Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: 1998-yil.
2. История Древнего Востока. /Под редакции В.И.Кузищина. 
– М.: 2002.
3. История Древнего Востока: тексты и документы / Под ред. 
В.И.Кузищина. – М.: 2002.
Asosiy sanalar
Mil.avv. IV ming yillikning II yarmi Ilk davlatlarning paydo bo‘lishi.
Mil.avv. II ming yillik o‘rtalari
Yaqin Sharqning turli hudud-
lari o‘rtasida aloqalarning o‘rna- 
tilishi.
Mil.avv. I ming yillik
Qadimgi Sharq dunyosi yaxlit- 
ligining vujudga kelishi. 
Mil.avv. II ming yillik
Oriy qabilalarining tarqa lishi.
Mil.avv. IV asrning 30-20-yillari Qadimgi Sharq tarixining so‘ng- 
gi davrining Aleksandr yurish- 
lari bilan tugashi.
Milodiy III–V asrlar
O‘rta Osiyo, Hindiston va Uzoq
Sharq mamlakatlari tarixida an- 
tik davr.


15
QADIMGI MISR TARIXINI O‘RGANISH 
QADIMGI MISRDA DAVLAT VA JAMIYATNING PAYDO 
BO‘LISHI
1. Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari. 2. Misr-
shunoslik fanining rivojlanishi. 3. Qadimgi Misr tarixini 
davrlashtirish. 4. Mamlakat va aholi. 5. Ilk Misr jamiyati va 
davlati. 
1. Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari. Qadimgi Misr 
tarixini o‘rganish uchun qadimgi Misrning zamonamizgacha 
saqlanib kelgan ko‘pgina yozma yodgorliklari katta ahamiyat-
ga egadir. Yozma manbalardagi ma’lumotlar moddiy madaniyat 
yodgorliklarini ko‘p jihatdan to‘ldiradi. Bu ma’lumotlar qadimgi 
zamondagi misrliklar hayotini, texnika, san’at va diniy e’tiqod-
ning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik dunyo muallifla-
rining qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o‘tgan asarlari-
dan Misr tarixiga oid ko‘p ma’lumot larni olish mumkin. Garchi 
yunon va rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va madaniyati 
haqida ba’zan bir qator qimmatli ma’lumotlar qoldirgan bo‘lsa-
lar ham, lekin ularning ma’lumotlari tanqidiy ra vishda jiddiy 
o‘rganishni talab qiladi.
Qadimgi Misr tarixi turli xil manbalar orqali o‘rganiladi. Bu 
manbalarni asosan yetti turga bo‘lish mumkin: 
1)
Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy-adabiy, ilmiy, 
diniy matnlar, hujjat va yo‘riqnomalar.
2)
Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal’a, ibodatxo-
na, piramida, sag‘ana, uylar, sopol idishlar, haykallar va h. k.
3)
Xalq og‘zaki ijodiyoti: qo‘shiq, ertak, maqollar, afsona, 
axloqiy-etnik asarlar.
4)
Etnografiya, etnologiya ma’lumotlari.
5)
Antropologiya ma’lumotlari: mo‘miyo, skelet, freska, re-
lyeflarda odamlarning jismoniy tuzilishini o‘rganish mumkin 
bo‘lgan tasvirlar.
6)
Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo‘llar.
7)
Lingvistika ma’lumotlari.
Yozma manbalar: qadimgi Misr tarixiga oid xilma-xil yozma 
manbalar mavjud. Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha 


16
bo‘lgan fir’avnlarning ro‘yxati sanab o‘tilgan va yirik harbiy yur-
ishlar hamda Nil toshqinlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Aton 
va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak ibodatxonasi) devorlari-
da yozilgan «Tutmos III annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma 
manbalardan biri hisoblanadi.
Kohin Manefon podsho Plolemey II Filadelf (mil. avv. 283–
246 yillar) buyrug‘i bilan qadimgi Misr tarixini yunonlar uchun 
yozadi. Uning asarida Misr tarixi eng qadimgi davrdan boshlab 
bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro‘yxatini tuzib, ularni uch 
dekada va 10 sulolaga bo‘ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilar-
ni Misr tarixining eng muhim davrlarini aniqlashlari uchun, 
jumladan, qadimgi Misr tarixini qadimgi, o‘rta, yangi va so‘nggi 
podsholik davrlariga bo‘lish imkoniyatini berdi. Misr arxivlari 
huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. Eng qa dimgi 
arxiv podsho Neferikara ibodatxonasidan (V sulolasi, mil.avv. 
XXV-XXIV asr) topilgan. Eng boy arxivlardan biri Yangi podsho-
lik davrida Amenxotep qurgan yangi poytaxt Axetaton shahri 
(El-Amarna)ni qazishda topilgan bo‘lib, bu arxivda 350 hujjat 
mavjud. 
Qadimgi Misrdan boy adabiy meros yetib kelgan. Misr adabi-
yoti nasihatnoma va bashoratlari namunalari: «Axtoy nasihat-
nomasi», «Amenemope nasihatnomasi», «Ipuser so‘zlari». Ba-
diiy adabiyot namunalari: «Chechan dehqon to‘g‘risidagi qissa», 
«Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin. Ertaklar: 
«Ikki aka-uka to‘g‘risida», «To‘g‘ri va egri» haqida, «Kemada halo-
katga uchraganlar» ertagi, «Unu Amonning Biblga sayohati» 
(mil.avv. XI asr) kabilar. Diniy ruhdagi asarlar: V–VIII sulola 
fir’avnlari piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan tas-
virlangan yodgorliklar bo‘lib (mil.avv. XXIV–XXII asrlar), ular 
«Piramida matnlari» deb ataladi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling