Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat. O‘rta podsholik
davrida ko‘p sonli byurokratik boshqaruv apparati qayta tiklan- di. Uning boshida «xudo Radan kelib chiqqan», uning yerdagi soyasi fir’avn turar edi. U mamlakatda tanho hokim edi. Ammo o‘rta podsholik fir’avnlari nom (yunoncha – viloyat) boshqaruvi- ni, mahalliy nomarxlarni (nom hokimi) markaziy hokimiyatning to‘la nazoratiga ololmadilar. Fir’avn Senusert (1887–1850-yil- lar), uning o‘g‘li Amenemxet III (1850–1806-yillar) bir qancha merosiy nomarxlarni o‘z kishilari bilan almashtirishga urinib ko‘rdilar. Ammo bu harakat nomarxlarning jiddiy qarshilikla- riga uchradi. Amenemxet I ning aslzodalarning o‘zboshimcha- liklariga qarshi qat’iy kurashi uni o‘z yotoqxonasida suiqasd qilinishiga sabab bo‘ldi. Ko‘rinishidan Amenemxet II (mil.avv. 1911–1879-yillar) fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan. Fir’avnlar- ning sag‘analari endi ko‘rimsiz loydan barpo qilinib, kamtarona tusda bo‘ldi. Nomarxlarning qoyalarga o‘yilgan sag‘analari pay- do bo‘ldi. Fir’avnlar eski aslzodalarning mavqeini pasaytirish- ga urinib, davlat mansablariga o‘rta qatlam vakillarini tayinlay boshladilar. Xizmatdagi zodagonlar moddiy jihatdan podshoga to‘la qaram edilar. Amenemxet III davrida amaldorlardan biri bolalariga nasihatnomasida podshoni ko‘klarga ko‘taradi va o‘g‘illarini unga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi. Chun- ki «podsho – bu yemish» deb uqtiradi u. XII sulola fir’avnlari hokimiyatning merosiyligini kafolatlash maqsadida o‘z o‘g‘il- lari bilan birgalikda hukmronlik qilish an’anasini kiritadilar. Fir’avn hokimiyati faqat Amenemxet III (mil.avv. 1860–1806-yil- lar) davridagina to‘la mustahkamlanadi. Mil.avv. 2000–1775-yillarda XII sulola fir’avnlari mamlakat- ni barqaror holatga keltirdilar. Ular faol ichki va tashqi siyosat yuritib, Misrni kuchli davlatga aylantirdilar. Fayum vohasini o‘zlashtirish davom etdi. Nubiyadagi boy oltin konlari ishlati- 37 la boshlandi. Nubiyada yangi yo‘llar, qal’alar qurilib, bu yerga Misrdan aholi ko‘chirilib keltirildi. Nilning har ikki qirg‘og‘ida, ikkinchi ostona hududida Semna va Kumna nomli mustahkam qal’alar qurildi. Nubiya amalda Misrning provinsiyasi bo‘lib qoldi. Sharqiy O‘rtayer dengizi hududlaridan kumush, quri lish yog‘ochi (asosan kedr yog‘ochi) olib kelindi. Finikiyaning bir necha shaharlari Misrga qaram bo‘ldi. Ammo mil.avv. XVIII asr o‘rtalarida O‘rta podsholikning zaiflashuv alomatlari ko‘rina boshladi. Mamlakatda mil.avv. 1750-yillar atrofida kuchli g‘alayonlar boshlandi. Bu haq- da «Ipuser so‘zlari», «Neferti so‘zlari» kabi yozma manbalar aniq ma’lumot beradi. Mamlakatda XIII sulola vakillari bilan bir vaqt da mustaqil hukmronlik qiladigan bir necha markazlar vu- judga keldi. Misrning yagona davlat sifatida yemirilishining bi- rinchi belgisi – deltaning g‘arbiy qismida, markazi Ksois shahri bo‘lgan XIII sulola bilan bir vaqtda hukmronlik qilgan va unga bo‘ysunmagan XIV sulolaning paydo bo‘lishi edi. Bu voqea mil. avv. 1700-yillar atrofida yuz berib, bu O‘rta podsholik davri- ning tugashini bildiradi. Bu voqeadan yangi II O‘tish davri (mil. avv. XVI asr boshlari) boshlanadi. Bu vaqtda Misr chegaralari- da ko‘chmanchi qabilalar mamlakat xavfsizligiga tahdid sola boshladilar. Ayniqsa, janubiy Falastin va Sinay yarimorolida tashkil topgan ko‘chmanchi giksos qabilalari ittifoqining del- tani sharqiy qismiga bostirib kirishi halokatli bo‘ldi. Mil.avv. III asrda yashagan kohin Manefon o‘zi ning «Misr tarixi» asari- da giksoslarni «cho‘ponlar-podshosi» deb tilga oladi. Misrliklar ularni «shasu» («ko‘chmanchilar», keyinchalik arab mualliflari asarlarida amalikitlar) deb ataganlar. Giksoslar Misrni bosib olib, Shimoliy Misrda deltaning shar- qiy qismiga Avaris (Xat-Uart-misrcha) shahrini poytaxt qildilar. Ular o‘zlari bilan Misrga otlarni va jang aravalarni olib keldilar. Giksoslar Misr xudolaridan chet el mamlakatlari homiysi hi- soblangan Setiga alohida e’tiqod qildilar. Bosqinchilar uyush- magan edilar. Shu sababli, yagona davlat barpo qila olmadilar. Giksoslarga bo‘ysunmagan Fiva hokimlari nisbatan mustaqil bo‘lib qoldilar va chet elliklarni haydab yuborish uchun kuch to‘play boshladilar. Misr tarixida giksoslar shartli XV–XVI su- lolalar (1710–1580-yillar) sifatida belgilanadi. Ular mamlakatni qariyb 150 yil boshqardilar. Fiva hokimlari giksoslarni mamlakatdan haydab chiqarishga boshchilik qildilar. Mil.avv. XVI asr o‘rtalarida podsho Yaxmos 38 I giksoslarni tor-mor qildi. Avaris shahri, janubiy Falastindagi giksoslar tayanchi Sharuxen qal’asi ishg‘ol qilindi. Giksoslarn- ing haydalishi bilan Misr tarixida Yangi podsholik (mil.avv. 1584–1075-yillar) davri boshlandi. Yaxmos yangidan Misrni birlashtirgan XVIII sulola asoschisi bo‘ldi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling