Boshqaruv fakulteti 1 -kurs talabalari uchun ma'ruza
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Jamoat salomatligi va menejment bo'limi
O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning sog'lig'ini muhofaza qilish to'g'risida" 29.08.1996 yildagi 265 - I -sonli Qonuni. - fuqarolarning davlat tomonidan sog'lig'ini muhofaza qilish huquqlari kafolatlarini ta'minlash;
- fuqarolar uchun sog'lom turmush tarzini shakllantirish;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining aholi salomatligini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish.
Asosiy tamoyillar - sog'liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilish;
- aholining barcha qatlamlari uchun tibbiy yordamning mavjudligi;
- profilaktika choralarining ustuvorligi;
- sog'lig'ini yo'qotganda fuqarolarning ijtimoiy ta'minoti;
- tibbiyot fani va amaliyotining birligi.
13 -modda. Fuqarolarning sog'lig'ini muhofaza qilish huquqi - O`zbekiston Respublikasi fuqarolari sog`liqni muhofaza qilishda ajralmas huquqiga ega.
- Davlat fuqarolarga yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar sog'lig'ini himoya qiladi.
- Davlat fuqarolarning har qanday kasallik shaklidan qat'i nazar, kamsitilishdan himoyalanishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
15 -modda. Fuqarolarning sog'lig'iga ta'sir etuvchi omillar to'g'risida ma'lumot olish huquqi - Fuqarolar sog'lig'iga ta'sir etuvchi omillar to'g'risida ishonchli va o'z vaqtida ma'lumot olish huquqiga ega, shu jumladan yashash joyining sanitariya-epidemiologik farovonligi, ratsional ovqatlanish me'yorlari, tovarlar, ishlar, xizmatlar, ularning xavfsizligi, sanitariya me'yorlari va qoidalariga rioya etilishi to'g'risida. .
Do'stlaringiz bilan baham: |