Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Sais sulolasi. Misr davlatining so‘nggi yuksalishi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Sais sulolasi. Misr davlatining so‘nggi yuksalishi. Mil.
avv. 656–yilda osuriyaliklar Misrdan haydab chiqarildi. Sais 
hukmdorlari Misrni birlashtirishga boshchilik qildilar. Sais 
Quyi Misrning yirik nomlaridan biri bo‘lib, bu shahar delta-
ning g‘arbiy qismida joylashgan. Atrofi botqoq bilan o‘ralgan 
Saisda 665-yildan boshlab Psammetix hokimlik qilgan. Psam-
metix (mil.avv. 656–610-yillar) Tefnaxt avlodidan bo‘lib, liviya-
lik aslzoda urug‘idan kelib chiqqan. U Ash shurbanipalning yor-
damida ish ko‘rgan. Osuriyaliklarning sodiq ittifoqchisi bo‘lgan 
Psammetix butun Misrni o‘z qo‘li ostiga birlashtirib, yangi XXVI 
sulolaga asos solgan. 
Sais sulolasi faol tashqi siyosat yuritdi. Fir’avnlar Suriya, Falas-
tin va Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida Misrning o‘tmishda-
gi ta’sirini tiklashga harakat qildilar. Fir’avn Nexo II Suriya-
da Misrning hukm ronligini o‘rnatishga harakat qildilar. Mil.
avv. 608-yilda Yaxudiya davlati qo‘shinlari Falastin shimolidagi 
Megiddo shahri yonida Misr qo‘shinlariga qarshi jang qildi va 
yengildi. Shundan so‘ng Yahudiya Misrga oltin va kumush bilan 
katta miqdorda o‘lpon to‘lay boshladi. Uch yildan so‘ng mil.avv. 
605-yilda Bobil Misrni Suriya va Falastin ustidan hukmronli-
gini tugatdi. Misr Yahudiyani Bobilga qarshi kurashda qo‘llab–
quvvatladi. Fir’avn Apriy Finikiya shaharlaridan biri Sidon floti 
ustidan g‘alaba qildi. Mil.avv. 586-yilda Misr qo‘shinlari Qud-
dusda paydo bo‘ldi, lekin tez orada Bobil tomonidan bu hudud-
dan siqib chiqarildi.
Sais sulolasi davrida Misr so‘nggi bor o‘z taraqqiyotining 
yuqori bosqichiga chiqadi. Biroq bu Misr davlati va madani-
yatining so‘nggi marta, lekin kuchsizroq rivoj topgan davri edi. 
Uzoq davom etgan urushlar va osur qo‘shinlarining mamlakatni 
xarobaga aylantirgan hujumlari natijasida tinkasi qurigan Misr 
endi o‘z chegaralarini dushmandan himoya qilishi va Osiyoda-
gi obro‘sini saqlash uchun zarur bo‘lgan ko‘p sonli qo‘shinni 
to‘play olmadi. Shu sababli, Sais fir’avnlari Kichik Osiyodagi 
yunonlardan yolangan askarlarga tayanib ish ko‘rishga maj-
bur bo‘ladilar. Bu davrda yunonlar Misrga jadal kirib kela 


60
boshladilar. Yunon tarixchisi Gerodot yunon savdogarlari, yol-
lanma askarlarining Misrga kirib borganligi to‘g‘risida yozib, 
Sais fir’avnlarining «Yunonistonga moyilligi» va o‘sha zamon-
da misrliklar bilan yunonlar o‘rtasida juda yaqin madaniy alo-
qa bo‘lganini ko‘rsatadi. Psammetix I taxtga o‘tirgandan so‘ng, 
yunon yollanma askarlari va savdogarlariga tayanishga urina-
di. Yunonlarning Navkratisdagi savdo koloniyasiga katta-katta 
imtiyozlar va yengilliklar beradi.
Sais fir’avnlari ichki siyosat sohasida liviyalik harbiy aslzo-
dalar, Mirs kohinlari va yunon savdogarlari bilan muvozanat-
da bo‘lgan muomala-munosabatni yo‘lga qo‘yadilar. Fir’avnlar 
Misrning nufuzli kohinlariga qarshi, shuningdek, haligacha 
ham ba’zi bir mustaqillikka ega bo‘lishni da’vo qilib kelayotgan 
ko‘p mahalliy hokimlarga qarshi kurash olib bordilar. Mam-
lakatda qonunchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Davlat hokimiyati 
jamiyatda adolat o‘rnatishga harakat qilgan. Adolat o‘rnatish-
ning bir yo‘li jinoyatchining ikkinchi marta jinoyat qilishini 
oldini olish bo‘lgan. Misol uchun soxta pul yasovchilarning 
ikki qo‘li kesilgan. Davlat sirlarini oshkora qilganlarning tili 
kesilgan. Hujjatlarni soxtalashtirganlarning bir qo‘li kesilgan. 
Oldi-sotdi shartlari, garov majburiyatlari aniq belgilanib, gu-
vohlar ishtirokida muhr bilan tasdiqlangan. Foiz berilgan qarz 
miqdoridan oshib ketmasligi belgilangan. Qarzi uchun qul qi-
lish bo‘lmagan. Qulni o‘ldi rish erkin misrlikni o‘ldirish bilan 
teng jazolangan. Qasamni buzganlar ham shunday jazolangan. 
Psammetix I Fiva kohinlarini o‘z ta’siri ostiga olish uchun o‘z 
qizi Neytikertni Amonning oliy kohini Shepenopet II («Xudoning 
qallig‘i»)ga qiz qilib beradi. To‘g‘rirog‘i, kohin Shepenopet II ni 
shunga maj bur qiladi. Bu ma’lumot alohida hujjatga yozilgan 
bo‘lib, bizgacha yetib kelgan.
Psammetix I o‘zini tushkunlikka yuz tutib borayotgan sobiq 
homiy si Osuriyaga yordam berishga harakat qiladi. Chunki bu 
vaqtga kelib, Bobil davlati kuchayib, Misrga tahdid sola boshladi. 
Psammetix I Osuriya davlatining barqaror turishidan manfaat-
dor edi. Old Osiyoda kuchlar nisbatining muvozanatini saqlab 
turish, Bobilning kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Misr 
halokat sari borayotgan Osuriyani qo‘llab-quvvatladi. 
Psammetix I Osuriyaga urush ochgan Bobil hukmdori 
Nabopalasarga qarshi Osuriyaga yordam berish maqsadida, 
Frot daryosi bo‘ylarida paydo bo‘ldi. Psammetix I ning o‘g‘li 


61
Nexo ham Osuriyaga yordam berishga harakat qildi. Nexo 
mil.avv. 611-yilda taxtga chiqib, Xarranni bosib olish uchun 
o‘z qo‘shinlarini Osuriyaga yordamga jo‘natdi. Misr-Osuriya 
qo‘shinlari Karxamesh shahrini ishg‘ol qildilar. Navuxodonosor 
misrliklar bilan osuriyaliklarni ittifoqchi qo‘shinlariga zarba 
berdi. Karxameshda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar nati-
jasida misrliklar bilan yunon yollanma askarlarining bu sha-
harda bo‘lganligini ko‘rsatuvchi muhim dalillar topildi. Xusu-
san, yunon buyumlari, Gorgonaning surati tasviri tushirilgan 
ioniy qalqon, shuningdek, jezdan yasalgan haykalchalar, fir’avn 
Nexoning nomi bitilgan tasvirlar va Psammetix nomi yozilgan 
uzuk topilgan.
So‘nggi podsholik davrining Sais sulolasi hukmronligi davri-
da yunonlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatildi. Gero-
dotning yozishicha, yunonlar Psammetix II huzuriga elchi 
yuborib, Olimpiya musobaqalarini qanday qilsak, yaxshiroq 
o‘tkazishimiz mumkin deb misrliklardan maslahat so‘raganlar. 
Qadimgi misrliklarning donishmandligi va ularning madaniy 
taraqqiyoti yuksak bo‘lganligi yunonlar tomonidan har doim 
zavq bilan maqtalgan.
Sais davrining keyingi podsholari Uaxibra (Apriy) bilan Yax-
mos II (mil.avv. 569–525-yillar) (Amazis) o‘tmishdoshlari siyo-
satini davom ettirganlar. Korinf dubulg‘asida podsho Uaxibra-
ning tasviri saqlanib qolgan. Misr fir’avni kiyinishda yunonlar-
ga taqlid qilganligi ma’lum. Podshoning yunonlarga moyillik 
siyosati Misr aholisi o‘rtasida norozilik tug‘dirgan va qo‘zg‘olon 
ko‘tarilgan. Yaxmos isyonchilarga bosh bo‘lib, asosan yunon 
yollanma askarlaridan iborat qo‘shinlarni tor-mor keltirgan va 
hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan. 
Yaxmos II yunon ibodatxonalariga katta sovg‘alar yuborib, 
bu bilan yunonlarning o‘ziga nisbatan do‘stona munosabatda 
bo‘lishiga, ularni yordam berishi va qo‘llashiga erishadi. Yax-
mos II ning faol tashqi siyosat olib borgani Bobil yozuvlarining 
birida aks etgan. Bu yozuvda Misr qo‘shinlarining hujumlari 
to‘g‘risida so‘z yuritiladi va Amazisning nomi tilga olinadi. Le-
kin bu davr Misr davlati mustaqilligining so‘nggi yillari edi. Bu 
vaqtda sharqda Ahmoniylar Eroni kuchayib, butun Sharq dun-
yosini o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilayotgan edi. Eronning 
yaxshi qurollangan qo‘shini hujumini qay tarishga Misrda yetar-
li kuch yo‘q edi. Fir’avn Yaxmos II dan so‘ng, Amazis hukm-


62
ronligi davrida (mil.avv. 570–526-yillar) mamlakatning ahvoli 
yanada yomonlashdi. Eron podshosi Kambiz 525-yilda Misr 
yerlariga bostirib kirib, Pelusiya yonida bo‘lgan jangda Misr us-
tidan g‘ala ba qozondi. Fir’avn Psammetix III taxtdan tushirildi. 
Kambiz Misr podshosi deb e’lon qilindi (XXVII sulola). Misr bir 
necha bor forslar hukmronligidan qisqa vaqtda mustaqil bo‘ladi 
(XXVIII-XXX sulolalar). 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling