Urdu 3-kurs bt va sti yo‘nalishi sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan oraliq nazorat savollari


Download 206.5 Kb.
bet7/16
Sana13.02.2023
Hajmi206.5 Kb.
#1195737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
3-k sirtqi bahorgi 2022 SOI

Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU 3-kurs BT va STI yo‘nalishi sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan oraliq nazorat savollari
13-variant
I.Nazariy savollar
1. Fonetik uslubiyat haqida ma’lumot.
2. Rus bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari
II. Amaliy topshiriq
Uslubiy xususiyat kasb etgan egalik va kelishik qo‘shimchalari qatnashgan so‘zlarni aniqlab, izohlab ko‘chiring.


N a m u n a : onalarning - onalardan


1. Qudrat uning tavbasiga tayantirganini, qancha ortiqcha pul yozdirib olgan bo‘lsa, hammasini to‘layman deb va’dasini olganini aytdi.(J.Abd.) 2. “Mumkin ekan-ku? Shu narsani nega ilgariroq aqlingizga kelmaganiga hayronman”, deb qo‘ydi Qudrat ichida. (J.Abd.) 3. – Bu kitoblardan ... o‘qigandirsiz? – dedi Saidiy tutilib.(A.Q.) 4. Hokim to‘ra telefon berdi, mendan bir oz koyidi.(Ch.) 5. Boybo‘rining o‘g‘lining otini Hakimbek qo‘ydi, o‘ng kiftiga besh qo‘lini urdi.(“Alpomish”dan) 6. Shundan keyin Qizilqum mashina kanali jahonda eng birinchi va eng katta qurilishlardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tildi.(J.Abd.) 7. Biroq shuni aytib qo‘yayki, bu Qudratingizga ham kafil bo‘lolmayman. (J.Abd.) 8. Qum sochlaringning ich-ichiga kirib ketadi-ya, tavba. (J.Abd.) 9. Bu uning hadeb ko‘z yosh to‘kib yig‘lashdan to‘xtatdi.(Mirm.) 10. – Jo‘lo-mon! Qulunim Jo‘lomon, qanisan? – deb chaqira boshladi Nayman ona.


Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU 3-kurs BT va STI yo‘nalishi sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan oraliq nazorat savollari
14-variant
I.Nazariy savollar
1. Sintaktik uslubiyat haqida ma’lumot.
2. L.Tolstoy ijodining ko‘p qirrali va rang-barang ekanligi.
II.Amaliy topshiriq
Gaplardagi paronimlari o‘rinsiz qo‘llangan so‘zlarning o‘rniga moslarini toping.


N a m u n a : 1. jodu emas jodi.


1. – Axir bo‘ron bilan hazillashib bo‘ladimi, opa? Boshingni jodu orasiga tiqish bilan barobar-a! (J.Abd.) 2. Ona bechora ko‘zi yorigandan keyin o‘nglanmay yurib, axir o‘lib ketdi.(Sh.) 3. Tursun degan meshkopning qo‘liga bir qism tilla uzatdi.(“Zulfizar va Avazxon”) 4. Bir masofani qat etish uchun avvalo uning yarmini ... qat etish kerak.(A.Q.) 5. Otang sayd, enang qanday parizod, Sen shekilli suluv tug‘mas odamzod. (“Bo‘tako‘z”) 6. Boshidan kechirgan faje hodisalar uning butun siymosida ravshan edi.(O.) 7. Ancha vaqt bo‘ynimni ham qilib yurdim.(M.Jo‘ra) Kelin choy quyaturib, ko‘zi taxti ochilmagan do‘ppiga tushdi.(Oydin) Bu odamning tabini juda ravshan qiladi.(H.) 8. Olti kishilik choy servis olindi. 9. Munavvarxonning hali-veri tinchiydigan siyohi yo‘q.(M.Ibr.) 10. Nihoyat, usta Maxsumni texbo‘lim otalikka oladigan bo‘ldi.(J.Abd.)



Download 206.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling