Mavzu: Ahmad Yassaviyning pedagogic go’yalari


Download 273.21 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi273.21 Kb.
#1581880
  1   2   3   4
Bog'liq
Ahmad Yassaviy


Mavzu:Ahmad Yassaviyning pedagogic go’yalari

Reja:



1. Ahmad Yassaviyning tarjimal holi
2.Tasavvuf ta’limoti rivojida Ahmad Yassaviyning o’rni
3. Islom dunyosida Ahmasd Yassaviy haqida
4.Ahmad Yassaviyning pedagogic go’yalari




Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog‘ida Shayx Ibrohim xonadonida tug‘iladi. Yetti yoshida otasidan, so‘ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo‘lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o‘rganib, so‘ng Turkistonga qaytadi va o‘z tariqatiga asos soladi. U so‘fiylik g‘oyalari, shuningdek, o‘z tariqati asoslarini
targ‘ib etishda she'rlaridan foydalanadi.
Islom dini aqidalari va o‘z asoslagan g‘oyalarni she'riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Qur'on" g‘oyalari va payg‘ambar Muhammad Alayhissalom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg‘ambar Muhammad Alayhissalom ta'limotida ulug‘langan ma'naviy-axloqiy xislatlar-muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo‘ylik targ‘ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo‘lishga undaydi.
Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o‘rin tutadi. Ularning barchasida so‘fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da'vat etuvchi g‘oyalar o‘z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko‘zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e'tirof etiladi.
Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs-ochko‘zlik, o‘g‘rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan "ko‘risha" oladi, nafsga mute' bo‘lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:
Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg‘on,
Har kim topsa, rozi bo‘lib, bo‘yi sung‘on
Yaxshilarga xizmat qilib duo olg‘on,
Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo‘q.
Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg‘on,
Bu gumrohdin so‘rmang savol, yo‘lda qolgan,
Haqni topgan o‘zi pinhon, so‘zi pinhon
Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga.
Banda bo‘lsang mehnat tortg‘il g‘ofil odam,
Oqil ersang g‘animatdur senga shul dam
Omonatdir aziz joning yurma beg‘am,
Eshitib o‘qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad.
Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat bo‘lmagan o‘lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o‘tadi.
Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo‘lini targ‘ib qilar ekan, insonni jaholat botqog‘idan xalos qilish lozimligiga urg‘u beradi. U "Shariatda orif-biloh bo‘lishni, tariqatda voqif-asror bo‘lishni, haqiqatda komil-mukammal bo‘lishni, ma'rifatda daryoi ummon bo‘lishni talab qiladi".
YUqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo‘lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi.
Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G‘azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa yetishish,-unga muhabbat qo‘yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g‘olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir.
Ahmad Yassaviy 63 yoshidan keyingi, ya'ni payg‘ambar yoshiga yetgandan so‘ng umrining davomini yerto‘lada o‘tkazgan. Shu bilan birga Yassaviya tariqati asoschisi hisoblanadi.
Ular inson kamolotining ta'minlanishi uchun turli yo‘llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta'limoti g‘oyalariga ko‘ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifat mavjudligi ta'kidlanganligidan guvohlik beradilar.
XIV asrning boshlariga kelib, Movarounnahrda so‘fiylikning yana bir oqimi Naqshbandiya tariqati shakllandi.
Naqshbandiya ta'limoti o‘zining hayotiy g‘oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining "ildizi" uzoq davrlar, ya'ni, Sharq Uyg‘onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim — Abulqosim Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning so‘fiylik ta'limoti rivojida katta hissasi bor ekanligini ta'kidlaydi. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G‘azzoliy va Yusuf Hamadoniylar (1049-1140 yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladi.
Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barkiy), Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulholiq G‘ijduvoniy tasavvuf ilmi bo‘yicha Yusuf Hamadoniy qo‘lida chuqur ta'lim olgan to‘rt mashhur shayxlar sanalishadi.
O`rta Osiyo muzofotida birinchi vujudga kelgan yirik so’fiylik oqimi yassaviylikdir. Yassaviya tariqatining asoschisi turkistonlik Axmad Yassaviydir (1103- 1166). Yassaviy Yassi (Turkiston) shaxrida ruxoniy oilasida tug`ilgan. Uning otasi Ibroxim Yassi Sayram shaxrida uzoq yil shayxlik qilgan va ko`p muridlarga ega bo`lgan. Otasi Shayx Ibrohimdan etti yoshida etim qolgan.
Yassaviy dastlab Sayramda Baxouddin al-Isfijobiydan, so’ngra O’trorda yassida masghur turk mashoyixi Arslonbob qo’lida an’anaviy islom ilmlaridan saboq oladi. Arslonbob vafotidan so’ng u Buxoroga borib mashhur mutassavvuf Yusuf Hamadoniy qo’lida o’qiydi. Qaytib kelib Yassida o’z g`oyalarini targ`ib etadi. Uning tarjimai holini Abdurauf Fitrat o’zining “Ahmad Yassaviy” maqolasida shunday ta’riflaydi: “Xijriy beshinchi asrda Eroning Xamadon shaxrida yakin bir urunda tugilgan Yusuf Xamadoniy degan bir odam diniy ilmlarni urganib katta shuxrat egasi bulgan tasavvufga berilgan edi mana shu mulla mutasavvuf Marv Buxoro Samarqand shaxarlarida xonaqoxlar qurub shayxlik qila boshlaydi bizning Axmad Yassaviy mana shul Yusuf Xamadoniy muridi-uchunchi xalifasidir. Axmad Yassaviy bir rivoyatga ko’ra Yassi shahrida bir rivoyatga ko’ra Sayramda tug`ulgan. Uning qachon tug`ulgani malum emas biroq vafotining hijriy 562 da bo’lgoni hamda «Devoni hikmat » dagi shu: 
To`rt yuz yildan keyin chiqib ummat bo’lg`oy, 
Necha yillar yurib xalqqa xizmat qilg`oy,baytini nazarda tutub har holda uning hijriy to’rtinchi asrning ikkinchi yarmida tug`ulganiga hukm qilish mumkindir. 
Yassaviyning otasi shayx Ibroxim isimli eshon bo’lgan u yoshligida o’lgan. Yatim qolgon Yassaviy u zamoning mashhur shayxlaridan Arislonbobdan olg`on. Arislonbob o’lgandan keyin bizning Yassaviy pir izlab Buxoroga kelgan Yusuf Xamadoniyga uchrab shunga murid bo’lgan u o’lgandan so’ng Buxoroda uning uchunchi xalifasi bo’lib shayxlik qilgan. Bir ozdan sung Buxoro shayxligini Yusuf Hamadoniyning to’rtinchi xalifasi bulgan Abduxolik Gijduvoniyga topshirib o’zi yassiga qaytgan . Onda dala xalqidan ko’p murid yig`ib xonaqoh ochib shayxlik qilgan. Yassaviy fors adabiyoti vazn va uslubda xalq adabiyoti uslubida adabiyotlar yozgani mana shul Yassiga qaytib, dala xalqidan muridlar to’laganidan keyin boshlangon bo’lsa kerak. Yassaviy oltmish uch yoshga kirgach xonaqohda yer osti- bir chillaxona qazdirib shunga kirgan va dunyodan aloqasini kesgan kabi ko’rinib shayxlikni davom etdirgan xamda shunda o’lgan. Vafoti hijriy 562- yildadir
Islom dunyosining “shayxul mashoyixi” Xo’ja Ahmad Yassaviy haqida mustaqillikdan so’ng hadiksiramay gapiradigan va yozadigan bo’ldik. Sobiq sho’rolar hukumati davrida uning nomi “klerikal adabiyot namoyondasi”, “reaksion diniy adabiyot vakili” kabi sifatlar bilan qoralanib kelindi. Yassaviy haqida yozgan kishi, albatta, sho’rolar mafkurasi nuqtai-nazaridan turib uni qoralashi, u haqda zarracha bo’lsin ijobiy fikr bildirmasligi lozim edi. Faqat mustaqillikdan keyingina Ahmad Yassaviy ijodiga , asarlariga xolis ko’z bilan qarash boshlandi. Uning ta’limoti, hikmatlari, sulukiga bo’lgan qiziqish tobora kuchayib bordi. Millat qalbidan undan faxrlanish tuyg`usi uyg`ondi. Nufuzli YuNESKO tashkiloti 1993 yilni “Yassaviy yili” deb e’lon qildi. 
XX asrning boshlarida Yassaviy haqidagi qator maqolalar chop etilgan. Ufada chiqadigan “Sho’ro” jurnalining 1915 yil 24-sonida Ahmad Sardorning “Hazrat Xo’ja Ahmad Yassaviy” sarlovhali maqolasi chop etilgan. Unda adibning hayoti va ijodiga oid qisqagina ma’lumot berilgan va uning turk tilining mavqeini ko’tarishdagi xizmatlariga yuksak baho berilgan2
1922 yilga kelib Abdurahmon Sa’diyning “Yassaviy kim edi” nomli maqolasi “Inqilob” jurnalining 2-sonida nashr etiladi. Muallif Yassaviyning tatar tili va adabiyoti taraqqiyotidagi roliga e’tibor qaratgan. 
Abdurauf Fitrat ham Yassaviyni o’rganishga alohida e’tibor bilan qaragan. U “Ahmad Yassaviy” va “Yassaviy maktabi shoirlari to’g`risida tekshirishlar” nomli maqolalarini 20 asrning 20- yillarida yozgan edi. 
Yassaviy xalq boshiga ko’p qiyinchiliklar va musibatlar yog’dirilgan davrlarda yashab ijod qildi. U turk hukmronlari-qoraxoniylar bilan qoraxitoylar o’rtasidagi urushlar va ularning daxshtli oqibatlarini ko’rgan,she’rlarida bu fojialarga munosabatlarini bildirgan. 
‘’Nokas, xasis, bediyonat’’ zolimlar hokim bo’lgan jamiyatdagi shavqatsizlik va ma’naviy aynishlar baxsida Yassaviy hikmatlaridan birida mana nima degan:
Na onada rahm qoldi, na otada,
Og’o ini bir-biriga mojoroda
Musulmonlar da’vo qilur, ichar boda,
Mastlig’ bilan qarindoshdan tondi ko’rung1
Uning «Hikmatlar devoni» ham diniy, tassavufiy, badiiy asardir.
Yassaviy ta'limoti turkiy tilda yozilgani uning "Devoni hikmat" asarida bayon etilgan bo`lib, u ko’chmanchi va o’troq turkiy xalqlar O`rtasida sufiylik ta'limotini targ`ib etishda muhim ahamiyat kasb etgan. Uning ta'biricha, baxtsizlikka, chidamlilikka, ogir xayotga urgangan odam haqiqiy sufiy bula oladi va Xudo vasliga erishadi; bu dunyo bevafodir. Yassaviy goyalari O`rta Osiyoning turli shaharlarida uning shogirdlari tomonidan keng targib kilindi. Shulardan biri Sulaymon Bokirgoniy bo`lib (vafoti 1192 yilda) u uzining turkiy tilda yozilgan "Boqirg`on", "Oxir zamon" asarlarida asosan sufizm, yassaviylikni targ’ib qilgan. 
Yassaviy o’z hayotida «fano yo’li»ga amal qildi va bunga yetishish uchun Muhammad Mustafo yo’lini tanladi. U payg`ambarimizning «faqirlik faxrimdir» qudsiy kalimalarini o’zining hayotiy shiori deb bilib, unga amal qildi. Yassaviy faqirlik yo’liga to’rt yoshida kirib, umr bo’yi kishilarni bu yo’lga da’vat etdi.
Qur’onda shunday deyiladi: «Ayting (ey xabibim)»: «Agar Ollohni sevsangizlar, menga (ya’ni Rasululloxga) ergashingizlar, shunda Olloh sizlarni sevgaydir...» («Oli Imron», 31). 
Jonim qudrati qo`lida bo`lgan Ollohga qasamki, jannatga kira olmaysizlar, toki mo`min bo`lmaguncha; mo`min bo`la olmaysizlar, toki bir-birlaringizni yaxshi ko`rmaguncha, deyiladi hadisda. 
Professor As’ad Jushon xazratlarining «Muvaffaqiyat yo`lida sevgining kuchi» asarida (tarjimon Mirza Kenjabek) Islomning asl mohiyati ezgulik va mexr-muhabbat ekanligi uqtirilgan, qanday qilib Ollohning sevimli bandasi bo`lish yo`llari, ma’naviy kamolot asoslari bayon etilgan. 
Tasavvuf — bu muhabbatdir. Muhabbat yo`li esa muvaffaqiyat yo`lidir. 
Sevgilarning eng oldinda keladigani, eng keraklisi, eng go`zali, eng yuksagi Olloh sevgisidir, chunki Olloh eng go`zal sifatlar mo’jizakori, ijodkori, san’atkori, bajaruvchisi va xolikdir! Inson yaxshiroq va teranroq o`ylasa, o`zi sevgan barcha go`zalliklarning ortida mulkning mutloq sohibi, butun olamlarning Robbisi - Parvardigori-Zul-jaloli val-jamol hazratlarini ko`rgay. 
Yangi pedagogik tafakkur - bu Olloh muhabbatidir. Olloh muhabbati esa banda uchun har turli xayrning, yaxshiligu go`zallikning asl bosh manbai, bitmas-tuganmas shavq, zavk va kuch-quvvat omili. Olloh sevgisiga erishgan qul avliyo bo`lgay, olim bo`lgay, komil bo`lgay, xayrli inson, xayrli farzand bo`lgay, xayrli ota-ona, xayrli qo`shni va xayrli do`st bo`lgay. 
Olloh sevgisiga erishmagan qul esa bemaza bo`ladi, qurs-qo`pol bo`ladi, buzg`unchi, osiy bo`ladi, fojir, zararli bo`ladi. 
Muxammad As’ad Jushon muhabbat ham bir ibodatdir, do`stlik, birodarlik ham bir ibodatdir, odatdagi ibodatlarning eng asli va savoblisidir, deydi. Ikki inson birodar bo`lsa, Olloh taolo martabasi pastroq bo`lganini o`sha birodari martabasi darajasiga ko`taradi. 
Bu islomdir, butun umring sening, ibodat xoliga kelgay, Xudo deb qilganing har ish va niyating ham sening, ibodatdir. 
Sevib, sen, faqat do`stlik bilan dillarni obod et. Agar Olloh, uchun sevsang, sen, muhabbat xam ibodatdir! 
Ishq bo`lmasa, ikki jahon bulmasun, deydi Mir Alisher Navoiy hazratlari. 
Har ne qilsang, oshiq qilgil, Parvardigor, deydi Yassaviy. Bundan tashqari, yangi pedagogik tafakkurda faqirlik maqomi asosiy o`rin tutadi. Buni biz Yassaviyning «Faqirnoma» asarida bayon etilganini ko`ramiz. «Faqirnoma»da qul Xo`ja Axmad Yassaviy tasavvufdagi tariqat sulukini bayon qiladi, bu Payg`ambarimiz (s.a.v)ning «Al-faqru-faxri», «faqirlik-faxrimdir», degan hadisiga asoslangan. Faqirlikda qanoat, sabr-tokqat qilmok kerak. 
Yassaviy faqirlik mavzuini Payg`ambarimiz hadislariga bog`lab rivojlantirdi. 
1. Haqiqiy ishq, ya’ni odamnnng Ollohga bo`lgan ishqi.
2. Majoziy ishq, ya’ni odamning odamga bo`lgan ishqi.
3. Odamning borliqqa, bor go`zal mavjudotga bulgan ishqi.


Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg’ambar Muhammad Alayhis-salom ta’limotida ulug’langan ma’naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo’ylik targ’ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo’lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida so’fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g’oyalar o’z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko’zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg’ambar Muhammad Alayhis-salom ta’limotida ulug’langan ma’naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo’ylik targ’ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo’lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida so’fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g’oyalar o’z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko’zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. SHuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan “ko’risha” oladi, nafsga mute bo’lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:

Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. SHuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan “ko’risha” oladi, nafsga mute bo’lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:


Download 273.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling