“Mikroprotsessor texnikasi asoslari” fanidan mustaqil ish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1562977
  1   2   3   4   5
Bog'liq
jasur mikroprotssesor (tayyor)



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‟LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI 
« KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI»
fakulteti «E va A» kafedrasi 
“Mikroprotsessor texnikasi asoslari” fanidan 
 
 
MUSTAQIL 
ISH 
 
 
Mavzu: Mikrоprotsessorli sistеmаlаrdа qo‟llаnilаdigаn xоtirа
qurilmаlаri. 
 
 
Gurux:
 
61-20

Tayyorladi:
 
 
Turdimatov J. 
 
Qabul qildi:
 
Mirzayev S. A. 
 
 


Mavzu: Mikrоprotsessorli sistеmаlаrdа qo‟llаnilаdigаn 
 xоtirа qurilmаlаri 
 
Reja: 
 
1. Mikrоprotsessorlаr xаqidа аsоsiy tushunchаlаr. 
2. Mikrоprotsessorli sistеmаlаrdа qo‟llаnilаdigаn xоtirа qurilmаlаri. 
3. Zаmоnаviy mikrоprotsessorlаr. 
 


Mikrоprotsessorlаr xаqidа аsоsiy tushunchаlаr. 
Mikroprotsessor 
Kichkinagina hajmga ega bo‘lsa-da (5x5 sm.), aytish mumkinki, u eng 
asosiy «yuk»ni o‘z zimmasiga oladi. Demak, tanishing – markaziy protsessor! 
Xo‘sh, protsessorning o‘zi nima? Avvalo shuni aytib o‘tamizki, nafaqat 
kompyuterlar, balki deyarli barcha elektron qurilmalar: telefonlar, zamonaviy 
konditsionerlardan tortib kir yuvish mashinalarigacha protsessor qurilmasiga ega. 
Protsessor sanab o‘tilgan elektron qurilmalarning, xususan, kompyuterning 
«miyasi» hisoblanadi. Protsessor shunday qurilmaki, u kompyuterdagi dastur 
kodlarini «o‘qiydi», kompyuterning asosiy funksiyalarini aniqlab beradi va 
axborotlarni qayta ishlaydi. 
Protsessor elektron mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadi. U yaxlit bitta 
qismli yoki bo‘lak–bo‘lak qismlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. 
«Protsessor» atamasi ba'zan «mikroprotsessor» deb ham ataladi. Protsessorlar 
tarkibiga ko‘ra tranzistorlardan iborat bo‘ladi. Bugungi kunda ishlab 
chiqarilayotgan protsessorlar o‘z ichiga millionlab tranzistorlarni o‘z ichiga oladi. 
Bu tranzistorlardan elektron mantiq qurilmalari va yuqori texnologiyali boshqa 
elektron qurilmalar hosil qilinadi. 


Shaxsiy kompyuterning ichida turli xil vazifalarni bajaradigan ko‘pgina 
protsessorlar mavjud. Har bir qurilma – xoh videokarta bo‘lsin, tizim shinasi 
bo‘lsin yoki boshqasi bo‘lsin, ularning har biri o‘zining protsessoriga ega. 
Protsessorlar o‘zi joylashgan qurilmaning ishlashini, unga kelayotgan va u 
uzatayotgan axborotlarning ketma-ketligini, kelayotgan buyruqlarni nazorat qiladi. 
Shuningdek barcha arifmetik va mantiqiy amallarni, ya'ni hisoblashlarni amaga 
oshiradi. 
Protsessor ishlash prinsipi shunday: u tezkor xotiradan ma'lumotlarni qabul 
qilib oladi, qayta ishlaydi va mazkur ma'lumotlarni yana tezkor xotiraga joylaydi. 
Protsessor bajarayotgan amallar aslida juda kichik ketma-ketliklardan iborat 
bo‘ladi. Hattoki, biz bilgan «2+2=4» ni protsessor bira to‘la hisoblamaydi. Oldin 
o‘zaro qo‘shilayotgan ikkita sonni «elab oladi», so‘ngra ushbu ikkita sonni 
qo‘shadi, keyin natijani chiqaradi. Demak, o‘rtacha to‘rtta amal bajariladi. Bu juda 
«mayda» ish, lekin uni protsessor juda katta – sekundiga bir necha ming, million 
amal tezligida bajaradi.
E'tibor bergan bo‘lsangiz, kompyuterda protsessor nomi oldida MGs yoki 
GGsda berilgan o‘lchamlar yozilgan. Ular protsessorning ishlash tezligini 
anglatadi. Protsessor 1 sekundda bajaradigan amallarning soni protsessorning takt 
chastotasi deyiladi. Takt – bajariladigan bitta amal. Protsessorning ishlash 
chastotasi megagers va gegagerslarda o‘lchanadi, takt chastotasi qancha yuqori 
bo‘lsa, markaziy prsessor ham shuncha tez ishlaydi. 1 gers – 1 sekundda bitta amal 
bajarilishini bildiradi, 1 megagers – 1 sekundda 1 millionta amal, 1 gegagers esa – 
1 sekundda 1 milliard amal bajarilishini anglatadi.
Hozirga kelib yuqori samaradorlikda ishlay oladigan, takt chastotasi 3 gegagers 
(3 GGs – 1 sekundda 3 milliard amal) bo‘lgan markaziy protsessorlar mavjud. Bu 
– juda yaxshi ko‘rsatkich. Ammo unga erishish protsessor ancha katta energiya 
talab etadi va, ushbu energiya tufayli, yaxshigina «ter to‘kish»iga to‘g‘ri keladi. 
Ha-ha, hayron bo‘lmang, xuddi tirik jon kabi, protsessor ham ishlash jarayonida 
qizib ketadi. Shunday ekan, aytilgan samaradorlikka erishish uchun protsessorni 
doimiy ravishda sovitib turish kerak bo‘ladi. Doimiy sovitish ikki xil usulda 


amalda oshiriladi. Birinchisi radiatorlar yordamida bo‘lib, bu passiv usul 
hisoblanadi. Ikkinchisi ventilyatorlar (kuler) yordamida bo‘lib, bu aktiv usul 
sanaladi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling