UrDU 3-kurs BT va STI yo‘nalishi sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan oraliq nazorat savollari
1-variant
Nazariy savollar
Punktuatsiya haqida umumiy ma’lumot.
Rus yozuvchilarining bolalarga atab yozgan asarlari haqida ma’lumot.
Amaliy topshiriq
1.Berilgan sinonimiya qatorlaridagi so‘zlarni quyidagicha yozing:
1) kitobiy uslubga tegishli : maroq, ...
2) so‘zlashuv uslubiga tegishli: mashmasha, ...
3) uslubiy betaraf so‘zlar: zavq, shavq, ...
Zavq, maroq, shavq; janjal, to‘polon, g‘alva, mojaro, g‘avg‘o, mashmasha, sho‘rish; maosh, oylik, moyana; kabi, yanglig‘, singari, o‘xshash, misoli, bamisoli, misli; in, uya, oshyon; yemoq, tanovul qilmoq, iste’mol qilmoq, totmoq, olmoq, tushirmoq, urmoq; ko‘krak, ko‘ks, bag‘ir, siyna, to‘sh, o‘mrov; ayriliq, judolik, hijron, hajr, firoq; aljimoq,aljiramoq, valdiramoq, sannamoq; aloqodor, taalluqli, oid, tegishli; ayol, xotin, xotin-qiz, xotin-xalaj; aylanmoq, sayr etmoq, kezmoq; ayniqsa, xususan, alalxusus; avvalgi, oldingi, ilgarigi, burungi, qadimgi, sobiq; adolatsizlik, haqsizlik, bedodlik; abadiy, mangu, umrbod, toabad, ilalabad; avaylamoq, ayamoq, ehtiyotlamoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq, papalamoq;
Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU 3-kurs BT va STI yo‘nalishi sirtqi bo‘lim talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan oraliq nazorat savollari
2-variant
Nazariy savollar
Ona tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari
Aleksandr Sergeyevich Pushkin yaratgan ertak-dostonlarda ilgari surilgan g‘oyalar.
Amaliy topshiriq
Tushirilgan ikki nuqta va tirelarni aniqlab, gaplarni ko‘chiring.
1. Rasul sal hushini yig‘ib Kasalxonasi qayoqda ekan? deb so‘radi. (O.Yo.) 2. Endi birdan-bir vazifam shu g‘oyani bekamu ko‘st ro‘yobga chiqarish. (J.Abd) 3. Hamisha o‘zi shunday har bir kashfiyot kollektiv intilishlarning mahsuli! (O‘.Usm.) 4. Osmonda, daraxtlarda, tomlarda, bo‘g‘otlarda hamma yerda chumchuqlar chirqillashadi. (M.Ism.) 5. Ana u Mezon yulduzining dumi, mana bu yulduz Yetti qaroqchining boshlig‘i, mana bu Hulkar...(G‘.G‘.) 6. Bu yoqda Nasiba, onangiz, qolaversa, men, Vazira hammamiz birgalikda katta oila bo‘lib yuribmiz. (P.Q.) 7. Madumar uni ko‘zi bilan qidirib ko‘rdi topmadi.(M.Ism.) 8. Ammo ushalgan orzu uni yana qancha vaqt baxtiyor qiladi buni u o‘ylamaydi. (M.Ism.) 9. Ayni vaqtda, maydonning sharq tomonida anhor bo‘ylarida hozircha o‘zlashtirilmagan bo‘sh yerlar bor. (P.Q.) 10. Ammo-lekin bu dili qing‘ir ustomon men Muzaffarning o‘pka zuryodini aytyapman bir begunoh yigitni qoqib mayib qilsa-yu, yordam berish o‘rniga uni katta yo‘lga tashlab qochsa!(O.Yo.)
Do'stlaringiz bilan baham: |