonlariga ko‘plab aniqliklar kiritish imkoniyati paydo bo‘ldi. Xususan, Jarqo‘tondagi 100 gektardan kam bo‘lmagan hududdan arki a’lo, shahriston, ulkan ibodatxona qoldiqlari, metall erituvchi pechlar, 20 gektar qabriston, ko‘plab moddiy madaniyat buyumlari topib o'rganilgan. Undan tashqari, Jarqo‘ton hududida olib borilgan tadqiqotlar ko‘hna shaharning paydo bo‘lib rivojlangan sanasini aniqlash hamda ushbu hududlarda yuz bergan tarixiy-madaniy jarayonlami bir necha bosqichlarga ajratib o‘rganish imkoniyatini berdi.Ushbu tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Jarqo‘tondagi qadimgi shahar hayoti dastlab uch bosqichga, ya’ni Jarqo‘ton (mil. aw.1500-1350), Ko‘zali (mil. aw. 1350-1200) va Molali (mil. aw. 1200-1000) bosqichlariga bo'linadi. Keyinroq, Jarqo‘tonning qarama-qarshisida, Bo‘stonsoyning o‘ng sohilida o‘rganilgan yodgorliklardagi tadqiqotlar natijasida Molali bosqichini ikki fazaga, ya’ni Molali-(mil. aw. 1200 -1000) va Bo‘ston (mil. aw. 1000-900) fazalariga bo‘lib o'rganish imkoniyati paydo bo‘ldi.Olib borilgan tadqiqotlar tahlilidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mil. aw. II ming yillikning o‘rtalariga kelib Jarqo‘ton o‘sha hududlarda dehqonchilik bilah shug‘ullanuvchi aholi qabilalari uyushmalarining mustahkam istehkomiga aylanadi. Aftidan, aynan mana shu istehkom orqali Hisor tog‘oldi vohalari va Janubiy Tojikistonning G‘arbiy hududlariga Shimoldan aholining ko'chishlari bo‘lib o‘tadi. Aynan mana shu hududlardan topilgan yodgorliklar topografiyasi va ulami davrlashtirish ushbu jarayon izchillik bilan bo‘lib o‘tganligini ko‘rsatadi. Undan tashqari, yana shu narsa ham ma’lumki, bu jarayonning rivojlanishi mil. aw, II ming yillikning ikkinchi yarnii Amudaryoning o'ng qirg‘og‘idagi o‘troq dehqonchilik turmush-tarzi kechiruvchi Oholi manzilgohlarida aholi somning o‘sishi va ishlab chiqaruvchi kiiohlaming taraqqiyoti uchun ham keng imkoniyatlar yaratdi, Bronza davri Janubiy 0 ‘zbekistonning o‘troq jamoalari dehqonchilik madaniyati rivojining yangi darajasiga o‘tadilar. Agar Sopollitepada joyashlashgan o‘ylangan reja bo‘yicha qurilgan shaharmonand (protogorod) nlng belgilari ko‘zga tashlansa, Jarqo‘ton esa, 0 ‘zbekiston hududlarining ilk shahar rivojining boshqacharoq namunasini aks ettiradi. E. B. Klveladzening fikricha, Jarqo‘ton bir necha qishloqdan iborat bo‘lib, uning hududi aholining turli guruhlari tomonidan bosqichma-bosqich o'zlashtirilgan. Olimning hisoblashicha, shahar tizimining rivoji ma’lum sxemada bo‘lib o‘tgan: ilk qishloq, yoki qishloqlar guruhi hoharmonand - shahar. Bronza davri Janubiy 0 ‘zbekiston hududlarida yashagan o‘troq
dehqonchilik jamoalari jamiyat taraqqiyotin&g yuqori pog'onasida bo‘lib, ibtidoiylikning so‘nggi bosqichidan sivtlizatsiyaga o‘tadilar. Ushbu sivilizatsiyaning boshlanishi shaharmonand (protogorod) belgilami o‘ziga aks ettirgan Sopollitepa bo‘lgan bo‘lsa, Jarqo‘ton 0 ‘zbekiston hududlaridagi ilk shaharlaming yorqin misoli edi. Sherobod vohasidagi shu davrga oid Jarqo‘ton majmuiga kiruvchi maskanlar guruhini esa shahar-davlat yoki davlatlar bilan qiyosiy solishtirish mumkin. Yoki hech bo‘lmaganda, mil. avv, II ming yillikning so‘nggi choradagi Shimoliy Baqtriya hududlarida yirik va mustahkamlangan markazlarga ega bo‘lgan, nom yoki voha ko‘rinishidagi davlatlaming boshlanish bosqichida bo‘lgan hududiy-siyosiy birlashmalar shakllana boshlagan degan g‘oyani ilgari surishimiz mumkin. Ko‘pchilik tadqiqotchilaming e’tirof etishlaricha, o‘ziga xos taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgan ilk shaharsozlik rivoji zanjiriga Farg‘ona vodiysi ham kiradi. Vodiydagi o‘zida ilk shaharsozlik belgilarini aks ettimvehi (katta maydon, murakkab tuzilishi va mudofaa tartibi, alohida ark, hunarmandchilik markazi va boshq.) arxeologik yodgorliklar ha­
qidagi konsepsiya 1973-yildayoq Yu. A. Zadreprovskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi. Shundan so‘ng ushbu masala yuzasidan ayrim mulohazalar bildirgan bo‘lishiga qaramay, yuqoridagi konsepsiya hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. So‘nggi yilllarda olib borilgan arxeologik-paleogeografik tadqiqotlar natijasida Farg‘ona vodiysi qadimgi davrining inson va tabiatl o‘rtasidagi munosabatlariga ko'pgina aniqliklar kiritildi. Farg‘onalik qadimgi bobodehqonlar sug‘oriladigan yerlami o‘zlashtira borib, qator sifatlari ya’ni, awalo, tuproq ekologik sharoitlari bilan farqlanib turadigan hududlarda joylashishadi. Ular tabiiy landshaftlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishlari natijasida o‘zlariga zarur bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishgan. Sun’iy sug‘orish va yerga, ishlov berish bilan birga suv cho‘kindilari ham hosildorlikni oshirib borgan. Farg‘ona vodiysidagi qadimgi ziroatchilaming makonlari suvga yaqin joylardagi unumdor yerlaming o‘zlashtirilishiga qarab alohida voha' yoki guruh tarzida (ikki va undan ortiq yodgoriik) joylashgan. Buningi isboti sifatida keyingi 50-yil ichida vodiyda o‘rganilgan Chust madaniyati yodgorliklari tartibiga kiruvchi manzilgohlaming joylashish tizimini keltirib o‘tish mumkin. Ana shunday vohalar Farg‘ona vodiysida 5 ta geografik rayonda topib o‘rganilgan. Bular G‘ovasoy, Kosonsoy,. Aravansoy, Chortoqsoy va boshqalardir. Qadimgi dehqonchilik vohalarini har biridagi yodgorliklar o‘lchamlari hamda joylashishishga ko‘ra ma’lum o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi tadqiqotehilar tomonidan aoiqlangan. Ushbu vohalarda i&tiqomat :;qilgan aholi o‘ziga xos dehqonchilik jamoalarini tashkil etgan. Har bir voha ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan hamda ulaming birlashuvidan dehqonchilik markazlari paydo bo‘lgan. 0 ‘rta Osiyoning boshqa hududlari bilan qiyosiy tahlil etgan Yu. A, Zadneprovskiyning fikricha, qadimgi Farg‘ona dehqonchilik markazlari bilan birga 0 ‘rta Osiyoning ko‘pgina hududlarida dehqonchilik markazlari paydo bo‘ladi, Bularga Yoz, Yashilli (Turkmaniston), Kuchuktepa, Chiroqchi, Burguluk, Chust (0 ‘zbekiston), Shahriston (Tojikiston) va boshqa dehqonchilik markazlari kiradi. Ushbu bir-biriga o‘xshash dehqonchilik markazlari orasida davriy jihatdan nisbatan qadimgisi Chust yodgorliklari hisoblanadi. Chust madaniyati yodgorliklari tartibiga kiruvchi asosiy katta manzilgohlar Palverzintepa, Chust, Ashqoltepalar Farg‘ona vodiysidagi o‘zida ilk shaharlarsozlik belgilarini aks ettiruvchi yodgorliklar hisoblariadiw^ynan Dalverzintepa va Chustning atrofi himoya devorlari
bilan.,o‘pto olingan bo‘lib, ularda bulondor yashaydigan ark ajralib turadi. Ko’p yillik tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, Dalver- Vttltopuda yashaydigan aholi uni ueh qismdan iborat qilib qurgan. Har biri alohida mudofaa devorlari bilan o‘ralgan hamda ulaming o‘z Vd/llnsi bo‘lgan. Dalverzintepa hududining 18 ga turaj: joylar, 5 ga - B v f tug'ilgan paytda atrof aholi jon saqlaydigan boshpana qismi, 2 ga M i maxsus alohida ajratilgan qism bo‘lib, bu yerda hukmdorlar yashinhgan. Demak, Dalverzintepa puxta o‘ylangan reja asosida. qurilgan punkti bo‘lib, ushbu yodgorlikda ilk shaharsozlikning deyarli hamma belgilari aniqlangan.

Download 63.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling