Uo‘K: 618. 15/146-002. 1-07-08(575. 171) janubiy orolbo’yi hududida yashovchi ayollarda vulvovaginitni davolashda ultratovush kavitatsiyaning samaradorligini baholash. Matqurbonova Sh. B


Download 15.8 Kb.
Sana01.07.2023
Hajmi15.8 Kb.
#1657895
Bog'liq
Matqurbonova (2)


UO‘K: 618.15/146-002.1-07-08(575.171)
JANUBIY OROLBO’YI HUDUDIDA YASHOVCHI AYOLLARDA VULVOVAGINITNI DAVOLASHDA ULTRATOVUSH KAVITATSIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH.
Matqurbonova Sh.B., Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Akusherlik va ginekologiya 2-kurs magistranti
Ismoilova D.O’., Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti
Mavzuning dolzarbligi. Vulvovaginit - bu vulva va qinning bir vaqtning o'zida shikastlanishi. Vulvovaginit pastki genital traktning eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri bo'lib, turli yoshdagi ayollarda uchraydi.
So'nggi yillarda antibiotiklarning o'ta keng va ba'zan nazoratsiz qo'llanilishi tufayli ularning ko'pchiligida dorilarga chidamlilik rivojlanadi, bu yallig'lanish jarayonlari bo'lgan bemorlarni davolashda katta qiyinchiliklar tug'diradi.
Vulvovaginit o’smir va balog’atga yetgan qizlar, shuningdek, postmenopauzal ayollarda juda keng tarqalgan. Bolalik davrida kasallik rivojlanishi anatomik faktorlarga (anusning qinga yaqinligi), vaginal shilliq qavatning xususiyatlari (ingichka shilliq qavat), vaginal sekretsiyaning ishqoriy reaktsiyasi va gigiena qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog'liq. Postmenopauzal ayollarda vaginal shilliq qavat yupqalashadi, vaginal mikroflora o'zgaradi va estrogen yetishmovchiligi va vagina, bachadon bo'yni va vulvaning tanasi va to'qimalarida umumiy involutiv o'zgarishlar tufayli vaginal-servikal ekotizimning himoya xususiyatlari sezilarli darajada kamayadi.
Tadqiqot maqsadi: Janubiy Orolbo’yi mintaqasida yashovchi ayollarda vulvovaginitni aralash etiologiyali va retsidivlangan ko’rinishda kelgan reproduktiv yoshdagi bemor ayollarda ultratovushli kavitasiyaning samaradorligini o'rganish.
Tadqiqot material va usullari: Xorazm viloyatida doimiy yashovchi umumiy 100 %(40) nafar bemor ayollardan: 52,5 % (21) nafari aralash etiologiyali va 47,5 % (19) nafari retsidivlangan vulvovaginit ko’rinishda kelgan reproduktiv yoshdagi bemor ayollar tanlandi. Barcha tadqiqotlar obektiv, klinik, instrumental (ultratovush kavitatsiya), laborator (qon umumiy va biokimyoviy tahlili (ALT, AST, mochevina, kreatinin), siydik tahlili) mikroskopik (qin mikroflorasidan surtma olib tekshirish) usullardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari: 90% (36) bemorda davolashdan keyingi natijalarni tahlil qilish asosida to’liq tuzalish qayd etildi. 10 % (4) bemor amaliyotni to’liq olmaganligi sababli toʻliq boʻlmagan epitelizatsiya koʻrinishidagi asoratlar kuzatildi.
Xulosa: Ultratovush kavitatsiya yosh ayollarda reproduktiv funktsiyasini saqlab, davolash samaradorligini oshirdi. Ultratovush kavitatsiya dori prepatartlarining ta'sirlangan hududda bir tekis taqsimlanishini va sezilarli invaziya bilan yetarli chuqurlikda tarqalishini ta'minlash, chuqur sanitariya ishlarini olib borish imkonini berdi.
Zamonaviy diagnostika usullaridan foydalangan holda o'tkazilgan klinik tadqiqot standart davo bilan mahalliy ultratovush kavitatsiya birgalikda qo’llanilganda vulvovaginitni davolashda yuqori samaradorligini tasdiqladi.
Download 15.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling