Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


O‘rta podsholik (mil.avv. 2020-yil – mil.avv. 1750-yil-


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. O‘rta podsholik (mil.avv. 2020-yil – mil.avv. 1750-yil-
lar). Mil.avv. 2020-yil atrofida fir’avn Mentuxotep II shimolni 


35
istilo qilib, butun mamlakatni birlashtirdi. Bu voqeadan so‘ng, 
O‘rta podsholik davri boshlandi. Qayta birlashgan Misr davla-
tini boshqargan XI sulola fir’avnlari davrida keng qamrovli qu-
rilish ishlari, faol tashqi siyosat (Osiyoda urushlar, uzoq Puntga 
ekspeditsiyalar) qayta boshlandi. Ammo mamlakat ichida o‘za-
ro urushlar hali saqlanib qoldi. Haqiqiy mustahkam davlatni 
yangi XII sulola barpo qildi. XII sulola asoschisi Amenemxet I 
(mil.avv. 1976–1947-yillar) fir’avn bo‘lganiga qadar XI sulola-
ning oliy amaldori edi. 
Markaziy hokimiyat kuchayib, umummisr sun’iy sug‘orish 
tizimi qayta tiklandi. Fayum («ko‘l yeri») vodiysidagi bepo yon 
botqoqliklar o‘zlashtirildi. Fayum suv ombori barpo etilishi 
natijasida ko‘plab yangi yerlar ochildi. Fayum vodiysida yangi 
shahar – Illaxun barpo qilindi. Illaxun shahrida ming xonali ul-
kan (labirint – yunoncha) tosh inshoot barpo etildi. Bu inshoot 
diniy maqsadlarga xizmat qilib, turli nom xudolariga bag‘ish-
langan ibodatxona vazifasini o‘tagan.
Katta suv ombori qurilib, kanal bilan Nil daryosiga qo‘shil-
di. Fayum vohasida tarmoqlangan sug‘orish tizimi barpo qilin-
di. Janubiy ostona, Fayum va uning atroflari obod qilinishi XII 
sulola fir’avnlarining poytaxtni Fivadan yangi qurilgan shahar 
Ittaun («Ikkala yerni birlashtiruvchi») shahriga ko‘chirishlariga 
sabab bo‘ldi. Mehnat qurollari takomillashdi. Sinayda mis xo-
mashyosini qazib olish ko‘paydi. Shimoliy Nubiyada oltin va mis 
xomashyosini qazish yo‘lga qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligi yuksalib, 
yangi qulay omoch paydo bo‘ldi. Ilk (jez) qurollar o‘zlashtiril-
di. Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Sharqiy O‘rtayer dengizi 
qirg‘oqlari jez qurollarni bundan ancha oldinroq qo‘llay bosh-
lagan edilar. Misrning bu sohada qoloqligining sababi, Nil va 
uning atrofida jez xomashyosining yo‘qligi edi. Boshqa yutuqlar-
dan biri shishaning kashf etilishi edi. Iqtisodiyotning jonlanishi 
metallarga, kumush, qurilish yog‘ochiga ehtiyojni kuchaytirdi. 
Bu chet mamlakatlar bilan savdo aloqalari faollashuviga olib 
keldi. Misr savdo karvonlari Nil, Suvaysh bo‘yni orqali Kichik 
Osiyo va Bobilga chiqdilar. Janubiy Nubiya va Puntdan oltin 
olib kelindi. 
O‘rta podsholik davrida yirik xo‘jaliklar o‘rniga o‘rta xo‘ja-
liklar yetakchi o‘rin egalladi. Ular foyda keltiradigan barqaror 
xo‘jalik edi. Bozor bilan bog‘lanish va qul mehnatidan foydal-
anish kuchaydi. Kichik xo‘jaliklarning soni oshdi. Moddiy boy-
likning asosiy yaratuv chilaridan biri – ishlab chiqarish vosita-


36
lari va mehnat qurollaridan mahrum bo‘lgan «xemum-nesut» 
– «podsho odamlari» deb atalgan ishchilar hisoblangan. Ular 
podsho, ibodatxona, zodagonlar yerida ishlab,buning evaziga 
oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana olganlar. «Podsho odam-
lari» yoshlik paytidan aholi ro‘y xatidan o‘tkazilib, ma’lum hu-
narlarga taqsimlanar edilar. Misr hukmron qatlamlarida ham 
o‘zgarish yuz berdi. Oliy tabaqaga oqsuyak zodagonlar, oliy 
kohinlar va davlat apparatining katta amaldorlari kirar edilar. 
Endilikda fir’avn xizmatida o‘zini ko‘rsatgan quyi tabaqadan 
bo‘lgan amaldorlar oliy tabaqaga kira boshladilar.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling