Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Qadimgi Misr tarixini davrlashtirish
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Qadimgi Misr tarixini davrlashtirish. Tarix fanida man-
ba va adabiyotlar atroflicha ilmiy tadqiq qilingan holda qadimgi Misr ta rixi ilmiy asoslanib davrlashtirilgan. Qadimgi Misr tarixi mil.avv. IV ming yillikning II yarmidan davlat va sinfiy jamiyat- ni paydo bo‘lishidan mil.avv. VI asrda Misrning Ahamoniylar davlatiga qo‘shib olingan davrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Qadimgi Misr tarixi quyidagi davrlarga bo‘linadi: 1. Sulolalargacha bo‘lgan I davr (mil.avv. IV ming yillikning I yarmi). Urug‘chilik munosabatlarining yemirilishini boshla- nishi. 2. Sulolalargacha bo‘lgan II davr yoki Gerzey davri (mil.avv. V ming yillikning II yarmi). Ijtimoiy tengsizlikning paydo bo‘lishi, ilk sug‘orish inshootlarining paydo bo‘lishi, ilk nom birlashma- larining tashkil topishi. Davr oxirida Yuqori va Quyi Misr dav- latlarining paydo bo‘lishi. 3. Ilk podsholik. I-II umummisr sulolalarining boshqaruvi. Yagona umummisr davlatining paydo bo‘lishi (mil.avv. XXXI– XXIX asrlar). 4. Qadimgi podsholik davri. III–VI sulolalar hukmronligi (mil. avv. XXVIII–XXIII asrlar). Piramidalar qurilishi, sun’iy sug‘o rish tizimining shakllanishi, markazlashgan davlat apparatining mavjudligi, fir’avn hokimiyatining kuchayishi. 23 5. O‘tish davri (VII–VIII sulolalar, XXIII–XXI asrlar). Yagona Misr davlatining nomlarga parchalanishi. 6. O‘rta podsholik davrida markazlashgan Misr davlatining qayta tiklanishi. XXI – XVIII asrlar, XI–XIII sulolalar boshqa- ruvi. 7. II O‘tish davri (XIV–XVI sulolalar, XVIII asr oxiri – XVI asr boshlari). Misrning zaiflashuvi. Giksoslar hukmronligi davri (XV–XVI sulolalar). Giksoslar bilan bir vaqtda Fiva hukmdorlari (XVII sulola, XVII asr) hukmronligi. 8. Yangi podsholik davri. XVIII–XX sulolalar hukmronligi (mil. avv. XVI–XI asrlar). Misrning Old Osiyoda eng qudratli davlatga aylanishi. Iqtisodiyot, fan va madaniyatning gullab-yashnashi. 9. III O‘tish davri (XXI sulola, XI–X asrlar). Misrning tush- kunligi. 10. So‘nggi podsholik davri. Misr chet elliklar hukmronligi ostida (XXII–XXV sulolalar, mil.avv. IX–VIII asrlar). Misrning Sais nomarxlari (XXVI sulola) davrida tiklanishi (mil.avv. VII–VI asrlar). 11. Misrning Eron tomonidan bosib olinishi va Eron davlati- ga qo‘shib olinishi (XXVII–XXX sulolalar, mil.avv. VI–IV asrlar). Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling