Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. История Древнего Востока: учеб.пособие /А.А. Вигасин. – 2-е 
изд. Испр. –М.: Дрофа. 2007.
2. История древнего мира: Восток, Греция, Рим/И. А. Ладынин 
и др. –М.: Филол. общ-во «СЛОВО»; Изд-во Эксмо, 2004.
Asosiy sanalar
Mil.avv. VI–V ming yillik
Neolit madaniyati (Fayum, Tasiy,
Badari).
Еr.avv. IV ming yillikning
Urug‘chilik munosabatlarining 
birinchi yarmi I sulolasiga- yemirilishi. 
cha bo‘lgan (Am rat) davr. 
Еr. avv. IV ming yillikning 
Sulolaviy davrgacha bo‘l gan II bosqich
ikkinchi davri
(Gerzey davri). Ijtimoiy tabaqalanish- 
ning rivojlanishi va nom-davlatlari- 
ning paydo bo‘lishi.
Еr. avv. IV ming yillikning Yuqori va Quyi Misrning ikki podsho-
oxiri
likka birlashuvi.
Mil.avv. XXXI–XXIX asrlar Misrda ilk podsholik davri.


29
QADIMGI PODSHOLIK (MIL.AVV. XXVIII ASRNING
OXIRI – XXIII ASRLAR). O‘RTA PODSHOLIK
(MIL.AVV. 2020 YIL – XVIII ASR BOSHLARI)
1. Qadimgi podsholik davrida jamiyat va davlat. 2. O‘rta 
podsholik. 3. Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat.
1. Qadimgi podsholik davrida jamiyat va davlat. Qadim-
gi podsholik davri (mil.avv. XXVIII–XXIII asrlar)da Misr yirik 
markazlashgan davlat bo‘lib, Sinay yarim orolini qo‘shib olgan. 
Janubiy Falastin va Nubiyani o‘z ta’siri ostiga olgan.
 Misrliklar-
ning aytishiga ko‘ra, ularning tarixini eng yorqin davri III sulola-
ning eng atoqli hukmdori, Qadimgi podsholik davlatchiligining 
asoschisi Joser hukmronligi vaqti edi (mil.avv. XXVIII asr bosh-
larida). U Memfis shahrining poytaxt mavqeini tikladi. Fir’avn 
hokimiyatini kuchaytirdi, jumladan, podshoning jismi xudolar 
jismiga o‘xshab, oltindan yaratilganini anglata digan yangi un-
vonni kiritdi. 
Birinchi Misr piramidasi mil.avv. 2650-yillar atrofida Sakka-
ra yaqinlarida qurilgan. Josergacha Misr fir’avnlarini xom 
g‘ishtdan qurilgan yassi bino – mastaba (arabcha – o‘tirg‘ich)
ga dafn qilar edilar. Joserning maqbarasi ilk piramida shakli-
dagi biri ustidan ikkinchisi ustma-ust qo‘yilgan zinapoyasimon 
6 mastabadan (balandligi 60 metr) iborat bo‘lib, ohaktoshdan 
bunyod qilingan. Joser piramidasi ni Sakkara hududida saroy 
me’mori, bosh maslahatchi Imxotep qurdirgan. Joser davrida 
Imxotep ishtirokida yangi yil hisobi Sirius yulduzini tongda 
paydo bo‘lishiga asoslangan yangi taqvim joriy qilinadi. 
Piramidalarni ulkan sfinks qo‘riqlab turadi. Bu haykal odam 
boshli, fir’avn Xafraning boshi bo‘lishi mumkin. Ehtimol sfinks 
Xaf raning farmoni bilan qurilgan. U sharqqa quyosh chiqadi-
gan tomonga qarab turadi. So‘nggi 4-5 ming yil ichida uni qum 
bosgan. Mil.avv. 1419-yilda Sfinksga bitilgan yozuv haykal pan-
jalari orasida uxlab qolgan shahzoda Ramzes IV tarixini hikoya 
qiladi. Uning tushida quyosh ma’budi kelib, agar u Sfinksni 
qumdan tozalasa fir’avn bo‘lishini aytadi. Shahzoda uning ayt-
ganini qildi, shundan so‘ng u fir’avn tojini kiydi.
Joserdan keyingi fir’avnlar Memfisdan g‘arbda o‘z piramida-
larini qurdilar. Fir’avn Snofruning vorislari davrida ulug‘vor pi-


30
ramidalar qurilishi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ishga ayla-
nadi. Fir’avn Xufu mil.avv. 2566-yilda vafot etgan. Fir’avn 
Xufu (yunoncha – Xeops) o‘zi uchun asosi 230 kv.km, har 
birining og‘irligi 2,5 tonna bo‘lgan, 2,3 mln og‘ir tosh blokdan 
tashkil topgan, balandligi 147 metr bo‘lgan piramidani bun-
yod qiladi. Uning o‘g‘li Xafra (Xefren) qurgan piramidaning 
balandligi (143 m.) sal pastroq edi. Eng so‘nggi ulug‘vor pira-
mida Xafraning o‘g‘li Menkaura (Mikerin) tomonidan qurilgan 
bo‘lib, balandligi 66 m edi. Piramidalar ohaktoshlardan qu-
rilib, granit plitalar bilan qoplangan. Piramidalar quri lishiga 
yuz minglab kishilar jalb qilingan. Ular qurilish yaqini da 
bunyod qilingan shaharchada yashaganlar. Quruvchilar 
uchun ovqat tayyorlaydigan, non yopadigan yuzlab kishilar 
xizmat qilgan. Piramidalar yaqinidan non yopilgan tandirlar, 
ovqat tayyorlanadigan o‘choqlar qoldiqlari topilgan. Pirami-
da qurilishida ishtirok etgan oddiy ishchi boshqaruvchi la-
vozimigacha ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan. V sulola fir’avnlari 
(XXVI–XXV asrlar) ulkan piramidalar qurishdan voz kechdi-
lar va kichik piramidalar barpo qila boshladilar. Sulolaning 
so‘nggi vakili Unas birinchi bor o‘z piramidasi ichiga fir’avn 
o‘limidan keyin, u dunyoda yashashi bilan bog‘liq an’ana 
formulalarini keng to‘plami yozuvlarni–piramida matnlarini 
kiritdi. IV sulolaning asoschisi Snofru (mil.avv. 2600-yillar 
atrofida) Sinay va Nubiyaga g‘olibona yurishlar uyush tiradi. 
Misga boy bo‘lgan Sinay Misrga to‘la qo‘shib olinadi.
Rivoyatlarga ko‘ra, Xufu va Xafra barcha Misr ibodatxonala-
rini yopganlar hamda yangi umumdavlat Quyosh xudosi Raga 
sig‘inishni joriy qiladilar. Xudo Raga sig‘inish markazi Geliopol 
(misrcha – Iunu) shahri edi. V sulola keng hajmdagi ulkan qu-
rilishlardan voz kechdi. Ibodatxonalar ekin yerlarini hadyaga 
oldilar. V sulola davrida misrliklar Sinay va Nubiyada o‘rnashib 
qolaverdilar. Liviyada urush olib bordilar va Sharqiy O‘rtayer 
dengizi bilan savdo qildilar. Podsho Isesi davrida Baurjed nomli 
misrlik uzoq Punt (hozirgi Somali) mamlakatiga sayohat qiladi. 
VI sulola davrida (mil.avv. XXIV–XXIII asrning boshlari) tashqi 
siyosat yanada faollashadi. Uning podsho lari Falastinga qo‘shin 
tortadilar. Bibl shahri misrliklarning tayanch nuqtasiga aylana-
di. Uning hokimlari Misr unvonlarini qabul qilib, Misr xudolari-
ga sig‘inadilar. Nubiyadan misrliklar oltin olib keladilar. 
Qadimgi podsholikning gullab-yashnagan davrida fir’avn 
hokimiyati bag‘oyat qudratli bo‘lib, u nafaqat oddiy misrliklar 


31
uchun, balki fir’avnning eng yaqinlari uchun ham yetishib 
bo‘lmaydigan balandlikda turar edi (bir oliy amaldor qabr toshi 
yozuvida unga faqat podsho taxti oldidagi yerni emas, balki 
fir’avnning oyog‘ini o‘pishga ruxsat berilganini faxrlanib yoza-
di). Fir’avnning qo‘lida bepoyon yer zaxirasi, oziq-ovqat va ishchi 
kuchi to‘plangan bo‘lib, bular uning qudratli hokimiyati asosi 
edi. Xufu va uning avlodlari «Ra o‘g‘li» unvonini qabul qildilar. 
Misrning qonuniy podshosi Quyosh xudosini yerdagi ayol bi-
lan yaqinligidan tug‘iladi degan tushuncha shakllanadi. Hech 
kimga podshoni muqaddas nomini aytishga ruxsat berilmagan. 
Chunki misrliklar e’tiqodiga ko‘ra, uni nomini aytish fir’avnga 
zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan. Shu sababli, uni nomi bosh-
qacha «ulug‘ uy», «katta uy» (per-o, fir’avn so‘zi shundan ke-
lib chiqqan) deb atalgan. Fir’avn odam qiyofasidagi xudo deb 
tasavvur qilingan. U xudo Xor (Gor)ning ifodasi, xudo Raning 
o‘g‘li, u o‘limidan keyin xudo Osiris sifatida ulug‘langan va unga 
sig‘inish uchun sag‘ana-piramidalar oldida ibodatxonalar quril-
gan. Fir’avn oliy bosh kohin vazifasini ham bajargan. Fir’avnlar 
o‘zlarini ilohiy «Quyosh» bilan qarindosh ekanliklariga ishon-
ganlar va o‘zlarini samoviy hukmdor deb e’tirof etganlar. Oddiy 
xalq uchun fir’avn «katta xudo», «samo hukmdori» deb ulug‘lan-
gan. Hatto kohinlar ham fir’avnga ta’zim bajo keltirganlar. 
Fir’avn kohinlar ishtirokisiz xudoga murojaat qilishi, qurbonlik 
keltirishi va ibodatxonalarga kirishi mumkin bo‘lgan fir’avn oliy 
bosh kohin bo‘lib, uning o‘zi ham diniy qonun-qoidalarga rioya 
qilgan. Fir’avnning xususiy hayoti: oziq-ovqati, kiyimi, sayoha-
ti, poklanishi qat’iy qoidalar bilan belgilab qo‘yilgan. 
Joserning vorislari davrida fir’avn tomonidan qattiq nazorat 
qilinadigan davlat boshqaruv apparatini shakllanishi tugalla-
nadi. Nomlarning mustaqilligi tugatildi. Nomarxlar fir’avnga qa-
ram bo‘lib, bir nomdan ikkinchisiga almashtirib turiladigan oliy 
amaldorlarga aylantirildilar.
Davlat markazlashib fir’avnning 
mutlaq hokimiyati shakllanib, tarmoqlangan byurokratik bosh-
qaruv apparatiga ega edi. Boshqaruv apparatining oliy amal-
dorlari zodagonlardan bo‘lib, ularning lavozimi merosiy bo‘lgan. 
Ular fir’avn nomidan mamlakatni boshqarganlar. Barcha joy-
larda hisob-kitob ishlariga katta ahamiyat berilib, boshqaruvda 
mirzalar alohida o‘rin tutgan. Zodagon amaldorlarning o‘zlari 
mirzalik kasbini yaxshi o‘zlashtirib olganlar. Bu kasbni o‘g‘illari-
ga o‘rgatishni majburiy deb bilganlar. Zodagonlarning o‘g‘illarini 
o‘zi ko‘pincha o‘z otalarining xo‘jaligida mirzalik qilganlar. 


32
Davlat boshqaruvi uch bo‘g‘indan iborat bo‘lgan: markaziy, 
viloyat (nom), mahalliy (qishloq-jamoa). Nomlar boshqaruvi 
markaziy boshqaruvni kichikroq ko‘rinishidagi shakli bo‘lgan. 
Ko‘p hollarda nomarxlar separatizmi mavjud bo‘lgan. «Jad-jad», 
«Kanbet» atamalari qishloq jamoa kengashlari nomini bildirib, 
ular mahalliy sug‘orish tizimini kuzatish bilan birga, jamoada 
sud ishlarini ham amalga oshirganlar. qishloq jamoa kengash-
lari yuqori hokimiyatga bo‘ysundirilgan va ularning a’zolari 
kichik amaldorlarga aylanganlar. Davlat boshqaruvi tizimi 
fir’avnning tanho hukmronligiga asoslangan. Fir’avn o‘zini od-
diy xudo emas, balki «katta xudo» deb ulug‘ladi. VI sulola davri-
da podsho hokimiyati zaiflashgan vaqtda ham Misr podshosi 
barcha xudolardan ko‘ra ulug‘roq deb e’tirof etilgan. Fir’avnning 
eng yaqin yordamchisi oliy amaldor-chati (bosh vazir) bo‘lgan. U 
barcha amaldorlarga rahbarlik qilar edi. Shu ningdek, u sun’iy 
sug‘orish ishlarini tashkil etgan. Chorva mollarini nazorat qi-
lish, hunarmandlar, harbiy ish, soliq majburiyatlarini, qurilish 
ishlarini nazorat qilish ham vazirning zimmasiga yuklatilgan. 
Fir’avn oyoq kiyimini olib boruvchi lavozimidagi amaldor bir
vaqtning o‘zida qo‘shin bosh qo‘mondoni, saroy oqsoqoli, Yuqori 
Misrni boshqaruvchisi, bino quruvchi, biror-bir ibodatxonaning 
bosh kohini vazifalarini ham bajargan. Yuqori lavozimli amal-
dorlarning vazifa doiralari kengayib, qisqarib turgan. Ular faqat 
harbiy boshliq bo‘la olmaganlar. Zodagonlar yuqori lavozimlar-
ni egallagan bo‘lsalar-da, hunarlarni egallashdan tortinmagan-
lar. Ular ustaxonalarga, quri lish ishlariga boshchilik qilganlar.
Qadimgi podsholik davrida harbiy ish rivojlanadi. Qo‘shin-
ning asosiy quroli o‘q-yoy bo‘lgan. Qurol-yarog‘ zaxirasi yarati-
lib, maxsus joyda saqlangan. Ko‘ngilli qo‘shinga alohida har-
biy boshliqlar boshchilik qilgan. Qo‘shin erkin misrliklardan 
to‘planib, o‘q-yoy, nayza, kalta qilich bilan qurollangan piyoda-
lardan iborat bo‘lgan. Chegaralarda garnizonlar turgan. Qo‘shin 
asosan ko‘ngilli to‘plangan piyoda bo‘lib, fir’avnning vakolatli 
odami va harbiy bo‘lmagan mansabdor shaxslar boshchiligida 
yurishga chiqqan. Askarlar oddiy kamon va o‘qlar bilan qurol-
langanlar.
Bu davrda misrliklar qanday yashaganlar? Oddiy aholining 
uy-joylari ham oddiy bo‘lgan. Qadimgi podsholik davrida uylar 
tor bo‘lib, xom g‘isht, loydan qurilgan. Bu davrga tegishli poli 
loy bilan suvoq qilingan uylar qazib ochilgan. Qadimgi podsho-
lik davrida oddiy odamlar bellarini bir parcha mato bilan o‘rab 


33
yurganlar yoki oldingi tomonga oddiygina ola quroq lattali bel-
bog‘-kamar ilganlar va ish vaqtida, umuman, yalong‘och bo‘lib 
olganlar. Faqat ba’zilar (ovchilar, baliqchilar) gavdaning beldan 
yuqori qismini yopganlar, chunki ularning mashg‘ulotlari shuni 
talab qilgan. Yosh bolalar qip-yalong‘och yurganlar. 
Bu davrda, ayniqsa, Quyi Misrda bog‘dorchilik, poliz ekinlari 
(sarimsoq, bodring, piyoz, har xil ko‘katlar) ekilib, uzumchilik 
keng tarqalgan. Misrliklar xo‘jalik tarixida birinchi bo‘lib asala-
richilikni kashf qildilar. Lekin Misrliklar asalarichilikni bundan 
10 ming yil oldin bilganlar. Yuqori Misrda asosan donli ekin-
lar yetishtirilib, ular ning bir qismi Nil daryosi bo‘ylab shimolga 
jo‘natilgan. 
Qadimgi podsholik davrida podsho xo‘jaligi, ibodatxona 
xo‘jaligi, xususiy xo‘jalik va qishloq-jamoa xo‘jaliklari mavjud 
bo‘lgan. V-VI sulolalar davrida zodagonlarning yirik xo‘jaliklari 
iqtisodiy hayotda ustuvor o‘rinni egallagan. Misrning ko‘pchilik 
aholisi zodagonlarning katta-katta ekinzorlarida, hunarmand-
chilik ustaxonalarida ishlaydigan qaram ishchilar edi. Ularni 
o‘z xo‘jaligi bo‘lmay, o‘z mehnatlari uchun oziq-ovqat ulushi 
olganlar va o‘z ixtiyorlari bilan ish joyini tashlab keta olma-
ganlar. Xususiy kishilarga qaram qullar oz bo‘lgan. O‘rta va 
past darajadagi amaldorlar ish haqini natura tarzida olar edi-
lar. Mil.avv. III ming yillik o‘rtalarida oliy amaldorlarga dav-
lat xo‘jaligidan yirik yer maydonlari muntazam foydalanishga 
berilgan. U ko‘pincha mansab bilan birga, otadan o‘g‘ilga me-
ros bo‘lib o‘tgan. Ularning ixtiyoridagi davlat yerlari davlatning 
oliy nazorati ostida turgan. Ishchilar davlat tomonidan mehnat 
majburiyati tartibida sug‘orish inshootlari, qurilish va boshqa 
ishlarga jalb qilinganlar. 
Qishloq-jamoa yerlari mavjud bo‘lgan. Qishloq-jamoa a’zolari 
«podsho odamlari» hisoblanib, turli soliq va majburiyatlarini 
o‘taganlar. Jamoa a’zolari va hunarmandlar «nesu» yoki «xenti-
ushi»; fir’avn, zodagonlar va ibodatxona ishchilari «meret» yoki 
xemu» deb atalgan. Qullar «bak» deyilgan. Qullarni urushda 
asirga tushganlar yoki qarzga botgan kambag‘allar tashkil qil-
gan. Ular sotilgan va sotib olingan, ammo Qadimgi podsholik 
davrida qullar kam sonli bo‘lgan. 
Aslzodalar, nomlarning noiblari (nomarxlar) fir’avn hokimiya ti - 
ni 
ng kuchayishidan norozi bo‘lib, ko‘p hollarda markaziy 
hokimiyat, fir’avn siyosatiga qarshi chiqar edilar. Ularni qar-
shiligini sindirish uchun fir’avnlar tomonidan markaziy bosh-


34
qaruvga mahalliy va xiz mat zodagonlari jalb qilinib, diniy siyo-
sat ham o‘zgardi. Xudo Raga bag‘ishlab ibodatxonalar qurish 
kuchaydi. Endi fir’avnni ilohiyligi, uning xudo Radan bevosita 
kelib chiqqanligi g‘oyasi ilgari surildi.
VI sulola davrida (XXIV–XXIII asrlar) nom va xizmatdagi zo-
dagonlarning mavqei oshib bordi. Ularning ko‘pchiligi immu-
nitet (soliq majburiyatlaridan ozodlik) yorlig‘ini oldilar. Marka-
ziy hokimiyatning qudrati zaiflashdi, lekin mahalliy hokimiyat 
– nomlarning hokimlari katta moddiy boyliklarga ega bo‘ldi-
lar. Nil daryosining suvi pasaydi. Suv tanqisligi natijasida ho-
sil kamayishi ochlik va oxir-oqibatda, ijtimoiy norozilikning 
kuchayishi va davlatning yemirilishiga olib keldi. Oqibatda VI 
suloladan so‘ng Misrda (mil.avv. XXIII asr o‘rtalari) markaziy 
hokimiyat zaiflashib, mamlakat bir-biriga dushman nomlar-
ga bo‘linib ketdi. Qadimgi podsholik davri yagona davlatning 
yemirilishi bilan Misr tarixida I O‘tish davri (mil.avv. XXIII asr 
boshlari – XXI asrning oxiri) boshlanadi. Davlatning zaiflashuvi 
Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada keskin tabiiy o‘zgarishlar – 
quruq iqlimning bostirib kirishi bilan tezlashib ketdi. 
Mil.avv. XXII asr boshlarida Yuqori Misrning markazi 
Gerakleo polda VIII sulola bilan bir vaqtning o‘zida Nil vodiy-
sining o‘rta qismida yangi IX sulola hukmronlik qila boshla-
di. Gerakleopol mamlakat shimolida hosildor tekislikda joy-
lashgan bo‘lib, Nilning g‘arbi Fayum vohasi yaqinida edi. Mil.
avv. XXII asrda Gerakleopol podsholari butun Misr ustidan o‘z 
nazoratlarini o‘rnatdilar. Shu bilan birga, Ge rakleopol podsho-
lari o‘zlarining asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Siut shahri, Germo-
pol, Fivaning va bir necha nomlarning avtonomiyasini yo‘qota 
olmadilar. Hukmron sulola nomlarni to‘la o‘ziga bo‘ysundirish-
ga harakat qildi va Osiyo ko‘chmanchilariga qarshi urush olib 
bordi. Mil.avv. III ming yillik oxirida Misrning xo‘jalik ahvoli 
mamlakatni birlashtirishni talab qildi. Sug‘orish tizimi tush-
kunlikka yuz tutdi, aholi ochlikdan qiynaldi. Asr oxirida Fiva 
nomining hokimlari mamlakat janubini o‘z hokimiyatlari osti-
da birlashtirib, fir’avn unvonini (XXI sulola) oldilar va shimol 
podsholarining jiddiy raqibiga aylandilar. Ulardan biri Xeti III 
(mil.avv. XXI asr o‘rtalari) Fiva bilan hal qiluvchi to‘qnashuvdan 
xavfsiraydi va o‘z o‘g‘li Merikaraga nasihatnomasida Fiva bilan 
yaxshi munosabatlarni o‘rnatishni maslahat beradi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling