Urbanizatsiya
Download 25.13 Kb.
|
1 2
Bog'liqDocument (1)
R.Somplinson shaharlarni aniqlashdagi 15 ta belgini taklif etgan edi. Ularning asosiylari quyidagilar: shahar qishloqqa nisbatan ko’p aholili manzilgoh; shahar - aholi zich joylashuvi bilan farqlanadi; Shaharning asosiy vazifasi - maxsulot tarqatish; shahar - aloqa yo’llari markazi; shahar - iste’mol markazi va boshqalar. Shuningdek, tadqiqotchi muhim belgi sifatida shaharni sanoat mahsulotlari markazi hisoblab qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan band bo’lgan qishloqqa qarama-qarshi qo’yadi.
Davlatchilik masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. Davlat hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. Davlatchilik toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxminan 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. Davlatning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari paygʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. Davlat boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi. Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga, keyinchalik Davlat toʻgʻrisidagi dunyoviy qarashlar, gʻoyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va bo‘lib katta hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy Davlatlarda ana shu mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan darajada oʻz aksini topgan. Aristotel ham, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va hokazo) asosida Davlatga birlashadilar, deb hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. "Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yoʻlida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi" (Grotsiy), "Davlat huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden "Davlat ichki va tashqi siyosatda mustaqildir", deyish bilan suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshligʻi yoki bir necha kishilar boʻli-shi mumkinligini eʼtirof etgan. U Davlat zimmasiga "qoʻl ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi", deb yozgan. Davlat haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil boʻlmasin, Davlatning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni oʻz yoʻli bilan kechdi. Davlatning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki Davlatlar sugʻoriladigan dehqonchilik hududlari — Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sugʻorish shoxobchalarini bunyod etish bilan mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Davlatning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, firʼavn, xon va q.k.), quyiroqda — uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amal-dorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. Davlat oliy hukmdor sanalib, jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi. Jamiyatning barqaror tabiati Davlatning tub oʻzgarishlarsiz yashashini taʼminlab keldi. Chunonchi, qadimgi Misr Davlati mil. av. 4—3-ming yilliklarda paydo boʻlib, 30 aarsdan koʻproq yashadi. Gʻarb davlatlari Sharq davlatlaridan ancha keyin paydo boʻlgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi oʻzgarishlar davlatlarning yangi-yangi tiplarini vujudga keltirib chiqargan. Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni arxeologiya fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va qad. dunyo (Yunonrim) davriga taallukli manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning nomlary, aholining tur-mushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish mum-kin. Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga oʻtish jarayoni mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida boshlandi. Mil. av. 7—6-asrlarda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik davlatlar — "Katta Xorazm" va qad. Baqtriya podsholigi mavjud edi. Soʻgʻdiyona va Fargʻona vi-loyatlari qadimgi tarixning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Asrlar davomida oʻzbek xalqi ajdodlari chet el bosqinchilari (axomaniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarib turdi. Keyingi asrlar davlatchilik tarixini oʻrganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narsha-xiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va bo‘lib mualliflar asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻrta asrlarda oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalarining yirik davlatlari vujudga keldi. 12-asrning oʻrtalarida xorazmshoxlar mamlakatni markazlashtirishga harakat qildilar, ammo bu jarayonga moʻg‘ul istilosi toʻsiq boʻldi. Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur hukmronligi davri bilan uzviy bogʻliqdir. Bu davrda hamma soha — iqtisodiy hayot, meʼmorlik, hunarmandchilik, ilm-fan, sanʼat yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy anʼana Ulugʻbek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda oʻzaro nizolar va ku-rashlarga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni kuzatish mumkin. 18-asr oʻrtalariga kelib Oʻrta Osiyo hududida uchta davlat (Buxoro xonligi, Xiva xonligi va Koʻqon xonligi) paydo boʻldi. Afsuski, ular oʻrtasida birlik boʻlmadi, siyosiy qara-maqarshiliklar, oʻzaro kurashlar avj oldi. Bunday vaziyatda Oʻrta Osiyo xonliklari podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilinib, Turkiston oʻlkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan boshlab oʻlkada istiqbolga erishish va milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari boshlandi, ayniqsa, 20-asrning 1-choragida bu kurash oʻzining yuqori nuqtasiga chiqsi. Oʻzbekiston davlat mustaqilligi eʼlon qilinguncha, oʻzbek xalqi oʻz hayotida mana shunday murakkab tarixni boshidan kechirdi . Turli xalqlar oʻz davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy vaziyatlarga bogʻliq holda turli tarixiy davrlarda bosib oʻtdilar. Yer yuzida oʻz davlatchiligini hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan boʻlib, ularning ijtimoiy-iqti-sodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urugʻ va qabilaning maʼnaviy oʻlchamlari, urugʻ boshliqlarining obroʻ-eʼtibori bilan boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti hamdir. Biroq yaqin-yaqingacha hukm surib kelgan markscha-lenincha taʼlimotga koʻra, davlat sinfiy harakterga ega, hukmron sinflarning qoʻlidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, pirovardida davlat oʻz qiyofasidan maxrum boʻladi va dastavval "yarim davlat"ga aylanib, keyinroq (zarurat boʻlmaganligi bois) umuman barham topadi. Leninning "Davlat va revolyusiya" asarida bayon etilgan bu xildagi "nazariy qoida"larning tagi puch ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi. Tarixiy taraqqiyot shuni koʻrsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, davlatsiz yashay olmagan, aksincha tom maʼnodagi davlatning rivojlanishi jamiyatning olib kelgan. Zotan davlat jamiyatda barcha sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa nodavlat tashkilotlardan oʻzining asosiy belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi hamma uchun majburiyligi bilan farqlanadi. Download 25.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling