Urbanizatsiya
Download 25.13 Kb.
|
Document (1)
Urbanizatsiya (frans. urbanisation, ing . urbanization, lot. urbanus — shaharga mansub, urbs — shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Urbanizatsiya — tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir boʻlgan koʻp qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. Urbanizatsiyaning torroq doiradagi demografikstatistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmogʻining koʻpayib borishini anglatadi. Dastlabki shaharlar mil. avv. 3—1ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning Oʻrta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunon-rim dunyosida esa Rim va Karfagen shaharlarining mavqei yuqori boʻlgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida kapitalistik unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining oʻsib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo boʻla boshladi. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi shaharlarning oʻsishi va shahar aholisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy oʻsishi, shahar atrofi hududlarining maʼmuriy jihatdan shaharga qoʻshilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bogʻliqdir. Shaharlarning oʻsishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, yaʼni Urbanizatsiya jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo boʻlib, katta shaharlarga qoʻshilib boradi va shaharlar aglomeratsiyassh hosil boʻladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qoʻshilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda. Oʻzbekistonda Urbanizatsiya jarayoni oʻz tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi oʻlkaning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda eng qadimgi shaharlar bilan birga 20-asrning 2-yarmida vujudga kelgan shaharlar xam mavjud. 1913—80 yillarda Oʻzbekiston shaharlari soni va shahar aholisi salmogʻi oʻsdi. Oʻzbekistonda 120 ta shahar boʻlib, ularda 8249,3 ming kishi yashaydi (2003). Ularning 38 tasida aholi soni 20 minggacha boʻlgan kichikroq shaharlar, 65 tasi 20 mingdan 100 minggacha boʻlgan oʻrta shaharlar, 16 tasi aholisi 100 mingdan 500 minggacha boʻlgan yirik shaharlar va Toshkent millioner shahardir. 19-asrning oxiridan boshlab Oʻzbekistonda Urbanizatsiya jarayoni rivojlanib kelmoqda. Oʻzbekistonda keyingi yillarda Urbanizatsiya koʻlamiga, asosan, shahar aholisining tabiiy oʻsish jarayoni kamayib borishi taʼsir etmoqda. 1999- yili. Oʻzbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tabiiy oʻsish 19,9 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2002-yilda bu koʻrsatkich 10,8 kishini tashkil etdi. Qadimgi Sharq hududlari va uning tarkibiy qismi bo’lgan O’rta Osiyo sivilizatsiyasi davlatchiligi masalalarini o’rgangan ko’pgina tadqiqotchilar xulosalariga ko’ra, bu jarayon Uzining boshlangan davridan boshlab keyingi rivojlanish bosqichlarigacha aynan urbanistik xususiyatga ega bo’lgan edi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, shaharlar va davlatchilik sivilizasiya rivojining asosiy sababi bo’lsa, ayrim tadqiqotchilarning fikricha esa, bu jarayon sinilizasiyaning asosiy bosqichlaridan biridir. Har qanday fikrlarga qaramasdan, barcha tadqiqotchilar davlatchilik va shaharlar sivilizasiyalashgan jamiyatning asosiy belgisi ekanligini yakdillik bilan e’tirof etadilar. Diqqatga molik gomoni shundaki, jamiyat taraqqiyotiga sivilizatsion yondashuv respublikamiz olimlari tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Urbanizasiya - jamiyatdagi madaniy va ijtimoiy vazifalarning rivojlanish jarayoni hamdir. Ushbu global masalalar bilan uzoq yillar shug’ullashan taniqli sharqshunos olim B.A.Litvinskiyning ta’kidlashicha, O’rta Osiyo urbanistik sivilizasiya tartibiga kirgan bo’lib, bu tartib Yevrosiyoning janubiy va g’arbiy qismlarini qamrab olgan edi. Bu urbanistik sivilizasiya atrofida esa dasht, o’rmon-dasht, arktik shakldagi sivilizatsiyalar mavjud edi. Shu nuqtai nazardan ham shaharlar jamiyat taraqqiyotining Uz davridagi sifatiy yangi ko’rinishi edi. Arxaik davr va aynan sivilizasiya bo’sag’asida paydo bo’lgan shaharlar - nafaqat sivilizasiyaning tarkibiy qismlaridan biri balki, davlat bilan birgalikda uning asosiy belgilaridan biri bo’ldi. Shuning uchun ham bundan salkam 60 yil ilgari qadimgi sivilizasiyaning mashhur tadqiqotchilaridan biri Vir Gordon Chayld (Vere Gordon Childe; 1892 yil 14 aprel, Sidney - 1957 yil 19 oktyabr, avstraliyalik marksistik tarixchi, 20-asrning etakchi arxeologlaridan biri. 1940 yildan buyon Britaniya akademiyasining a'zosi. "Neolit inqilobi" va "shahar inqilobi" tushunchalarining muallifi. Antropologik neo-evolyutsionizm asoschisi) jamiyat tarixida shaharlarinng paydo bo’lishini «revolyusion holat» deb atagan edi hamda Uzining maxsus monografiyasini «shahar revolyutsiyasi» deb nomladi. Qadimgi shaharlar (eramizning V-asrigacha). Umuman olganda, shaharlarning vujudga kelishini ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog‘laydilar. Ma‘lumki, dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimoti dexqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Dexqonchilik, xususan, sug‘orma dehkonchilikning paydo bo‘lishi muqim, doimiy (statsionar) aholi manzilgohlarining barpo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Dastlabki sug‘orish inshootlari yoki vositalarini ko‘pchilik qurar edi, undan ko‘pchilik foydalanar va ularni Ko‘pchilik qo‘riqlardi. Shu asosda kishilarning qadimiy jamoasi vujudga keladi Ammo bu jamoa (jamiyat emas), kishilarning hududiy birligi u davrda shahar ham qishloq ham deb aytilmasdi. Shaharlar ijtimoiy mehnat taqsimotining navbatdagi bosqichi, ya‘ni dehqonchilikdan hunarmandchilik va savdoniig ajralib chiqishi natijasida paydo bo‘lgan. Ushbu kasbdagi kishilar, bevosita qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydilar va binobarin, ular har xil mehnat qurollari ishlab chiqarish, hamda tovar ayirboshlash (almashtirish)da vositachilik vazifasini bajargan, qulay joyda o‘rnashgan aholi punktlarida yashaganlar. Keyinchalik bunday joylar «shahar» deb atalgan. Ilk shaharlarning vujudga kelishi asosan daryobo‘yi sivilizatsiyasi bilan bog‘liq. Qadimgi Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy kabi davlatlarda eramizdan avvalgi 4-3 ming yilliklarda shaharlar bo‘lgani tarixiy manbalardan ma‘lum. Ur, Uruk, Lagash, Kish, Xarappa, Bobil, Nineviya, Memfis eng qadimgi shaharlardan hisoblanadi. Dunyodagi jami aholi yashaydigan manzilgohlar ikki turga bo‘linadi: shahar (shahar va shaharchalar) va qishloq aholi manzilgohlari (qishloq va ovullar). Ular bir-biridan qator belgilariga, xususan, aholi soni va zichligi, aholining iqtisodiyotda bandlik tarkibi, binolar, uy-joylar, yo‘llarning qurilish xarakteri, bajarayotgan funksiyasiga ko‘ra farqlanadi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, «shahar» tushunchasi; barcha el va yurtlarda, mamlakat va muzofotlarda aynan bir ma‘noda talqin qilinmaydi, ular bunday maqomda turli davlatlarda turlicha belgilanadi. Chunonchi, islom dini mamlakatlarida shaharlar (qubbalar) avvalambor bozor va masjidlarning soni bilan belgilangan. G‘arb mamlakatlarida shaharlar aholi soni va zichligi, joylarning arxitekturasi va qurilish shakli, manzilgohning bajaradigan vazifasiga o‘xshash mezonlar orqali ajratilgan.―Shahar ( forscha so‘z bo‘lib, ―qal‘a) (rus tilida ―gorod‖ – ogorodit, ya‘ni O‘rab olmoq) ma‘nosini anglatadi. Qadimda odatda shaharlarning ichki - markaziy qismi mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, bu yerda saroy, hukmdorlar va ular oilalarining qo‘rg‘onlari, muhim ma‘muriy-diniy binolar, bosh maydon (registon), ba‘zilarida oddiy aholi xonadonlari ham bo‘lgan va u ―shahriston deb atalgan. Darvozalar orqali ularga kirib chiqilgan. Uning atroflarida ―rabod deb ataluvchi devorlar bilan o‘ralgan boshqa qismlari ham bo‘lib, bu yerdan bog, ekinzorlar, keyinchalik oddiy aholining uy-joylari o‘rin olgan. Masalan, Xivada to‘quvchilar, kulollar, gadoylar mahallalari Shahar-tarixan tarkib topgan aholi manzilgohidir. Shahar tushunchasi nisbiy bo‘lib, qaysi aholi manzilgohini shahar deb yuritish lozimligi borasida olimlar tomonidan hanuzgacha bir fikrga kelinmagan. Shahar - ko’p vazifali murakkab tuzilma bo’lib, qishloq manzilgohlaridan ishlab chiqarish va aholining bir yerga zich joylashuvi, jamiyatdagi kelib chiqishi har xil bo’lgan erkin ijtimoiy guruhlar, fan va madaniyat sohasida O’zaro almashinuv bilan bog’liq aloqalar, ko’pvazifalik va madaniyatlarning O’zaro ch a’siri jihatidan ajralib turadi. Shaharlarning ko’p vazifalik holati - urbanizasiya masalalari bilan shug’ullanayotgan tadqiqotchilarga shaharni aholi joylashuv punkti tarkibi sifatida ajratish jarayonida qiyinchilik tug’diradi. Shahar deganda nimani tushunish lozim degan savol bilan maxsus shug’ullangan amerikalik tadqiqotchi Download 25.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling