Ish va energiya nima? Energiya
Download 16.55 Kb.
|
fizika 20
Ish va energiya nima? Energiya soʻzi hayotda koʻp qoʻllanadi. U, koʻpincha, ancha erkin qoʻllanishiga qaramay, maxsus maʼnoga ega. Energiya bu jismning ish bajara olish qobiliyati. U moddiy emas. Energiyani turli koʻrinishda saqlash va oʻlchash mumkin. Biz, koʻpincha, odamlar energiya isteʼmoli haqida gapirayotganini eshitamiz, ammo aslini olganda, energiya hech qachon yoʻq boʻlib qolmaydi.U shunchaki ish bajarish jarayonida bir turdan boshqasiga oʻtadi. Biz uchun energiyaning baʼzi turlari boshqalari kabi foydali emas. Masalan, "quyi darajali" issiqlik energiyasi. Energiya manbalari, masalan, koʻmir, neft, shamolning isteʼmoli haqida soʻz yuritish aynan energiya isteʼmoli haqida gapirishdan koʻra toʻgʻriroq. Maʼlum bir tezlikda harakatlanayotgan oʻq tezlik bilan bogʻliq oʻlchash mumkin boʻlgan energiyaga ega; ushbu energiya kinetik energiya deb ataladi. Bu energiya unga porox tomonidan kimyoviy potensial energiya hisobiga ish bajarish orqali berilgan. Stakanda turgan issiq qahva mikrotoʻlqinli pech tomonidan bajarilgan ish natijasida oʻlchash mumkin boʻlgan issiqlik energiyasiga ega va oʻz navbatida, pech elektr tarmogʻidan elektr energiyasini olgan. Hayotda energiya bir turdan ikkinchi turga oʻtkazilganda uning bir qismi doimo yoʻqotiladi, masalan, issiqlik yoki tovush koʻrinishida. Masalan, odatiy yoritish chiroqlari elektr energiyasining 3% ini yoritishga sarflaydi va odam isteʼmol qilgan ovqatidagi kimyoviy energiyaning taxminan 25% ini ish bajarishga sarflaydi. Download 16.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling